Тасвирий санъат дарсларида ўқувчиларда табиатга эстетик муносабатни шакллантириш”
KIRISH Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi
Download 245.5 Kb.
|
16.06.18 БМИ Ш. Рўзалиева
KIRISH
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» ta’lim sohasida amalga oshiriladigan ishlarning maqsadi, vazifalari va yo‘nalishlarini belgilab berdi. Bu vazifalarni amalga oshirish, avvalo, o‘qituvchiga, uning bilimi va kasb mahoratining shakllanganlik darajasiga bog‘liq. O‘qituvchi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni nechog‘lik vijdon, aql va kasb mahorati bilan bajarishi jamiyat kelajagini ta’minlovchi muhim omildir. SHu ma’noda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni amalda joriy etish ham muhim ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun ham o‘qituvchi kasb mahoratini yanada takomillashtirish, uning kasbiy kompetentligini rivojlanganligi bugungi kunning muhim talablaridan biridir Ta’lim tizimida innovatsiyalarni, shu jumladan o‘qitishning zamonaviy, interaktiv va ijodiy uslublarini joriy etish orqali targ‘ib qilishga ko‘maklashish, raqamli texnologiyalardan keng foydalanishni nazarda tutuvchi innovatsion o‘quv dasturlarini ishlab chiqishni ta’minlash.1 Tasviriy san’at o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligi nazariy metodologik tahlili shuni ko‘rsatadiki, u ko‘p jihatdan jamiyatimizning ijtimoiy buyurtmasi pedagogika fani taraqqiyoti darajasi va bo‘lajak pedagog shaxsini shakllantirishga bo‘lgan individual talablar bilan bog‘liq. O‘zbekiston ta’lim tizimining insonparvarlashuvi, demokratlashuvi va ilg‘or texnologiyalarning kiritilishi pedagogika fani oldiga ta’limning mazmuni, to‘zilishi, rivojlanish darajasi, imkoniyatlari va texnologiyasini aniqlashdek murakkab vazifalarni qo‘ydi. Bu vazifalarni hal qilish bir qancha muammolarni keltirib chiqardi. Ilgarigi g‘oyalar endilikda yangi mazmundagi ta’lim tizimi talablariga mos kelmay qoldi. Pedagoglarning kasbiy va axloqiy tayyorgarligiga bir qator talablar qo‘yildi. Biroq, shiddat bilan rivojlanayotgan davr talablari pedagoglarda shakllantirilishi lozim bo‘lgan kasbiy, umuminsoniy va umumpedagogik ko‘nikmalarni yuqori darajada bo‘lishini talab qilmoqda. Bu esa, yosh o‘qituvchilarning pedagogik jarayonlarni erkin tashkil etishga tayyorgarligi muhimligini ko‘rsatmoqda. Pedagog o‘z ishining ustasi bo‘lishi uchun, avvalo, o‘z-o‘zini anglashi muhim ahamiyatga ega. O‘zining kasbiy-pedagogik tayyorgarligi, pedagogik holatini anglashi, uni tanqidiy tahlil etishi pedagogning kasbiy, umummadaniy va ilmiy-pedagogik bilimlar sari intilishiga turtki bo‘ladi. O‘z kasbi bo‘yicha mustaqil bilim olish ko‘p jihatdan o‘qituvchida o‘z-o‘zini anglashning o‘sishiga, olgan bilimlarini amaliyotda mohirona qo‘llashiga, pedagogik vaziyatlarga oqilona moslashish va xilma-xil pedagogik texnologiyalardan foydalana olishiga yordam beradi. Oliy o‘quv yurtlarida tahsil ko‘rayotgan bo‘lajak o‘qituvchilarning hozirgi zamon talablari asosida puxta kasbiy tayyorgarlikka ega, o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lib etishishlariga asosiy e’tiborni qaratmoq bugungi kunning muhim vazifasidir. O‘qituvchi qanchalik ma’lumotli, mahorat egasi bo‘lsa, u kelajak avlodni ham shunchalik bilimdon, har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalay oladi. Tasviriy san’at o‘qituvchilarni davr talablari asosida tayyorlash, ularni o‘z kasbining mohir ustasi, yangilikni tez idrok etib, o‘z faoliyatida qo‘llaydigan - ijodkor qilib tarbiyalash oliy maktab va pedagogika fani oldida turgan muhim vazifalardan bo‘lib hisoblanadi. Download 245.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling