Tavhid, hamd, na't va munojotlar badiiy matn tarkibida


Download 0.58 Mb.
bet6/10
Sana23.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1385872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-маъруза

Badiiy adabiyotdagi payg‘ambar vasfiga bag‘ishlangan asarlar na’t deyiladi. “Na’t – payg‘ambarni madh etish, yaxshi sifatlarini aytib maqtash” . Ularda rasululloh (s. a. v.) odamzodning sarvari – eng buyuk zot, eng komil inson sifatida ta’rifu tavsif etiladi. Musulmon xalqlari mumtoz adabiyotlarida deyarli barcha asarlar Alloh hamdi va Muhammad na’ti bilan boshlanadi. Bundan she’riy devonlar ham mustasno emas. Navoiy “Badoe’ ul-bidoya” devoni “Debocha”sida, jumladan: “Har harf g‘azaliyotining avvalg‘i g‘azalini yo Tengri taolo hamdi bila muvashshah, yo rasul alayhi-s-salom na’ti bila mufattah, yo bir mav’iza bilakim, bu ikki ishdin biriga dol bo‘lg‘ay, muvazzah qilindi” , – deb yozganida shuni ko‘zda tutgan. SHoir “Xazoyin ul-maoniy” devonlarida ham ana shu qat’iyatiga amal qiladi .

  • Badiiy adabiyotdagi payg‘ambar vasfiga bag‘ishlangan asarlar na’t deyiladi. “Na’t – payg‘ambarni madh etish, yaxshi sifatlarini aytib maqtash” . Ularda rasululloh (s. a. v.) odamzodning sarvari – eng buyuk zot, eng komil inson sifatida ta’rifu tavsif etiladi. Musulmon xalqlari mumtoz adabiyotlarida deyarli barcha asarlar Alloh hamdi va Muhammad na’ti bilan boshlanadi. Bundan she’riy devonlar ham mustasno emas. Navoiy “Badoe’ ul-bidoya” devoni “Debocha”sida, jumladan: “Har harf g‘azaliyotining avvalg‘i g‘azalini yo Tengri taolo hamdi bila muvashshah, yo rasul alayhi-s-salom na’ti bila mufattah, yo bir mav’iza bilakim, bu ikki ishdin biriga dol bo‘lg‘ay, muvazzah qilindi” , – deb yozganida shuni ko‘zda tutgan. SHoir “Xazoyin ul-maoniy” devonlarida ham ana shu qat’iyatiga amal qiladi .
  • “Me’rojnoma” sarlavhasi bilan yozilgan hajman yirik maxsus manzumalardan ham, dostonlardagi me’rojnoma na’t boblardan ham jiddiy farqi bor. G‘azalda me’rojning batafsil ta’rifi hamda bu bilan bog‘liq voqealarning izchil bayoniga duch kelmaymiz va hajm ham bunga imkon bermaydi. SHoir me’rojnoma na’t g‘azallarida har qancha muayyan chegaralangan mavzuda an’anadan chiqib ketmagan holda ish ko‘rgan bo‘lsa ham, chinakam badiiy asarlar yarata olgan. Ularda badiiyatni ta’minlovchi talay ifoda va bayon vositalaridan unumli va mohirona foydalanilgan. Navoiyning me’rojnoma na’t g‘azallarda lirik qahramon bu erda bir musulmon banda, etuk ummat, sodiq do‘st sifatida namoyon bo‘ladi. Komil inson masalasini yoritishda eng muhim islomiy jihatni esdan chiqarmaslik kerak: komil insonning Erdagi timsoli – Muhammad (s. a. v.).

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling