Taʼsis hujjatlarda oʻz ifodasini topishi zarur boʻlgan muhim jihatlar


Download 75 Kb.
bet2/4
Sana25.04.2023
Hajmi75 Kb.
#1397546
1   2   3   4
Bog'liq
16-mavzu

3-
bosqich Yakuniy (10 min)

Mashg’ulot yakuni:
1. Faol ishtirok etgan o’quvchilarni baholaydi va rag’batlantiradi. (10-ilova)
Uyga vazifaning berilishi: 2.Kelgusimashg’ulotgavazifavaunibajarishyuzasidany o’riqnomaberadi. (11-ilova).
3.Foydalanilgan va mustaqil ishlash uchun adabiyotlar
ro’yhatini beradi.(12-ilova)

Baholari bilan tanishadilar.


Topshiriqni yozib oladilar.


Bilib oladilar.


16-Mavzu: Taʼsis hujjatlarda oʻz ifodasini topishi zarur boʻlgan muhim jihatlar.

Korxona faoliyatini tashkil etish uning ustavi, ta’sis shartnomasi kabi ta’sis hujjatlarini ishlab chiqishdan boshlanadi.


Ushbu hujjatlarni tayyorlash korxona mulkdorlaridan katta mas’uliyat talab etadi. Chunki tashkil etilayotgan faoliyat shu hujjatlarga asoslangan holda amalga oshiriladi.
Yuridik shaxs ustav asosida yoki ta’sis shartnomasi va ustav asosida yoxud faqat ta’sis shartnomasi asosida ish olib boradi.
Yuridik shaxsning ta’sis shartnomasi uning muassislari tomonidan tuziladi, ustavi esa – tasdiqlanadi.
KORXONA USTAVI
Korxona ustavi – korxonaning faoliyat ko‘rsatish tartibi va shartlarini belgilab beruvchi hujjat. Korxona o‘z faoliyatini ustavida belgilab berilgan qoidalar asosida olib boradi.
Korxona ustavida, odatda, quyidagi ma’lumotlar belgilangan bo‘ladi:
–korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli;
–uning nomi;
–joylashgan manzili;
–ustav fondi hajmi va tarkibi;
–ustav fondini shakllantirish tartibi;
–foydani taqsimlash tartibi;
–korxonani qaytadan tashkil etish va tugatish shartlari hamda tartibi.
Tashkilotning ustav fondini belgilashda ayrim tashkilotlar uchun belgilangan minimal miqdorlar mavjudligini hisobga olish kerak bo‘ladi.
Ustav fondi – ta’sischilar yoki ishtirokchilarning o‘zlari tashkil etgan kompaniya, xo‘jalik jamiyatiga dastlabki kiritgan va doimiy ulush hisoblanadigan moddiy va pul mablag‘lari majmuyi.

Download 75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling