Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Download 0.64 Mb.
bet128/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

Mavzu: __________________________________________________________________
________________________________________________________________________


0‘lat (toun) — o'tkir yuqumli kasallik bo‘lib, og‘ir intok- sikatsiya, isitma, limfatik tugunlar va o‘pka zararlanishi bilan xarakterlanadi.
Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi (Yersinia pestis) — tuxum- simon shakldagi tayoqcha bo‘lib, kattaligi 0,5—1,5 mkm ga teng. U harakatchan, kapsulaga ega, spora hosil qilmaydi, grammanfiy. Odatdagi suyuq va qattiq (zich) oziq muhitlarda 25—30°C da yaxshi o‘sadi. Ekzo- va endotoksinlar hosil qiladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari, suvda 3 oygacha va past haroratda uzoq vaqtlargacha saqlanishi mumkin. Muzlatishga chidamli. Qaynatilganda tez nobud boMadi. Odatdagi dezinfeksiyalovchi eritmalar (5% li lizol va 3% li karbol kislota critmasi) va antibiotiklar (tetrasiklin) ta’sirida tez nobud boMadi.
Epidemiologiyasi. Tabiatda asosiy infeksiya manbai kemiruvchilar (kalamushlar, yumronqoziqlar, sichqonsimon kalamushlar, su- g‘urlar, jami 200 dan ortiq turlari) hisoblanadi. Infeksiya tar- qatuvchisi — burgalardir. Odam kasallikni bir necha yo‘llar orqali yuqtiradi: transmissiv — infeksiya yuqtirgan burgalar chaqishi natijasida, aloqa — infeksiya yuqtirgan ovlanadigan kemiruv- chilardan terisini ajratib olish va infeksiya yuqtirgan tuyalar go‘shtini bo‘laklaganda, alimentar — o‘lat mikroblari bilan zararlangan mahsulotlarni iste’mol qilganda, havo-tomchi yo‘l — o‘latning o‘pka shakli bilan kasallangan bemorlardan yuqadi. Kasallikka moyillik odamlarda juda yuqori bo‘lib, kasallikdan keyin ularda turg‘un immunitet hosil bo‘ladi.
Patogenezi va patologik anatomiyasi. 0‘lat qo‘zg‘atuvchisi odam organizmiga teri, nafas va oshqozon-ichak yo‘llari orqali tushadi. Kirish darvozasi o‘latning u yoki bu shaklining (bubonli, teri- bubonli, o‘pkaga tegishli) rivojlanishini aniqlaydi. Teri orqali kirganda unda ayrim vaqtlarda pustula yoki yara (teri yoki teri-bubonli shakli) rivojlanadi. Mikrob parchalanishi natijasida endotoksinlar ajraladi va bular intoksikatsiyaga sabab boiadi. Keyinchalik qo‘z- g‘atuvchi qonga tushib, butun organizm bo‘ylab tarqaladi va qator a’zolarni zararlaydi. Ayniqsa, bunga pnevmoniyaning qo‘shilishi xavflidir (havo-tomchi yoii bilan tarqaladi). 0‘lat qanday shaklda namoyon bo‘lishiga qaramasdan, har doim barcha a’zo va sistemalarda o‘zgarishlar kuzatiladi. Terida qon qu- yilishlar va nekroz sohalari paydo bo‘ladi. Qon quyilishlar osh- qozon, ichak, shilliq pardalari va yurak mushaklarida qayd etiladi. Jigar va taloq kattalashgan bo‘lib, ularda nekroz o‘choqlari uchraydi. Jinsiy bezlar, ichki sekretsiya bezlari ya ilikda giperemiya, shish, o‘choqli qon quyilishlar va nekrozlar bilan kechadigan yallig‘lanish jarayonlari aniqianadi. Юin^kas^. Yashirin davr odatda 3—6 kun davom etadi, o‘pkaga tegishli shaklida qisqaroq, emlanganlarda esa 8—10 kungacha cho‘zilishi mumkin. Kasallikning quyidagi klinik shakllari farqlanadi: a) teri, bubonli, teri-bubonli; b) birlamchi septik, ikkilamchi septik; d) o‘pkaga xos — birlamchi, o‘pkaga xos — ikkilamchi, ichakka tegishli. Klinik shakllariga qaramasdan kasallik to‘satdan kuchli et uvu- shishi va tana haroratining 39—40°C gacha ko‘tarilishi bilan bosh- lanadi. Bemorlar ko‘pincha ko‘ngil aynishi va qusish bilan kecha- digan kuchli bosh og‘rig‘i, mushaklarda og‘riq, holsizlik, kam hollarda qo‘rquv sezadilar. Yuz va konyunktivalar qizargan, burun kovagi kengaygan va lablar quruq bo‘ladi. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardalarida gemorragiyalar va yaralar kuzatiladi. Til shishgan, quruq, titraydigan, qalin oq karash bilan qoplangan (xuddi «bo‘r bilan artilgan» ko‘rinishda). Til kattalashishi va uning haddan tashqari qurishi natijasida so‘zlar tushunarsiz eshitiladi. Kasallik og‘ir kechganda yuz ko‘karadi, unda qiynoq, azob va vahima belgilari ko‘rinadi. Yurak-tomirlar sistemasi tez izdan chiqadi: puls minutiga — 120—140 martagacha tezlashadi (taxiakardiya), aritmiya, yurak tonlari bo‘g‘iq, arterial bosim birdaniga tushib ketadi; ko‘karish va nafas yetishmasligi kuzatiladi. Nerv sistemasining toksik zararlanishi tipikdir: ayrim bemorlarda uyqusizlik kuzatilsa, boshqalarda qo‘zg‘alish, alahsirash, gal lusinatsiya, qochishga intilish, chayqalib yurish va harakat koor- dinatsiyasining buzilishi kuzatiladi. Qorin og‘riydi, taloq hamda jigar kattalashadi, qabziyat boiadi yoki ich ketadi.
Qonda leykositoz va ECHT oshadi.
Bubonli shaklida kasallikning 1—2-kuni limfadenit uchraydi (o‘lat buboni). Bubonlar organizmga infeksiyaning kirgan joyiga bog‘liq ravishda chov, qo‘ltiq osti, bo‘yin sohalarida uchraydi. Jarayonga qo‘shni limfatik tugunlar va o‘rab turgan kletchatka qo‘shiladi, bu esa bubonga xarakterli ko‘rinish beradi; kuchli og‘riq seziladigan va notekis qirrali o‘smasimon moddalami eslatadi. Bubon ustidagi teri dastlab o‘zgarmay, so‘ngra to‘q qizil, ko‘kish tusga kiradi. Keyinchalik bubon yiringlaydi, kasallik to‘la yakunlanganda bubon so‘rilishi yoki qattiqlashishi mumkin.
Teri shaklida terida qonh suyuqUk bilan to‘lgan pustula hosil boMadi, u qattiq asosda joylashgan bo‘Ub, qizil-qo‘ng‘ir rangda uchraydi. So‘ngra yara paydo bo‘ladi, uning tubi to‘q rangda qasmoq bogMaydi. Kuchli og‘riq seziladi.
Kasallikning bubonli shakllarida bemor kasallikning 6-11- kunlari sog‘ayadi.
0‘latning o‘pkaga tegishli shakli — kasallikning juda og‘ir va epidemiologik jihatdan o‘ta xavfli shaklidir. Mazkur shakl og‘ir intoksikatsiya, baland isitma, yurak faoliyatining erta va keskinlashib boruvchi buzilishi bilan kechadi. Bu o‘pkaning zararlanish belgilari: nafas yetishmasligi (nafas olishlar soni 1 minutda 40—60 marta, ko'krakda kuchli og‘riq, yo4al, qon aralash ko‘pikli balg‘am ajralishi, perkutor tovush bo‘g‘iqligi, nam xirillashlar) bilan o‘tadi. Bemor ahvoli juda ham og‘ir bo‘ladi.
Oiatning septik shakh uchun teri hamda shilliq pardalarga qon quyilishi, qon aralash qusish, oshqozon-ichak, bachadondan qon ketishi kabi kuchli gemorragik belgilar bilan kechadigan og‘ir sepsis manzarasi xosdir.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling