Tavhid, hamd, na't va munojotlar badiiy matn tarkibida


Download 0.58 Mb.
bet4/10
Sana23.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1385872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-маъруза

Agar asosiy maqsad Allohning sifatlarini ta’riflashdan iborat bo‘lsa, bunday g‘azal “tavhid” deyiladi. Ularda Xudoning yakka-yagonaligi, birligini, yolg‘iz yaratuvchiligini ta’rif-tavsif etish va bu yagonalikni anglash, idrok qilish bosh maqsadga aylanadi. Ayrim g‘azallarida shoir uning hamd ekanini qayd etib o‘tishni unutmaydi, Alloh sifatlari g‘azalning umumiy ruhiga singdirilgan holda ochib beradi, har bir sifatning isboti uchun esa badiiy-mantiqiy dalil-isbotlar ham keltiradi. “Badoe’ ul-vasat”ning 2-g‘azalidagi mana bu baytda Allohning azallik va abadlik sifati ta’riflangan: Azal ham sen, abad ham sen, ne avval birla oxirkim, Anga yo‘q ibtido paydo, munga yo‘q intiho paydo. Allohning tavhid g‘azallarda qayd etilgan paydolik, pinhonlik, azallik, abadlik sifatlari “Qur’on”i karimning “Hadid” (“Temir”) degan 57-surasidagi 3-oyatda keltirilgan: “Avval ham, oxir ham, zohir ham, botin ham Uning O‘zidir. U barcha narsani bilguvchidir” . Mazkur oyatga tarjimon Alouddin Mansur bitgan izohdan bilib olamizki, bu to‘rt sifat Allohning eng asosiy belgilaridan sanaladi. Navoiyning tasavvufiy aqidasiga ko‘ra, butun borliq “olami kubro” (katta olam), inson ko‘ngli esa “olami sug‘ro” (kichik olam) hisoblanadi. Lekin olami kubroda nimaeki bo‘lsa, u olami sug‘roda ham mavjud. CHunki ko‘ngilda olam aks etadi-da. Faqat bu erda u kichraygan, ixcham holda in’ikos topadi . Ko‘pgina tavhid g‘azallar maqta’ida lirik qahramon go‘yo Navoiyni eslagan bo‘lib, Allohdan uning gunohlaridan o‘tishini so‘raydi. Bu esa – munojotga xos xususiyat. SHuning uchun hamd g‘azallarni tavhid va munojot g‘azallarga ajratishda nisbiylik borligini esdan chiqarmaslik kerak. Lekin bu tavhid g‘azalda munojot, munojot g‘azalda esa tavhid xususiyati yo‘q, degani emas.

  • Agar asosiy maqsad Allohning sifatlarini ta’riflashdan iborat bo‘lsa, bunday g‘azal “tavhid” deyiladi. Ularda Xudoning yakka-yagonaligi, birligini, yolg‘iz yaratuvchiligini ta’rif-tavsif etish va bu yagonalikni anglash, idrok qilish bosh maqsadga aylanadi. Ayrim g‘azallarida shoir uning hamd ekanini qayd etib o‘tishni unutmaydi, Alloh sifatlari g‘azalning umumiy ruhiga singdirilgan holda ochib beradi, har bir sifatning isboti uchun esa badiiy-mantiqiy dalil-isbotlar ham keltiradi. “Badoe’ ul-vasat”ning 2-g‘azalidagi mana bu baytda Allohning azallik va abadlik sifati ta’riflangan: Azal ham sen, abad ham sen, ne avval birla oxirkim, Anga yo‘q ibtido paydo, munga yo‘q intiho paydo. Allohning tavhid g‘azallarda qayd etilgan paydolik, pinhonlik, azallik, abadlik sifatlari “Qur’on”i karimning “Hadid” (“Temir”) degan 57-surasidagi 3-oyatda keltirilgan: “Avval ham, oxir ham, zohir ham, botin ham Uning O‘zidir. U barcha narsani bilguvchidir” . Mazkur oyatga tarjimon Alouddin Mansur bitgan izohdan bilib olamizki, bu to‘rt sifat Allohning eng asosiy belgilaridan sanaladi. Navoiyning tasavvufiy aqidasiga ko‘ra, butun borliq “olami kubro” (katta olam), inson ko‘ngli esa “olami sug‘ro” (kichik olam) hisoblanadi. Lekin olami kubroda nimaeki bo‘lsa, u olami sug‘roda ham mavjud. CHunki ko‘ngilda olam aks etadi-da. Faqat bu erda u kichraygan, ixcham holda in’ikos topadi . Ko‘pgina tavhid g‘azallar maqta’ida lirik qahramon go‘yo Navoiyni eslagan bo‘lib, Allohdan uning gunohlaridan o‘tishini so‘raydi. Bu esa – munojotga xos xususiyat. SHuning uchun hamd g‘azallarni tavhid va munojot g‘azallarga ajratishda nisbiylik borligini esdan chiqarmaslik kerak. Lekin bu tavhid g‘azalda munojot, munojot g‘azalda esa tavhid xususiyati yo‘q, degani emas.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling