Тасвирий санъат дарсларида ўқувчиларда табиатга эстетик муносабатни шакллантириш”


Download 245.5 Kb.
bet12/18
Sana16.06.2023
Hajmi245.5 Kb.
#1503060
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
16.06.18 БМИ Ш. Рўзалиева

Ko’rgazmalilik uslubi, tasviriy san’atni o’qitishda borliqdagi narsa va hodisalarning mohiyatini bilishga uning xarakterli hususiyatlari va qonuniyatlarini o’rganishga ko’maklashadi. Naturani o’rganish chog’ida o’quvchilarning qiziquvchanlik va mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.
O’qituvchida har doim ham o’rganilayotgan obyektni ko’rsatish imkoni bo’lavermaydi, bunday hollarda unga ko’rgazmalilik yordam beradi. Bu esa o’quvchilarda mazkur sohaga bo’lgan qiziqishni jonlantiradi.
Tasviriy san’atni o’qitishda nazariy materiallarni amaliy materiallar bilan bog’liqligi ham alahida axamiyat kasb etadi. Nazariya bilan amaliyotning bog’liqligi bolalarning tasviriy faoliyatida, dars jarayonida, to’garak mashg’ulotlarida, jamoa ishlarida, ya’ni devoriy gazetalar chiqarish, albom bezash kabilar orqali amalgam oshiriladi.
Ma’lumki O’quvchilar harakat va qobiliyat hihatidan bir-birlaridan farq qiladilar. Bu vaziyat o’qituvchidan o’quvchilar bilan yakkama-yakka ish olib borishni talab qiladi, ya’ni o’qituvchi bolalarni bilim va malakalari darajasini hisobga olgan holda ularga turlicha murakkablikdagi vazifa;larni ishlab chiqadi, ularning tasviriy ishlarini to’g’irlashga ba’zi nazariy va amaliy vazifalarni tushuntirish maqsadida doskada rasm ishlab ko’rsatishga to’gri keladi.
O’qitishning o’quvchilar yoshiga mosligi prinsipi qadimdan qo’llanib kelingan. Binda yaqindan uzoqqa, ma’lumdan noma’lumga, oddiydan murakkabga, osondan qiyinga, konkretlikdan abstraktlikka printsiplariga asoslanadi. Pedagogikada bu printsip qadimdan tajribadan o’tganligi sababli o’z faoliyatida shu yoldan borishni ko’zlagan maqsadga erishuviga asos bo’ladi. Kezi kelganda shuni ta’kidlab o’tish lozimki, hamma oson narsalar ham bolalarga tushunarli bo’lavermaydi va aksincha murakkab materiallar tushunarli bo’lishi ham mumkin. Bunda o’quvchilarning yoshi, pedagogik- psixologik xususiyati, bilim darajasi, tayyorgarligi, qobiliyati muhim rolь o’ynaydi. Masalan tasviriy san’atni o’qitishda yaqidan uzoqqa borish printsipida ish tutish maqsadida o’qituvchi avval bolalarga yaqin bo’lgan O’zbekistonning tabiati, xalqimizning turmushi, mehnatini tasvirlovchi O’zbekiston rassomlari asarlarini, So’ngra O’rta O’siyo, SHarq, Yevropa mamlakatlari san’atini o’rgatadi.
Yuqoridagi fikrlardan maktabda tasviriy san’atdan dars va darsdan tashqari ishlar jarayonida didaktik printsiplarga rioya qilishning nihoyatda muhimligini sezib olish qiyin emas.

Download 245.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling