Tasviriy san’at tadbiri ssenariysi boshlovchi


Download 14.58 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi14.58 Kb.
#1345575
Bog'liq
tadbir ssenariy


Tasviriy san’at tadbiri ssenariysi
1.boshlovchi:
Assalom ey davramizning eng aziz mehmonlari,
Assalom ey ilmu fanning sohibu davronlari.
Assalom ey baxti kulgan baxtiyorlar assalom,
Qalbi quvonch bilan to`lgan do`stu yorlar assalom
boshlovchi:
Assalom bu yerda yig`ilganlarga,
Ey aziz do`stlaru- qarddonlarga.
Xalqimiz farzandin tarbiyalayotgan,
Donoyu, bilimdon muallimlarga.
boshlovchi: Assalomu alaykum aziz mehmonlar, hurmatli ustozlar va qadrli o`quvchilar. Mana bugun biz “amaliy” fanlar oyligi munosabati bilan “San`at insonni tarbiyalaydi” deb nomlangan tadbirda yig`ilib turibmiz.
boshlovchi: Bugun biz sizlarga estetika faniga tegishli bo`lgan mehnat, tasviriy san`at, musiqa va jismoniy tarbiya fanlariga oid ko`plab ma`lumotlar, yangiliklar in`om etib, shu bilan birga maktabimiz o`quvchilari bilan tayyorlangan turli she`rlar, qo`shiqlar va raqslarni havola etmoqchimiz.
Marhamat, tinglab tomosha qiling....................................
San'at ajoyib sifatga ega - o'tmishni qayta tiriltirib, ertani ko'rsatadi
San'at haqiqatni aks ettiradi
San'at inson nima uchun yashayotganini ko'rsatadi. Bu hayot maqsadlarini yoritib, uning kasbini tushunishga yordam beradi
Tabiatdagi barcha odamlar rassomdir. Chunki u har doim o’zining va boshqalarning hayotida go’zallikni rivojlantirishga intilib yashaydi.
San'at — o'yin-kulgi emas, balki tabiat bilan eng yuqori suhbat yo'li
Boshlovchi: San'at haqiqatni aks ettiradi. Chunki, Haqiqat murakkab va doimo rivojlanib boradi. San'atning ko'plab turlari mavjud bo’lib ular: me’morchilik san’ati, arxitektura san’ati, musiqa san’ati, tasviriy san’at, amaliy san’at, , fotografiya san’ati, dizayn san’ati, sirk san’ati, kino san’ati, televideniya san’ati va h. k.
Boshlovchi: Inson hayotini ko’rish, eshitish va so’zlash kabi qobiliyatlarsiz tasavvur etish qiyin. ushbu san’at turlarining orasida shunday turlar borki ular orqali biz so’zlashni (adabiyot), eshitishni(musiqa), va ko’rishni (tasviriy san’at) o’rganamiz. Bularsiz dunyoni tasavvur qilib bo’lmaydi. Chunki bu 3ta san’at majoziy ma’noda dunyoni egallab olgan.
endi tasviriy san’at haqida qiziqarli faktlarni tinglaymiz va fikr yuritishga harakat qilamiz.
Anri Metissning 1961 yildagi "Qayiq" kartinasi Nyu-Yorkdagi Manxettendagi Zamonaviy san'at muzeyida (Zamonaviy san'at muzeyi, qisqartmasi MoMA) noto'g'ri teskari osib qo'yilgan va tashrif buyuruvchilardan biri buni ko'rsatmaguncha 40 kun davomida shunday osib qo'yilgan. Ushbu rasmda Anri Matiss bulutlar va suvda ko'rsatilgan qiya yelkanli qayiqni tasvirlagan. Va displey shunchalik o'xshashki, rasmning tepasi va pastki qismi qayerda ekanligini darhol anglab bo'lmaydi.
FACEBOOK hamasoschisi 36 yoshli milliarder Mark Sukerberg har kuni bir xil kulrang futbolka kiyib yuradi. O‘zining tushuntirishicha, bu bilan u kiyim tanlashga vaqt sarflab o‘tirmas ekan. Mark Sukerberg daltonizmdan aziyat chekadi. Milliarder qizil va yashil ranglarni ajrata olmaydi. U uchun farqlash eng oson bo‘lgan rang — ko‘k. Shuning uchun ham, Facebook'ning logotipi ko‘k rangda.

Download 14.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling