Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


II. Oddiy mastlikning o‘zgargan turi


Download 0.64 Mb.
bet141/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

II. Oddiy mastlikning o‘zgargan turi asoratli mastlik bo‘lib, bunda ruhiy buzilishlar kuchayib yoki pasayib ketadi. Oddiy mastlikning quyidagi o‘zgargan turi mavjud: 1. Eksploziv turi - mastlikka xos baland kayfiyat kamroq bo‘lib, qisqa vaqt boUadigan jahldorlik, norozilik bilan almashinib turadi. 2. Disforik
turi, bunda ruhiy taranglik, g‘amginlik, jahldorlik, tushkunlikkatushish, atrofdagi kishilarga xavf solish paydo bo‘ladi. 3. Isterik turida bemorning harakati buziladi, qo‘llarini qiyshaytirib, bezovtalanadi, bunda o‘ziga yengil jarohat yetkazishi mumkin. Bemorda isterik tutqanoq xuruji paydo bo‘lishi mumkin. 4. Depressiv turida kayfiyat pasayadi, bemorlar ko‘pincha yig‘laydilar, g‘amginlik, bezovtaianish, o‘ziga suiqasd qilish fikrlari paydo bo‘ladi. 5. Somnolensiya turida qisqa vaqt ko‘tarinki kayfiyatdan so‘ng uyqu kelishi va uxlab qolish mumkin. 6.
Epileptoid turida epilepsiya xuruji va harakat qo‘zg‘alishlari kuzatiladi. 7. Paranoid turida harakat va nutq qo‘zg‘aiishi kuchayib, atrofdagi kishilarni haqorat qiladi, urish va janjal qiladi.
III. Kasallikka xos mastlik o‘ta o‘tkir o‘tkinchi psixoz bo‘lib, spirtli ichimlik ichish natijasida paydo bo‘ladi. Alkogolni tez-tez iste’mol qilish natijasida odam unga o‘rganib qoladi va surunkali aikogol kasalligiga chalinadi. Surunkali alkogol kasalligining quyidagi bosqichlari mavjud: Asosiy belgisi ichkilikka xos moyillik (intilish) bo‘lib, oddiy ichkilikbozlikdan kasallikka o‘tiladi. Birlamchi ichkilikka
moyillik faqat ichkilik ichish bilan o‘tadigan marosim paytida paydo bo‘ladi. Bemorlar ichkilik ichish maqsadida bunday marosimlarni o‘ylab topadilar va tezlatadilar. 0‘zlari esa jonlanib ketadilar. Hamma ishlarini tashlab, ichkilik ichishga shoshiladilar, agar bemorlar oldida to‘siqlar paydo bo‘lsa, ularning ruhiyati, kayfiyati pasayadi. Birinchi bosqichda bemorlar mast bo‘lishlari uchun ichkilik miqdorini 2-3 barobar oshirib ichadilar. Ichkilikka " chidamlilikning oshishi qayt qilishning yo‘qolishi bilan kuzatiladi va mastlik holatiga olib keladi. Bemorlar bu mastlik holatidagi voqealarni xotirada saqlab qolmaydilar (giyohvand amneziya).

  1. Kasallikning birinchi bosqichidagi belgilarning kuchayishii

bilan abstinent belgi (bosh og‘rig‘i) paydo bo‘ladi. Bunda bemoi ’mastlik tugashi bilan behollik va vegetativ o‘zgarishlar kuzatilad Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, yurak urishi, yuz va ko‘z olmasini qizarishi, tinka qurishi, lanjlik paydo bo‘lishi bilan davom etaiBu holat kecha-yu kunduz paydo bo‘ladi. Agar bemor ozgina ichs uning ahvoli yaxshilanadi. Alkogolizm rivojlanib borsa, abstin holati ham og‘irlashib boradi. Bunda vegetativ o‘zgarishlar bili
birga somatik o‘zgarishlar ham qo‘shiladi. Bularga yurak-qon tomir urishining buzilishi, ishtahaning kamayishi, ich buzilishi, qayt qilish, qorindagi og‘riqlar kiradi. Asab-ruhiy sohasida esa butun tanada titroq, xavotirlik, vasvasalar, o‘z-o‘zini ayblash, jahldorlik, ko‘rolmaslik, yomon tush ko‘rishlar, gallutsinatsiyalar paydo bo‘ladi. Abstinent holati 2-5 kun davom etib, bemorlar ertalabdan bosh og‘rig‘i uchun ichadilar. Bunda bemorni ichkilik ichishdan to‘xtatib bo‘Imaydi. Ichkilikka bo‘lgan bardoshlilik bir necha yil davom etadi. Bemorlarda mastlik holati o‘zgaradi, eyforiya davri qisqarib, psixopatsimon holatlar uchraydi.

  1. Ichkilikka bo‘lgan chidamlilikning kamayishi kasallikning 3-bosqichga o‘tishini bildiradi. Bunda^bemorlar oz-ozdan kun bo‘yi ichadilar, ichish bir necha haftadan bir necha oyga cho‘ziladi. Bunda birinchi kuni ko‘p ichib, oxirgi kunlari esa ichkilikka chidamlilik kamayib boradi. Jismoniy o‘zgarishlar yuzaga kelib, butunlay ichmay qo‘yadilar. Bemorlar uyatsiz, sharm-hayosiz, urishqoq, yolg‘onchi bo‘lib qoladilar. Bunda gepatit, yurakdagi o‘zgarishlar tuzalmaydigan darajaga keladi. Kasallikning kechishi ichkilik ichgandan uning ikkinchi bosqichi boshlanguncha, 6-7 yil vaqt o‘tadi. Bu tez rivojlangan turi hisoblanadi. 0‘rtacha rivojlangan turi 7-15 yilgacha, asta-sekin rivojlangan davrida 15 yildan ko‘proq vaqt o‘tadi.

Davosi. Surunkali alkogolizm uch bosqichda davolanadi:

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling