Тасвирий санъат дарсларида ўқувчиларда табиатга эстетик муносабатни шакллантириш”
Maktab tasviriy san’at darslarining rang tasvir mashg’ulotlarida tabiatga estetik munosabatni rivojlantirish
Download 245.5 Kb.
|
16.06.18 БМИ Ш. Рўзалиева
2.2.Maktab tasviriy san’at darslarining rang tasvir mashg’ulotlarida tabiatga estetik munosabatni rivojlantirish
Tasviriy san’at inson zotini mehnatga aql – idrokka, tafakkur qilishga, ijod qilishga, go`zallikka intilishga o`rgatib unda chiroyli, go`zal ma`naviy dunyosini yaratib keldi. Bugungi kunda tasviriy san’at odamlar va uning jamiyati uchun yuksak aql – idrok, chuqur bilim va tafakkur, go`zal turmush va e’tiqod, yaratishini hamma yaxshi biladi. Shuningdek kuzatishlar va ilmiy tadqiqotlar shuni ko`rsatmoqdaki, tasviriy san’at yoshlarga faqat ilm – tafakkur, go`zal estetik ideallar beribgina qolmay, odam zotining eng muhim jihatlarini, ya’ni kuzatish,ko`rish, idrok qilish va tafakkur – tasavvurlarini rivojlantiradigan bosh va asosiy vosita ekanligi isbotlanmoqda. O`quvchilar tasviriy san’at mashg`ulotlarida narsalarni ko`radilar , uning katta-kichikligini, shaklini, shaklidagi xunuk va chiroyli elementlarni aniqlaydilar, narsa shaklini idrok etib, rang va tusini o`rganishadi. Narsa shaklini idrok etish bilan birga, uning tasvirini yaratish tahlilini qilib, ong faoliyati asosida naturani tasvirga aylantirib,daftar yuziga joylashtirish bo`yicha hisob – kitob qilinadi. Shundan so`ng natura tasviriy daftar yuzasiga tushiriladi. Bu mashg`ulotlar davomida diqqat, idrok, xotira, tasavvur, did, emotsiya rivojlanib, rasm chizish malakasi ortadi. Chunki bu mashg`ulotlarda o`quvchi naturani kuzatadi va ko`radi uni ong faoliyatida taxlil qiladi, rang – tuslarini buyumlar ichidan topib, uni qog`ozga tushiradi. Lekin bu jarayon shunchalik murakkabki sog`lom rivojlangan odam bolasigina uning uddasidan chiqa oladi. Qarangki, bu jarayonda bolaning fikri chalg`isa, boshqa yoqqa ketsa, shakl chiqmaydi, rang topilmaydi. Shu boisdan hamma bola ham rasm chiza olmaydi. Qadimgi Rim ruhshunoslari tomonidan chiqarilgan hukum ham bir tomondan to`g`ridir. Chunki yuqoridagi faoliyatni faqat sog`lom, ya’ni fiziologik va psixologik kihatdan sog`lom yetilgan bolagina amalga oshira oladi. Tasviriy san’at mashg`ulotlarida bolaning ko`rish a’zolari takomillashib boradi. Chunki har bir mashg`ulotda narsalarni e’tibor bilan kuzatishga va ularni idrok etishga o`rgatib, o`z diqqat – e’tiborini bir nuqtaga qaratish malakasiham beriladi. Bu jarayon bolaning ixtiyoriy diqqati barqaror bo`lishini ham ta’minlaydi. Shuningdek, tasviriy san’at mashg`uloti o`quvchilarni e’tiborli, zehn bilan faoliyat ko`rsatishga o`rgatib, ularning barcha xis – tuyg`ularini jamlagan holda, o`zida bolgan nazariy va amaliy bilimlarni ishga soladi. Butun vujudi, aql – idroki, tasavvur – tafakkuri bilan faoliyat ko`rsatishga olib keladi. Shu boisdan nems pedagog rassomi P. Shmitning “Tasviriy san’at mashg`uloti aql gimnastikasi” degan xulosasi mutloq to`gridir. Xullas, tasviriy san’at darslari o`quvchilarning har tomonlama rivojlanishi asosi bo`lib qoladi, bunda uning o`rni va ro`li benihoyatda kattadir. San`at asrlarini o`rganish va o`rgatish tasviriy san’at fanining bosh vazifalaridan hisoblanadi. Chunki adabiyot adabiy – badiiy asarlarni o`qib tushunishi o`gatganidek, tasviriy san’at o`quv predmeti ham san’at asarini ko`rish va uni tushunish, tahlil qilishni maktab o`quvchisiga o`rgatadi. Ularning har ikkisida ham mavzu, syujet, g`oya, badiiy uslub, obrazlar, personajlar bo`lib,asardagi voqeaning davri, voqeasi o`z ifodasini topagan bo`ladi. Maktabdagi barcha o`quv fanlari tasviriy san’at asrlaridan foydalanadilar. Ammo bironta fan o`qituvchisi san’at asarining yaratilishi,undagi mavzu, syujet, g`oya, badiiylik haqida biron og`iz ma’lumot bera olmaydi. Shu boisdan bu rasmlarning nechta darsda otilishidan qat’iy nazar,bu asrlarni tasviriy san’at o`qituvchisining o`zi qaytadan taxlil qilib boradi. O`rta maktablardagi tasviriy san’at janrlarining tahlili davrida o`qituvchi asosiy etiborni asarning g`oyasiga, rassomning badiiy uslubiga qaratadi. Ammo san’at asarlarini taxlil qilishda ma’lum tizim va tartib bo`lishi kerak. Shunga ko`ra, san’at asarlarini tahlil etishda: Asarning muallifi haqida ma’lumot beriladi Asarning mavzusi bo`yicha suhbat,asar mavzuga uning syujet va g`oyasiga javob bera oladimi? Asarning g`oyasi – asrdan rassomo`zi tasvirlagan syulet asosida qanday masalani muammoni ko`tarib chiqganligi. Asrda tasavvur etilgan obyekt, voqea, undagi narsalar,manzara, odamlar va hayvonot dunyosiyoki boshqalar haqida to`g`ri ilmiy ma’lumot beriladi. Asar yaratilishidagi badiiylik, badiiy uslub ijodkorning san’at boyicha imi va iste’dodi,malakasi haqid atushuncha beriladi. Asarning yaratilishidagi rassomning tadqiqot ishlari, material to`plashi, umumlashtirishi, qoralama, etyud, eskizlar haqida ma’lumot beriladi. Asar taqdiri ya’ni asarning bugungi kundagi ahvoli, saqlanayotgan o`rni uning qaysi ko`rgazmalarda namoyish etilgani haqida suhbat boradi. San’at asarining bunday tahlili uchun maktab o`qituvchisi rasm ishlashni, asrni yaxshi tushunishi va uni boshqalarga tushuntira olishni bilishi zarur. Tasviriy san’at mashg’ulotlarida o’quvchilarga tabiatda ranglar va ularning tasviriy san’atda qo’llanilishi to’g’risidagi bilim hamda ko’nikmalartini rivojlantirish. Quyosh tabiatdagi yorug’lik manbaidir. Quyosh nuri juda murakkab yorug’lik bo’lib, uni uch burchakli shisha prizmadan o’tkazilsa ekrabda bir necha tusga ajralib bo’rinadi. Buni birinchi marta ingiliz olimi Isaak Nyuton o’z labaratoriyasida tajriba qilib ko’rgan edi. Olim qorang’I xonaga kichkina teshikdan quyosh nurini tushirgan va nur uch yoqli shisha prizmadan o’tganda ekran sirtida spektor ranglarning hosil bo’lishini kuzatgan Uning eng kam singan pastki qismi qizil rang, eng ko’p singani esa binafsha rang bo’lib, oralig’ida zarg’aldoq, sariq, yashil, xavo rang, zangori rang kabilardan iborat ranglar ketma-ketligi joylashadi. Diqqat bilan qarasa bir rangdan ikkinchisiga asta-sekin borishdagi oraliq masofada shu ikki ranga yaqin bo’lgan bir qancha rang tuslarini ko’rish mumkin. Turli xil rang ketma-ketligi o’rtasida ma’lum bir chegara yo’q. Chuki har qaysi rang tuslari asta-sekin o’zgarib, boshqa rang tusiga o’tadi. Yorug’lik oq nurining shisha prizma orqali tarqalishidan hosil bo’ladigan rangli nurlar ketma-ketligini Nyuton quyosh spektri deb atadi. Agar biz kartondan doira qirqib olsak va uni spektr ranglari tartibida qizil, zarg’aldoq, yashil, havorang, zangori ranglarga bo’yab chiqib, o’z o’qi atrofida tez aylantirsak, umumiy ko’rinishdagi kulrang tusni kuzatamiz. Lekin xuddi shu usulda uchta asosiy ranglar- qizil, sariq va zangori ranglarni aylantirganimizda esa yanada yorug’roq bo’lgan och kulrang hosil bo’ladi. Bordi-yu shu yeti xil rangni politrada aralashtirib ko’rsak, qorantir tusdagi ko’rimsiz aralashma hosil bo’ladi. Tabiatda esa spektr ranglarini xar zamon osmonda paydo bo’ladigan kamalakda, sjudring tomchilarida yaqqol ko’rish mumkin. Shuni esda tutish lozimki, har xil yorug’lik manbalaridan chiqadigan yorug’lik nurlarining spectral tartibi bir xil bo’lmaydi va ular bir-birlaridan ranglari bilan farq qiladilar. Elektr lampochkasidan taralayotgan nur kunduzgi yorug’lik nuridan sariqroq, kerosin lamposining yorug’ligi esa elektr lampochkasidanda zangori tuslarning ta’siri kuchliroqdir. Tabiatdagi mavjud har bir buyumning rangi uning fizik hossalariga, yani yorug’lik nurlarini qaytarish, sindirish vao’tkazish qobiliyatiga bog’liq bo’ladi. Natijada yorug’likning yuzaga tushayotgan nurlari qaytgan, singan va yuzadan o’tgan nurlarga bo’linadi. Jism yoki buyumlarning ko’zga rangli bo’lib ko’rinishida ularning tarkibidagi yupqa qavatning ta’siri juda kuchlidir. Quyoshning spectral nurlari bu yupqa qatlamdan o’tganda jilovlanadi va undan orqaga qaytadi. Yorug’lik nurlarini deyarli to’la qaytaruvchi yoki o’ziga singdiruvchi jismlarni tiniq bo’lmagan jismlar tarzida idrok qilamiz. Yorug’lik nurlarini ko’p qismini o’tkazuvchi jismlar tiniq jismlar jumlasiga kiradi. Yuzalar o’ziga tushayotgan sariq va shunga o’xshash yaqinroq tuslarni qaytarganda oq rangda ko’rinadi va spektrdagi boshqa nurlarni yutadi. Shaffof yuzalar esa rangli nurlarni o’tkazib yuboradi. Masalan; yashil rangli oyna va unga yaqin tuslarni o’tkazib yuboradi, boshqa nurlarni esa yutadi. Tabiatdagi mavjud ranglarni ikki qismga: axromatik va xramarik ranglarga ajratish mumkin. Oq, kulrang va qora ranglar hamda ularni har xil nisbatda aralashtirishdan hosil bo’ladigan barcha ranglar tuslari axramatik ranglar deb ataladi. Spektrda axramatik rang tuslari qatnashmaydi. Axramatik ranglar bir-birlaridan faqat tuslari jihatidan, ya’ni yorug’likni qaytarish darajasi bilan farq qiladi. Ularning 300 ga yaqin turlarini ko’z bilan anglash mumkin. Axramatik ranglarni bir-biridan ajratishda yorug’lik muhim rol o’ynaydi. Shuningdek axramatik ranglar spektorning ko’rinuvchi qismidagi har xil to’lqin uzunligiga ega bo’lgan barcha ranglarni bir xil qaytaradi. Natijada yuza yorug’likni qancha ko’p qaytarsa, u shanchalik oq tusga, qanchalik ko’p yutsa, shunchalik qora tusga o’xshab ko’rinadi. Axromatik ranglarning qaytarish koeffitsenti har xil bo’lib, yuzaning rangi anashu koeffitsentlarga qarab aniqlanadi. Tabiatda tushayotgan yorug’likning hammasini, ya’ni100%ni qaytaradigan yoki yutadigan material yo’q. Binobarin tabiatda mutlaqo oq rang ham qora rang ham bo’lmaydi. Eng oq rangdagi materialga magniy oksidi misol bo’la oladi. Uning qaytarish koeffitsenti 96%ni tashkil etadi. Eng kichik qaytarish koeffitsenti 0.3%ga ega bo’lgan material qora duxobadir. Shuning uchun ham qora duhoba eng qora ranga o’xshab ko’rinadi. Oq va qora ranglarni bir-birlariga aralashtirib son-sanoqsiz axramatik ranglarni hosil qilish mumkin. Bunda biror bir rang tusini olish miqdori muhim rol o’ynaydi. Axramatik ranglarning xramatik ranglardan asosiy farqi shuki, ular tanlamay yutish va qaytarish xossasiga ega. Axromatik ranglardan boshqa barcha ranglar xramatik ranglarga kiradi. Har bir xramatik rang uch xossaga: rang tusiga, rang yorqinligiga, rang to’yinganligiga ega bo’ladi. Xar bir xramatik rang ana shu uchta xossasiga ko’ra bir-biridan farqlanadi. Rang tusi ranglarning to’lqin uzunligiga qarab belgilanadi. Rangning bu xossasiga ko’ra biz ko’z orqali qizil, sariq, zangori va boshqa spektor ranglarni ko’ramiz hamda idrok qilamiz. Lekin rang tuslari ulatga qo’yiladigan rang nomlariga qaraganda ancha ko’pdir. Agar biror ranga oq rang qo’shilsa, maskur rang tusining to’l1qin uzunligi o’zgarmaydi. Chunki oq rang qo’shilganda faqatgina rang yorqinligi o’zgaradi va u bqaytarish koeffitsenti bilan ifodalanadi. Yorqinlikni anaiq o’lchash uchun fotometr degan asbobdan foydalaniladi. Rang yorqinligi ham xromatik ranglarning asosiy hossalarida biri bo’lib, tushayotgan yorug’lik nurini o’zida ko’p yoki kam aks ettirishidir. Agar yorug’lik nurlari ko’p aks etsa, biz rangni och tusda, kam aks etsa, to’q tusda idrok qilamiz. Ranglarning bu hossasi barcha tusdagi ranglar uchun- xromatik ranglar uchun ham, axromatik ranglar uchun ham umumiy hisoblanadi. Shuning uchun ranglarning yorqinligi jihatidan bir-birlariga taqqoslab ko’rish mumkin bo’ladi. Shuningdek, xramatik ranglarning yorqinligiga mos tushadigan xramatik tusni tanlab olish oson bo’ladi. Rang tuslari spektr ranglariga qanchalik yaqinlashsa, ularning yorqinligi shunchalik yaxshi bo’ladi. Rang to’qligi ham ikkala rang gruppasiga xos narsa bo’lib, axramatik ranglardan ko’proq kuliranglarga, xramatik ranglardan esa ko’pincha spektr ranglariga solishtirish yo’li bilan aniqlanadi. Rang tusining to’qligi turlicha bo’ladi, masalan birorta sariq rangni yorqinligi bo’yicha unga teng keladigan kulirang aralashtirilsa, unda rang to’yinganligi birmuncha pasayadi, oqishroq yoki kam to’yingan bo’lib qoladi. Agar biz kulrang qo’shishni davom ettirsak, undan ham past rang tusini hosil bo’lishini ko’ramiz. Aralashmada kulrangning ta’siri kuchli bo’lganligi uchun sariq sal-pal sezilishi yoki umuman sezilmasligi mumkin. Ranglar halqasida bir-biriga robaro’ turgan rang dog’chalari qarama-qarshi yoki to’ldiruvchi ranglar deb ataladi. Ular ham o’z navbatida bir-birlariga ohangdosh bo’ladi va bir-birlarini to’ldiradi.7 To’ldiruvchi ranglar qatoriga qo’yilganda muvofiqlashuv qonuniga binoan yanada ochiqroq yoki yorug’roq bo’lib ko’rinadi. Aytaylik, qizil rang yashil rang bilan yonma-yon qo’yilsa, boshqa rang qatorlariga nisbatan yanada ochroq va qizilroq ko’rinadi. O’quvchilarga ranglarning tuslari va to’ldiruvchi ranglar to’g’risida gapirilganda ularni qanday yo’llar bilan hosil qilinganligini tushintirib o’tish kifoya. Bularni palitrada tajriba qilib ko’rishlari mumkin. Agar ikkita to’ldiruvchi rang bir hil miqdorda aralashtirilsa, kul rangga o’xshab qoladi. Natijada birorta rangning yorug’lik kuchini kamaytirish uchun ustidan to’ldiruvchi rangning suyuq eritmasi bilan bo’yaladi, yoki atrofidagi rang halqasi o’zgartiriladi. Masalan: qizil rangni ozroq kuchsizlantirish uchun uni yashil rangning suyuq eritmasi bilan qoplash kerak. Goho yoniga qizg’ish tusdagi bo’yoq suriladi. Tabiatdagi mavjud ranglarni yana o’z navbatida iliq va sovuq ranglarga ajratishimiz mumkin. Ranglarning bu hususiyati ham ranglarning asosiy hossalaridan biridir. Iliq ranglar quyoshni, alangani, qizigan temirni eslatuvchi sariq, zarg’aldoq, qizil, sarg’ish yashil kabi ranglar kiradi. Iliq ranglarning asosiy hossalaridan biri shuki, ular ko’zga tez tashlanadi hamda, sezgi organlari kuchli ta’sir etadi. Barcha iliq yoki ochiq ranglarni shartli ravishda bo’rtgan yoki aktiv ranglar deb atash mumkin. Rasmda oldingi planni ta’svirlashda ko’pincha iliq ranglardan foydalaniladi. Ayrim hollarda iliq ranglarni yoqimli deb atash ham mumkin. Sovuq ranglar aksincha, yoqimsiz ranglar deb yuritiladi. Sovuq ranglarga esa muz, suv, osmonning ranglarini eslatuvchi ko’kish yashil, zangori va binafsha, havo rang, to’q yashil, ko’kish qizil ranglar kiradi. Sovuq ranglar ko’pincha og’irlikni, hajmdorlikni, uzoqlikni hamda perspektivani ko’rsatishda qo’llaniladi. Sovuq ranglar shartli ravishda botgan ranglar deb ataladi. Iliq va sovuq ranglar dekorativ bezash ishlarida keng qo’llaniladi hamda rangli tasvir ishlashda juda qo’l keladi. Iliq va sovuq ranglarning fazoviy xususiyatlarini tekshirishda 3a-rangli rasmdan foydalanish mumkin. Bu rasmda uchta bir hil o’lchamdagi kul rang, yashil, qizil doiralar tasvirlangan. Agar biz shu rang doiralariga diqqat bilan qarasak dastavval qizil rang, keyin esa yashil rang va nihoyat kulrang rangni idrok qilamiz. Tajribali rassomlar ranglarning bu xususiyatlaridan orqa fonlarni tasvirlashda, rangli tasvirlardagi bo’shliqni to’ldirishda foydalanishadi. Bo’yoqlar bilan ishlashda ranglarning bir-biriga o’zaro ta’siriga etibor berish lozim. Chunki qo’shimcha rang tuslarini xosil qilishda ranglarning bu xususiyati muhim rol o’ynaydi. Qo’shimcha ranglar hosil bo’lishini qora fonga joylashtirilgan doira shaklidagi rang dog’chasida yaqqol kuzatish mumkin. Bu borada tajriba o’tkazishda shu rang dog’chasiga qarab turiladi va u olingandan keyi ham o’sha joyga qarashd davom etiladi. Shunda ko’z ongimizda rang dog’chasining o’rnida qora fon bilan mazkur rangning aralashgan holdagi tasviri xosil bo’ladi. Bunga sabab ko’zning charchashidir. Chunki uzoq vaqt bitta rangga qarab turilsa ko’z charchaydi va qarab turilgan rangga ko’z moslashadi. Ayni vaqtda ikkinchi bir rangga qaralganda esa oldingi rang bilan keyingi rang aralashtirib idrok qilinadi. Masalan: qora yuzaga joylashtirilgan yashil rang dog’chasini huddi shu tajriba asosida kuzatilsa, qoramtir yashil tusdan boshqasi idrok etilmaydi. Bunga chuqurroq ishonch xosil qilish uchun rangga bo’yalgan birorta buyumning yarimini qora rangli narsa bilan berkitib turilsa va ularga qarash nuqtasi har ikkalasining o’rtasida bo’lsa qora rangli buyum olingandan keyin uning o’rniga tiniq rangdagi qizilni, ochiq qismida esa to’q tusdagi qizilni ko’rishimiz mumkin. Chunki bunda ochiq qismdagi rang ko’zimizni charchatadi. Qora bilan berkitilgan qismi esa ko’zga ta’sir etmasdan, o’z xolicha turgan bo’ladi. Demak ba’zi bir hollardagi o’zgarishlar ko’zimizning turlicha idrok qilishidan kelib chiqadi. Lekin ranglar faqatgina yorug’lik kuchlari ta’siridagina o’zgarishi mumkin. Bunda ranglar qaysi tusdagi yorug’lik bilan yoritilsa, o’shani o’zida ko’proq aks ettiradi. Oqshom tushishi bilan ranglarning tusi keskin o’zgaradi. Chunonchi, barcha zangori, to’q yashil kabi sovuq ranglar to’qlashadi va b’zan qorayib qoladi hamda ularni bir-biridan ajratish qiyinlashadi. Havo rang esa aksincha- oqaradi. Oy yorug’ida ko’pchilik rang tuslari sovuq ko’rinishga ega bo’ladi, ularni farqlash qiyinlashadi. Tong otishi bilan bu tartib o’zgaradi: oldin sovuq ranglar, keyin esa iliq ranglar ko’zga tashlanadi. Ranglarni bir-biridan farqlashda ko’zning sezish qobiliyati muhim rol o’ynaydi. Sun’iy yorug’lik nurlari ostidagi rang tuslarini kuzatishimizda bir-birlariga o’xshamagan bog’liqlikni ko’rishimiz mumkin. Elektor lampochkasi yorug’ida sariq ranglar oqarib, zangori rang yashiltob bo’lib ko’rinadi, qizil esa zarg’aldoqqa o’xshab ketadi, jigarranglar qizg’ish, ba’zan sarg’ish bo’lib qoladi. Chunki bu chiroqning nurlari atrofga sargi’sh tusda tarqaladi va ranglarning keng miqiyosda o’zgarishiga sabab bo’ladi. Rangning tiniqligini, to’yinganligini, sezgiga ta’sirchanligini sun’iy ravishda ortirish mumkin. Masalan: qizil rangdagi atirgulga qizil tusdagi shisha plastinka orqali qarasak, u yanada tiniqroq bo’lib ko’rinadi. Shu atirgulning o’ziga yashil oyna orqali qaraganda esa uning rangi o’zgarib qoramtir bo’lib ko’rinadi. Har qanday rang dog’chalari o’zini o’rab turgab fon ta’siri ostida yorug’lik kuchini o’zgartirishi mumkin. Bunda asosan fonning axramatik yoki xramatik ranglarga bo’yalganligining ta’siri katta. Chunki qora va kulrang yuzalarda ba’zi bir bo’yoqlarning ta’sirchanlik kuchi kamayadi. Masalan: qora rangli yuzada to’q zangori hamda to’q qizil, to’q jigarrang, qo’ng’ir rang qoramtir bo’lib ko’rinadi. Xuddi shu ranglarning o’zini oq yuzaga joylashtirib qo’yganimizda esa, aksincha mazkur ranglar qora yuzadagilarga nisbatan yorug’roq ko’rinadi. Ba’zan bo’yoqlarning oq yuzalarda ochlashish, qora yuzalarda esa to’qlashish hollari ham uchrab turadi. Masalan: sariq ranglar, och havo ranglar va bir qancha tuslari shular jumlasidandir. Sariq va och havo ranglar qora fonga oq yuzadagiga nisbatan to’qroq bo’lib ko’rinadi. Atrofdagi ranglar xalqasida bo’yoq tuslarining o’zgarishi yoki to’yinib borishi xromatik qarama-qarshilik deb ataladi. Barcha xramatik ranglar ham huddi axramatik ranglar kabi o’z tuslarini o’zgartirishi, ko’paytirishi yoki aksincha kamaytirishi, hilma-hil tuslar hosil qilishi, to’yinganlik va tiniqlik kabi xossalarni yo’qotishi va boshqacharoq idrok qilinishi mumkin. Shuningdek kulrang zangori fonda sarg’ish bo’lib, qizil fonda yashiltob, yashil fonda esa qirmizi tuslarga ega bo’ladi. Bordi-yu qizil rangni yashil rangli muhitga joylashtirsak, u yanada tiniqroq, to’yinganroq, ya’ni zichroq bo’lib qoladi, o’z rangiga nisbatan yanada qizilroq tarzda idrok qilinadi. Qizil rang zangori rangli yuzada esa binafsha tusda ko’rinadi. Ranglarning bu xildagi o’zgarishlariga sabab har ikkala ragdan qaytayotgan yorug’lik nurlarining ko’zimizga aralashib ko’rinishidir. Download 245.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling