Tayanch iboralar: · Moliyaviy siyosat; · Moliyaviy strategiya


Download 34.73 Kb.
bet10/11
Sana02.01.2022
Hajmi34.73 Kb.
#195278
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5190879860284721427

moliya mexanizmi - taqsimot va qayta taqsimot munosabatlarining

keng tizimini amalga oshirish, daromad va jamg’armalarni tashkil qilshp, markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini tuzishni ta’minlovchi shakl va usullar yig’indisidan iboratdir.

Moliya mexanizmi tushunchasi sub’ektiv tushuncha bo’lib, ob’ektiv mavjud bo’lgan moliyaviy munosabatlarini ma’lum shakl va usullar yordamida tashkil qilish natijasidir.

Moliya mexanizmi moyaiyaviy munosabatlarini tashkil qilishning turlari, shakllari va usullari, ularni miqdor jihatdan aniqlash yo’llarini o’z ichiga oladi.

Moliya mexanizmining tarkibi ancha murakkab bo’lib, unga turli moliyaviy munosabatlarga xos elementlar kiradi.

Davlat o’zining ijro qiluvchi va qonun chiqaruvchi organlari orqali quyidagilarni amalga oshiradi:

- iqtisodiy qonunlar ta’sirini chuqur o’rganish;

- moliyaning rivojlanish qonuniyatlarini o’rganish;

XoJALIK MEXANIZMI

Baxo mexaniz

Moliya mexaniz

Kredit mexaniz

Rivojlantirish va prog-nozlash

Ta’minot - iqtisodiy va moliyaviy siyosat vazifalarini o’rganish asosida ijtimoiy maxsulot va milliy daromadni taqsimlash usullarini

qo’llaydi, pul jamg’armalarini shakllarini belgilaydi, to’lov va ajratmalar turlarini ishlab chiqadi, davlat moliyaviy resurslaridan foydalanish yo’nalishlari va tamoyillarini ishlab chiqadi.

Moliya mexanizmi quyidagi tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi:

1. Moliyaviy rejalashtirish va prognozlash orqali istiqbollarini belgilash.

2. Moliyaviy dastaklar va rag’batlantirish vositalari.

3. Moliyaviy boshqarish

2-sxema


Moliyaviy rejalashtirshi va prognozlantirish - moliyaviy mexanizmining asosiy qismi bo’lib, u moliyaviy rejalar va balanslarni hamda moliyaviy ko’rsatkichlar, norma va normativlar tizimini o’z ichiga oladi.

Moliyaviy dastaklar va rag’batlantirshi vositalari - ularga foydani taqsimlash usullari, turli fondlarga to’lovlar, ajratmalar, qo’llaniladigan imtiyozlar, sanktsiyalar, jarimalar kiradi.

Moliyani boshqarish - sub’ektlarning moliyaviy munosabatlarni amalga oshirsh, yo’lga qo’yish va takomillashtirish usullari va priyomlari yig’indisidan iborat.

Ayrim iqtisodchilar, yuqoridagilarni inkor etmagan holda, moliyaviy munosabatlarning ko’p qirraligi, soha va zvenolardan iboratligini hisobga olib moliya mexanizmining quyidagi sohalarni va zvenolarni ajratib ko’rsatiladilar.

2-sxema

Moliya mexanizmining barcha soha va zvenolari o’zaro bog’liqdir. SHu bilan birga, har bir soha va zveno nisbatan mustaqil faoliyat qiladi. Masalan, byudjet mexanizmi.

- soliq turlarining ko’pligi;

- ularni o’ndirish usullariying turli-tumanligi;

- moliyalashtarishning usullarining turlichaligi;

- byudjet _______mablag’laridan foydalanishning ko’p yo’nalishlari mavjudligi bilan xarakterlanadi.

Korxona moliya mexanizmi orqali esa,

- korxona pul jamg’armalari shakllari belgilanadi;

- foyda va daromadlar taqsimlanadi;

- moliyaviy resurslar taqsimlanadi;

MOLIYa MEXANIZMINING TARKIBIY +ISMLARI

Moliyaviy rejalashtirish va Moliyaviy dastaklar va ra\batlantirish

Moliyaviy bosh=arish

Moliya mexanizmining soщa va zvenolari

Moliyaviy rejalashtirish va

Moliyaviy dastaklar va ra\batlantirish

Moliyaviy bosh=arish

Byudjet mexanizmi

Davlat va kredit mexanizmi

Byudjetdan tash=arii - turli maqsadli fondlar tuziladi va ulardan foydalamish ta’minlanadi.

Moliya mexanizmining elementlari tarkibida(sx.2) fondlar va to’lovlarni miqdor jihatdan aniqlash usullari qismi eng xarakatchan va tez o’zgaruvchan bo’lib, ular ishlab chiqarish shart-sharoitlarining hamda jamiyat oldida turgan vazifalarning o’zgarishiga qarab tez-tez o’zgarib korrektirovka qilinib turadi. Masalan, pul mablag’lari fondlarining shakllari o’zgarmagani holda, foydani taqsimlash usullari. bir necha bor o’zgardi (taqsimlash qoldiq usuli, normativ usuli, majburiy to’lovlar usuli).

- soliq turlari o’zgarmagani holda, ularni stavkalari, ular bo’yicha imtiyozlar, sanktsiya va jarima kabi jazo choralari iqtisodiy talablari bozor, bozor talablariga ko’ra tez-tez qayta qurilib, o’zgarib turadi.

O’zbekiston soliq tizimida uzoq davr mobaynida samarali faoliyat qilib kelgan oborot solig’i o’rniga joriy qilingan kutilgan qiymat solig’i(kks)ning stavkasi dastlab 25% miqdorida, keyinchalik 20, 19, 18, 17% miqdorlargacha tushirildi. moliya va moliyaviy munosabatlarida ham chuqur islohotlarni amalga oshirishga to’g’ri keldi.

Belgilangan strategik vazifalar davlatning taktik chora-tadbirlari asosida asosan

bajarildi. Hozirgi kunda iqtisodiy o’sish, ko’tarilish davri boshlandi. Yalpi ichki

maxsulotning o’sish sur’ati modellashdi. 1996 yilda sanoat ishlab chiqarish 5,5%ga, qishloq maxsulotlari ishlab chiqarish 8,5%ga o’sdi.

Sukurta ishlari rivojlandi. Sug’urta bozori tarkib toptirish tadbirlari amalga

oshirildi. Turli mulk shakllariga asoslangan sug’urta tashkilotlari va kompaniyalari tuzildi va faoliyatini boshlab yubordi. «Madad» sug’urta agentligi, «O’zbekinvest» xalqa"ro sururta tashkiloti ish boshladi.

Tovarlar va xizmatlarning mamlakatlararo hamakatini tartibga solib turuvchi, milliy iqtisodiyotni mustahkamlash va himoya qilishga qaratilgan boj siyosati takomillanishib bordi.

Bu siyosat hozirgi kunda mamlakat ichki bozoriga past sifatli, inson salomatligiga putur etkazuvchi tovarlarni kirib kelishini oldini olish va ilg’or texnologiyalar, fan-texnika yutuqlari natijalarining mamlakat iqtisodiyotiga kirib kelishini rag’batlantirish yo’lidan og’ishlanmay bormoqda.

Moliyaviy siyosatining hozirgi kuvdagi vazifalari quyidagilardan iborat bo’lmog’i

lozim.


1. Respublika davlat byudjetdagi kamomadni yo’l qo’yilgan eng kam daraja doirasida (YaMMning 3-4%i atrofida) cheklashga yo’naltirilgan qattiq moliyaviy siyosatni o’tkazish.

2. Davlat harajatlarining birinchi navbatida iqtisodiyotdagi zarur tarkibiy

o’zgarishlarni o’tkazish, ishlab chiqarishning orqaga ketshnga barham berish maqsadlarini ko’zlab yo’naltirishni ta’minlash.

3. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish talablaridan kelib

chiqqan holda, aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, aholining konstitutsiya bilan kafolatlangan huquqlarini himoya qilishni ta’minlovchi moliyaviy bazani yaratish, erkik mehnat va ish bilarmonlik asosvda aholi turmush darajasini ko’tarish zarur shart-sharoit yaratishi. Bu maqsadlarda ularga soliqlardan imtiyozlar berish, imtiyozli kreditlar berish, maqsadli fondlardan moliyaviy qo’llab-quvvatlash.

4. Ijtimoiy himoyaning adresli bo’lishiga, moliyaviy mablag’larning ijtimoiy yordamga haqiqatda muhtoj aholi qatlamlariga yetib borishini ta’minlashga erishish.

5. Davlat byudjeti va korxonalar moliyaviy ahvolining barqarorligani ta’minlash.

Davlat byudjeti kamomadining YaIMning 3-4%i miqdorida bo’lishiga erishish; byudjet intizomiga qatьiy rioya qilish.

6. Soliq siyosatini takomillashtirish:

- soliq, tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xom ashyo, tibbiy,

moliyaviy va mehnat resurslaridan, to’plangan mol-mulqdan samarali foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sirini oshirish.

- Korxonalar zimmasidagi soliq yukini keskin kamaytirish, qo’shilgan qiymat solig’idan olinadigan soliq stavkasini kamaytirish va shu asosda ishlab chiqarishni jonlantirishga turtki berish.

- Soliq tushumlari tarkibini tubdan o’zgartirish, resurslar, mol-mulk solig’ining

rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq o’ndirishning progressiv tizimini joriy etish;

7. Muayyan byudjetlarni shakllantirish manbalari bo’lgan respublika soliqlari bilan

maxalliy soliqlar o’rtasida aniq chegara o’tkazish.

8. Davlat byudjeti daromadlarini katta qismini joylarga berish, mahalliy

byudjetlarning daromad manbalarini mustahkamlash;

9. Soliq siyosati belgilab bergav chora-tadbirlarni amaliyotga tadbiq etuvchi tegishli moliya mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirish.


Download 34.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling