Tayanch iboralar: · Moliyaviy siyosat; · Moliyaviy strategiya


Download 34.73 Kb.
bet1/11
Sana02.01.2022
Hajmi34.73 Kb.
#195278
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5190879860284721427


6- Mavzu Moliyaviy siyosatning mazmuni, xususiyatlari va maqsadi

Reja:

  1. Moliyaviy siyosatning mazmuni

  2. Moliyaviy siyosatning maqsadi


Tayanch iboralar:

· Moliyaviy siyosat;

· Moliyaviy strategiya;

· Moliyaviy taktika;

· Moliya mexanizmi;

· Moliya mexanizmining samarali



faoliyati;

· Moliyaviy boshqarshi usullari;

· Moliyaviy dastaklar.


  1. Moliyaviy siyosatning mazmuni.

Siyosatning asl ma’nosi grekcha "Politika" so’zidan olingan bo’lib, davlatni boshqarish san’atidir.

Har qanday jamiyatda ham davlat sub’ekt sifatida o’ziga yuklatilgan burch, vazifa va funktsiyalarni bajarishda moliyadan foydalanadi. Ushbularni hayotda amalga oshirish jarayonida moliyaviy siyosat yetakchi o’rinni egallaydi.

Siyosat - bu ustqurmaga taalluqli tushuncha bo’lib davlatning o’z funktsiyalarini va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan hamma yo’nalishlar, chora va tadbirlar yig’indisidir. Ijtimoiy munosabatlari sohalariga bog’liq holda va uni siyosiy ta’sir ko’rsatuvchi ob’ekti deb qaraganimizda - iqtisodiy va ijtimoiy, madaniy yoki texnik, moliya yoki

kredit, ichki yoki tashqi siyosatlar to’g’risida fikr yuritamiz.

Siyosat, siyosiy ta’sir, siyosiy boshqarish uch muhim elementlardan iborat bo’ladi:

Birinchidan, jamiyatning hayotini yaxshilash va rivojlantirish uchun zarur bo’lgan asosiy vazifalar va maqsadlar aniqlanadi va belgilanadi;

Ikkinchidan, shu aniqlangan bo’lajak va yaqin kelajakdagi vazifalar va maqsadlarga erishish uchun eng qulay, eng yaxshi natija beradigan zarur bo’lgan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi;

Uchinchidan, shu aniqlangan va belgilangan vazifalarni tashkil etib bajara oladigan kadrlarni topib joy-joyiga qo’yishdir.

Iqtisodiy siyosat - xo’jalik yuritishning tamoyillari va shakllari, iqtisodiyotni rivojlantirish vazifalarini yechishdagi metodlar, chora-tadbirlar va faoliyatlar yig’indisidir. Iqtisodiy siyosat jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida turlicha bo’lishi, iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab o’zgarib turishi mumkin. Iqtisodiy siyosat o’z ichiga:

- baho siyosati;

- pul siyosati;

- kredit siyosati;

- amortizatsiya siyosati;

- moliya siyosati kabilarni oladi.

Moliyaviy siyosatini ishlab chiqish va hayotga tadbiq e’tish jarayonida davlatning oldida turgan vazifalarni bajarishga, jamiyat iqtisodiy manfaatlariga ta’sir etish shart- sharoitlari yaratiladi.

Moliyaviy siyosat - bu moliyaviy resurslarni jamlash, ularni davlatning o’z funktsiya va vazifalarini amalga oshirish uchun taqsimlash va ishlatish shakl hamda usullarida tizimli namoyon bo’luvchi tadbirlar yig’indisidir. Ma’lum mamlakatning moliyaviy siyosati qator omillarga: tarixiy sharoitlar, iqtisodiyotning rivojlanish darajasi, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy maqsadlar, ularga erishish muddatlari va hattoki milliy udumlarga ham bog’liq bo’ladi. Ijtimoiy hayotning evolyutsion rivojlanish va davlat tuzumining barqarorlik davrida davlatning ichki va tashqi moliyaviy siyosati mavjud ijtimoiy munosabatlarni saqlab qolish va o’zgartirishga yo’naltirilgan. Inqilobiy o’zgarishlar davrida mavjud tuzumni tezroq o’zgartirishdan manfaatdor siyosiy kuchlar uni buzish va yangi ijtimoiy munosabatlar tizimini shakllantirishga yo’naltirilgan siyosat olib boradilar. Moliyaviy siyosat - bu davlatning iqtisodiy siyosatini tarkibiy qismi bo’lib, moliyaviy resurslarni (manbalarni) jalb etish, ularni taqsimlash, ishga solish va foydalanishga davlat orqali yo’naltirilgan barcha chora- tadbirlar yig’indisidir.


Download 34.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling