Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Download 0.64 Mb.
bet47/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

Tasnifi. Hozirgi davrda revmatizm jarayonining kechish davri klinik-anatomik xususiyatlarini, a’zoliar va a’zolar gurahi shikast- lanishini, kechish xususiyatini va yurak-tomiriar sistemasining ish bajarish faoliyatini o‘zida aks ettiravchi ish tasnifi va nomlari „Revmatizmning ichki tasnifi va nomlari“ bo‘yicha 1964- yilning dekabirida o‘tkazilgan simpoziumda A.I.Nesterov ma’lumoti aso- sida qabul qilingan. Revmatizmda har xil a’zolar va a’zolar guruhining shikast- lanishi, biroq, asosan, yurak shikastlanishi, kamroq hollarda bo‘g‘im shikastlanishi yuz beradi. Revmatik jarayon o‘ziga xos kechish xususiyatlari, klinik belgilariga ko‘ra 5 xil ko‘rinishda bo‘ladi:o‘tkir kechish — birdan boshlanib, kasallikning bir qancha klinik belgilari yaqqol namoyon bo‘lganda patologik jarayonning yuqori darajada faolligi bilan o‘tadi, davolash tez va yaxshi natijali bo‘ladi;

  • o‘rtacha o‘tkir kechish— xuruj 3—6 oy davom etadi, klinik belgilari kasallikning o‘tkir kechishiga qaraganda biroz sustroq bo‘ladi; patologik jarayon ham o‘rtacha faollikda kechadi. Davo- lanish natijasi ham o‘rtacha bo‘ladi;

—cho‘zilgan kechish — xuruji 6i oydan ko‘proq davom etadi, kasallik belgilari kam,bir maromda bo‘lib, patologik jarayon o‘rta darajadagi faollik bilan kechadi, uzluksiz qaytalaydigan, kechishi toMqinsimon va notp‘Uq sog‘ayish bilan o‘tadi, shikastlangan a’zolar soni har xurujda ko‘payib bpradi;

  • yashirin kechish — revmatizm bilan shikastlanganlik ko‘pincha klinik, laboratoriya hamda asboblar bilan tekshirishda aniqlanmasligi mumkin. Bemorda revmatizmning yashirin kechganini, kasallikning asorati —yurak illati paydo bo‘lganidan bilish mumkin.

  • Klinikasi Ma’lumki, revmatizmda yurak va qon tomirlar sistemasi jarohatlanadi. Shu sababli revmatizmning hamma belgilarini yurak va yurakdan tashqari belgilarga bo‘lish maqsadga muvofiq bo‘lib, kasallikning klinik manzarasini shu nuqtayi nazar- dan o‘rganish kerak. Revmatizmning klinik manzarasi kasallik davri, yallig‘lanish jarayonining'faollik darajasi, kasallikning kechish xususiyati, tabiati, yurak illatlari va yetishmovchiligi mavjudligi va boshqalaiga bog‘liq. A.I.Nesterov fikricha, kasallik­ning rivojlanishi va klinik manzarasi shakllanishida uchta asosiy davmi farq qilish mumkin. Birihchi (yashirin) davr, odatda, stereptokokk infeksiyasi tugab, revmatizm xuruji boshlanguncha 2—4 hafta davom qiladi. Bu davrda tana sezuvchanligi oshib, biriktiruvchi to‘qimaning toksik-infeksion shikastlanishi va streptokokk antigeniga javoban immun siljishlar ro‘y berishi kuzatiladi. Bu davr yo klinik belgilarsiz, yoki cho‘zilgan angina, surunkali tonzillitdan kechikib tuzalishga xos belgilar: o‘zini yomon his qilish, teriash, artralgiya, subfebrilitet bilan kechadi. Qonda streptokokk antigeni, antitanalar titri ko‘tarilishi, ECHT ning o‘rtacha oshishi kuzatiladi.


  • Download 0.64 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling