Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Download 0.64 Mb.
bet181/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   185
Bog'liq
Рефератлар

EpidemioIogiya. Yuqumli kasallik manbai bemor odam va bakteriya tashuvchilar hisoblanadi. Kasallik havo tomchi yo‘li orqali bemor odamdan yuqadi.^/
Mikrob tashqi muhitga chidamsiz tez nobud bo'ladi. Ka­sallik har 10—15 yilda ko'payib turadi. Asosan qish va bahor oylarida kuzatiladi. Kasallikni o‘tkazgan odamlarda maxsus immunitet hosil bo‘ladi.
Klinik manzarasi. Yashirin davr 2—10 kun, ko‘pincha 4— kunni tashkil qiladii Quyidagi klinik ko'rinishlar uchraydi. 1. 0‘tkir nazofaringit. 2. Meningokokkli meningit. 3. Meningokokkemiya.
0‘tkir nazofaringit. Bunda tomoq og'rishi, qichishish, bosh og‘riq, burun bitishi, nafas olish qiyinlashadi, harorat 37°—38°S ko‘tari- ladi. Qonda netrofellyoz kuzatiladi. 3—7 kunda bemor so- g‘ayib ketadi.
1/2. Meningit. Kasallik o‘tkir bqshlanadi, isitma qilib harorat ko'tarilib ketadi. Bosh og‘riq, bosh aylanishi, qayt qilish, umumiy giperesteziya, (yorug‘lik va shovqinni yoqtir- maslik) ba’zida badanida, eritematoz, toshma paydo bo‘ladi, 2—3 soatdan keyin yo'qolib ketadi. Kasallikning birinchi soatidanoq, bosh miya faoliyati buzilishi boshlanadi, tormozlanish, holsizlik, befarqlik, uyqu buzilishi, tez jahli chiqishi,ahvoli og'irlashadi. Birinchi kunning oxirlarida klassik meningial belgilari paydo bo'ladi. Ensa mushaklari taranglashadi. Kerniga va Brudzinskiy belgilari kuzatiladi. Yosh bolalarda liqildoq shishib, taranglashgani kuzatiladi. Orqa miya suyuqligida bosim ko‘tariladi, punksiya qilinganda, suyuqlik loyqa, ayrim vaqtlar yiringli ham bo'lishi mumkin. Pandi va Nonne — Apelt reaksiyasidan ko‘p bemorlarda glyukoza miqdorining kamayishi kuzatiladi. Og‘ir kechadigan holatlarda menin­goensefalit rivojlanishi mumkin. Juda og‘ir kechadi, bemorni es-hushi yo‘qoladi, talvasa tutadi, ba’zida falajlik kuzatiladi.
I 3. Meningokokksemiya. Kasallik birdan boshlanadi, haro­rat 38° —39°C gacha ko'tariladi, bezgak tutadi, ishtaha yo'qoladi, qayt qilish, ich qotish, chanqash holatlari kuza­tiladi. Kasallik boshlangandan 5—15 soatdan keyin, har xil gemorragik toshmalar toshadi. Ular noto‘g‘ri yulduzcha shaklida bo‘lib, qo'lga qattiq seziladi.Meningokokkemiya bolalarni yurak-tomir tizimida, jigar, bo‘yrak, ko‘z va o‘pkani kuchlijarohatlaydi.iMoslashish pasayib ketadi, EChT kuchayib ketadi, ko'karish kuchayib boradi, badanda, oyoqda qizg‘ish-ko‘k dog‘lar paydo bo‘ladi, talvasa boshla- nib, hushini yo‘qotadi. Tezkorlik bilan yuqori unumdorli gormonal davo o'tkazilmasa, bemor 6—48 soat ichida o'ladi. Yashindek o‘tuvchi bu kasallik o‘ta xavfli.
Davolash.[ Bemor zudlik bilan shifoxonaga yotqiziladi. Vaqtida boshlangan umumiy davolash bemoming hayotini saqlab qolishga yordam beradi. 3 kungacha bolalarga benzil- penitsillinni kaliyli tuzi 200 ООО - 300 ООО ТВ/kg kuniga, undan ko‘proq vaqt o‘tgan bo'lsa, 400 000—500 ООО TB/kg kuniga, har 3—4 soatda mushak orasiga joiboriladi. Bemoming ahvoli og'ir bo‘lsa, dori vena ichiga yuboriladi, levomitsetin 50—100 mg/kg har 6 soatda m/o yuboriladi.|Antibiotiklardan tashqari zaharlanishni kamaytirish uchun ko'proq sujaiqlik, Ringer eritmasi, glyukoza, albumin, gemodez vena ichiga yuboriladi JFurosemid (laziks) organizmni tozalashga yordam beradi. Yuqumli toksik shok holatida shokka qarshi davolash o'tkaziladi.jVena ichiga yuboriladigan dorilarga, gidrokortizon 25—30 mg/kg yoki prednizolon 8—lOmg/kg qo‘shiladi va yurak-tomir tizimini me’yorlash uchun kokarbaksilaza, geparin, strofantin qilinadij
Oldini olish. Kasallikni iloji boricha tezroq aniqlab, bemorni alohidalashtirish, xonalami 0,1% xlorli eritma bilan artib turish kerak. Epidemiya davrida qayta emlash o'tkaziladi. Emlashdan 7 kundan so‘ng, organizm 2 yil davomida kasallikka beriluvchan bo'lmaydi. 2 marta qilingan V qayta emlash 83—98% unumdorlik beradi.
Ko‘kyo‘tal
Ko‘kyo‘tal — o‘tkir yuqumli kasallik bo'lib, nafas yo‘Uari va nafas a’zolari zararlanib, xurujsimon yo‘tal bilan kechadi.
Etiologiyasi. Kasallikning qo‘zg‘atuvchisi Borditella per­tussis tayoqchasidir.
Epidemiologiyasi. Havo tomchi yo'li bilan bemor odam- dan yuqadi. Bemor kataral davrda va spazmatik davrining birinchi haftalarida zararli. 6 haftadan keyin zararsiz hisoblanadi. Bolalar go'dakligidan boshlab kasallikka chalinuvchan bo'ladilar.
Klinik ko‘rinishi. Kasallik kechishida, bir necha davmi o‘z ichiga oladi. 1. yashirin davr, 2. prodromal davr, 3. spaz- mjatik davr, 4. sog'ayish davri.
Kasallikning og‘ir belgilari.
1; prodromal davrini uzoqligi.

  1. yo‘tal xurujining tezligi.

  2. yuzning ko‘karishi (sianoz) yo'tal vaqtida.

  3. kasallikning 1 haftasidayoq ko‘karish (sianoz) alomat- larining paydo bo'lishi.

  4. yo'tal tutmaganda ham ko‘karish belgilarini borligi.

  5. nafas olish buzilishi.

  6. yurak-tomir tizimida o'zgarishlar bo‘lishi

  7. ensefal o‘zgarish.

Yashirin davr 3—6 kundan 10—14 kungacha, o‘rtacha 5—8 kunni tashkil qiladi. Go‘dak bola'larda qisqaroq bo‘ladi.
Kataral davr — 12—15 kun davom etadi, sekinlik bilan boshlanadi. Yo‘tal awaliga 1—2 ta, keyinchalik xurujsimon tusga kira boshlaydi. Yo‘tal vaqtida kasal holsizlanadi t° ko‘tariladi. Kataral davr spazmatik davrga o'tadi.
Yo'tal nafas chiqarish bilan boshlanib, nafas olish bilan tugaydi. Yo‘tal oxirida nafas olish hushtaksimon bo'ladi, keyin yana nafas chiqarish bilan boshlanadi. Bunday xurujsimon yo‘tal 2—3 martadan 20 marta|acha bo‘lishi mumkin. Keyin yelimdek shilimshiq modda ajralishi yoki qayt qilish bilan tugaydi. Yo'tal xuruji vaqtida, bemoming ahvoli o‘zgacha tus oladi. Yuzlari qizarib, ba’zida ko'karib biroz shishadi. Bo‘yin venalari bo'rtib chiqadi. Ko'zlariga qon quyilganday bo‘ladi, tili og‘zidan chiqib turadi, ba’zida bunm qonaydi. Til ostida yara paydo bo‘ladi. Yo‘tal tutishdan oldin bemor bezovtalanadi, qurquv alomatlari paydo bo‘ladi, ko‘zi katta ochiladi, bemor tayanch qidira boshlaydi. 3—4 hafta oxirlarida yo‘tal kamaya boshlaydi va sog'ayish davri boshlanadi. Yengil turida xuruj 5—15 marta. 0‘rta turida 15— 20 marta, og'ir turida 25—30 marta kuzatiladi.
Davolash. 1 yoshgacha bo‘lgan va og'ir turlari bilan kasallangan bemorlar shifoxonaga yotqiziladi, qolgan bemor- lar uy sharoitida davolanadi. Kun tartibiga rioya qilish, toza havo, tinchlik, osoyishtalikni ta’minlash, har xil ta’surot- lardan saqlash, har xil vitaminga boy ovqat berish, bronxial yo'llarni ochish maqsadida eufillin 4—5 mg/kg qo‘llaniladi. Antibiotiklardan eritromitsin tavsiya etiladi. Og'ir holda gidrokartizon (5—7 mg/k), prednizalon (2 mg/k) buyuriladi.



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling