Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Download 0.64 Mb.
bet21/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

71



MAVZU: ______________________________________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________________________________________

Zo‘rayib boradigan mushaklar distrofiyasi. Dushen turi. Psevdo- gipertrofiya. Bu kasallik birinchi bo‘lib, 1868-yil fransuz nevropatologi Dushen tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan. Kasallik irsiy-degenerativ bo‘lib, miopatiyalar guruhiga kiradi. U fermentlar faoliyatining (asosan, uglevodlar almashinuvi) buzilishi natijasida paydo bo‘lib, tanadagi mushaklarning zararlanishiga olib keladi. Bu qo‘l va oyoqlarning proksimal qismlarida mushaklarning simmetrik atrofiyalanishi bilan kechadi. Kasallikning birinchi belgilari 2-5 yoshdan boshlanib, unda chanoq va oyoqlarning yuqori mushaklarida toliqish, tez charchab qolish belgilari paydo bo'ladiVMushaklar atrofiyalanib, mushak tolalari o‘rniga yog‘ to‘qimasi rivojmnadi, natijada, soxta gipertrofiya paydo bo‘ladi. Bemorning yurishi o‘zgarib, yurish vaqtida gavdani ikki yon tomonga tashlab - «o‘rdaf yurish»ga o‘xshab yuradi. Kasallik asta- sekin rivojlanib boradi, yclka va chanoq mushaklari atrofiyalanadi, boldir mushaklari katlalashib, qattiqlashib qoladi. Natijada, boldir mushaklarida pscvdogiperlrofiya paydo bo‘lib, bemorlarning zinadan chiqishi qiyinlashib qoladi. Pay va Axill reflekslari asta-sekin yo‘qola boshlaydi. Sczgi sohasida o'zgarishlar bo‘lmaydi. Bemor o‘tirgan holda birovning yordami bilan yoki yonidagi biror narsaga osilib, qoilarini tizzasiga qo'yib tik tura oladi. Og‘ir hollarda yotgan bemorning joyidan turishi qiyin bo‘lib qoladi. Bunda, asosan, o‘rnidan turish uchun bemor ag‘darilib, qo‘llariga tayanib, tizzalarini qo‘llari bilan ushlab, oyog‘ini yerga bosib to‘g‘irlab tik holatga keladi. Bunga «narvon belgisi» deyiladi. Bu kasallik nasldan naslga X-xromosomalar* tipida retsessiv yo‘l bilan o‘tadi. Ko‘proq o‘g‘il bolalar kasallanadi. Kasallik rivojlangan sari bemorning aqli zaifligi ham kuchayib boradi. Bulardan tashqari suyak-bo‘g‘im, qon tomir va neyroendokrin tizimida ham o‘zgarishlar bo‘ladi. Umurtqa pog‘onasining bel qismida giperlordoz kuzatiladi. Bemor 14-15 yoshga borib, umuman harakat qilmay qo‘yadi Zo‘rayib boradigan mushaklar distrofiyasining yuvenil Erba- Rot turi. Bu kasallik birinchi bo‘lib, 1882-yilda nemis olimi Erba va 1890-yilda rus olimi Rot tomonidan bayon etilgan. Kasallik o‘smirlik yoshida (14-15 yosh) boshlanib, autosom-retsessiv turda, ota-onadan bittadan gen boiganda o‘tadi. Kasallik asta-sekin rivojlanib, chanoq va oyoqlarning proksimal qismlaridagi mushaklarning atrofiyalanishi yuz beradi. Bemor tez charchab qoladi va quvvatsizlik paydo boiadi, «o‘rdak yurishi»ga o‘xshab yuradi. Bel va qorin mushaklarida atrofiya boshlanib, natijada, umurtqa pog‘onasida qiyshayish, qanotsimon kuraklar hosil bo‘ladi. Pay reflekslari yo‘qoladi.



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling