“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2022-sonli Qarori asosida Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida respublika mintaqalarida hududiy filiallari bo‘lgan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi.
“Boj tarifi to‘g‘risida”gi Qonunning 33-moddasiga asosan boj undirishdan ozod qilingan faoliyat turlari belgilangan.
Davlat ehtiyojlari uchun tanlov asosida oziq-ovqat tovarlari yetkazib berishni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzurida tenderlar o‘tkazuvchi “O‘zbektender-konsalting” agentligi tashkil etilgan. Agentlik tovarlar (ishlar va xizmatlar)ni xarid qilish, sotish yuzasidan tender savdolari, tanlovlar o‘tkazish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilot hisoblanadi.
“Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi va “Eksport nazorati to‘g‘risida”gi Qonunlarga asosan ma’lum bir tovarlar ustidan eksport nazorati o‘rnatilishi belgilangan.
“Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunnning 23-moddasiga asosan xorijiy davlat tomonidan O‘zbekiston Respublikasining va tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining iqtisodiy manfaatlarini buzuvchi choralar qabul qilingan taqdirda, shuningdek ushbu davlat xalqaro shartnomalarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi oldida qabul qilgan o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida javob choralarini ko‘llashga haqli.
Shunga o‘xshash norma FKning 1167-moddasida ham belgilangan bo‘lib, unga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Hukumati O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquqlariga maxsus cheklovlar qo‘ygan davlatlarning fuqarolari va yuridik shaxslariga nisbatan javob tariqasida cheklovlar (retorsiyalar) belgilashi mumkin.
Shuningdek, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunning 24, 25, 26-moddalarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari qo‘llanilishi belgilangan.
“
Do'stlaringiz bilan baham: |