Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Download 0.64 Mb.
bet157/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

Tashqi eshituv yo‘!i shikastlari teri - pardada yoki suyak qismlarida bo‘lishi mumkin. Ayrim hollarda tashqi eshituv yolining ikkala qismi ham shikastlanadi. Tashqi eshituv yo‘lining shu xildagi va boshqa shikastlanishlari pastki jag‘ suyagining (o'g'ridan to‘g‘ri urilishi yoki unga bog'liq bo‘lmagan urilishlar natijasida yuz beradi, bunda tashqi eshituv yo‘lining oldingi va devori shikastlanadi. Birinchi yordam ko‘rsatish jarohatga birlamchi ishlov berish, qon ketishini to‘xtatish, jarohatni antiseptik eritma bilan yuvish va sxema bo‘yicha qoqsholga qarshi zardob yuborishni o‘z ichiga oladi. Chandiqlanish tufayli yuz beradigan tashqi eshituv yo‘lining torayib qolishi, uning atreziyasi va yallig‘lanishning oldini olish maqsadida birinchi kundan boshlab tashqi eshituv yo‘H toza vazehn, sintomitsinli yoki streptotsidli malhamlar shimdirilgan turunda bilan tamponada qiiinadi. Hamshiralik parvarishining bu usuh antibiotiklami umumiy qo‘llash bilan birga olib boriladi. Bundan tashqari, tashqi eshituv yo‘liga tubus orqali kvars, UVCH bilan fizioterapevtik davo tavsiya etiladi.
Tashqi eshituv yo'lining oldingi pastki devori singan jag‘ suyagining siljib ketmasligi uchun pastki jag‘ bog‘lam bilan mahkamlanadi va faqat suyuq ovqatlar beriladi. Quloq pardasi shikaslanishi bevosita va bilvosita bo‘ladi. Bevosita shikastlanishlar quloqni nobop jismlar (gugurt cho‘pi, shpilka va boshqalar) bilan tozalanganda kuzatilishi mumkin. Tashqi eshituv yo‘lidagi yot jismlarni uquvsizlik bilan olishga urinishlik ham quloq pardasining shikastlanishiga sabab boMishi mumkin. Bosh suyagi asosi singanda, sinish chizig‘i nog‘ora halqasidan o‘tganda nog‘ora parda bilvosita shikastlanadi. Ba’zi hollarda, masalan, quloq tomonga yiqilganda, unga urilganda, balanddan suvga sakraganda va boshqalarda tashqi eshituv yo‘lida to‘satdan havo bosimi oshib ketishi tufayh ham nog‘ora parda shikastlanadi.
Bunda birinchi yordam ko‘rsatishda tashqi eshituv yo‘liga quruq steril turunda yoki paxta sharcha kiritish bilan cheklanish kerak. Shikastlangandan keyingi dastlabki kuniyoq, agar quloqdan ajralma chiqmasa, quloqqa dori kiritilmaydi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling