Tayanch iboralar: · Moliyaviy siyosat; · Moliyaviy strategiya


Download 34.73 Kb.
bet5/11
Sana02.01.2022
Hajmi34.73 Kb.
#195278
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5190879860284721427

Moliyaviy taktika - strategiya belgilab bergan vazifalarni jamiyat rivojlanishining

konkret bosqichida moliyaviy munosabatarni tashkil etish usullari orqali amalga oshiradi.

Rivojlanishiing har bir bosqichining moliyaviy strategiyasi ob’ektiv iqtisodiy

sharoitni hisobga oluvchi iqtisodiy strategiyaning vazifalari bilan belgilanadi. Masalan, mamlakat iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o’tkazishning dastlabki bosqichida davlat iqgisodiy siyosatining asosiy strategik maqsadlari quyidagicha belgilanadi:

1. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma__ bosqichma-bosqich shakllantirish;

2. Ko’p ukladli iqtisodiyotni yaratish: xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlash;

3. Korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xo’jalik faoliyatiga davlat tomonidan aralashuvda huquqiy asoslar va vositalardan foydalanish;

4. Iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlar qilish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilib borish.

Mazkur iqtisodiy strategik vazifalarni amalga oshirishda quyidagi yo’nalishlarda moliyaviy taktika ishlab chiqiladi va tegishli moliya mexanizmi shakllantiriladi:

- qattiq moliyaviy siyosatni amalga oshirish, davlat byudjeti taqchilligini iloji boricha kamaytirish, dotatsiya va subsidiyalarni bosqichma-bosqich qisqartirib borish;

- byudjetdan mablag’larni eng zarur umumdavlat ehtiyojlari uchungina ajratish;

- investitsiya kreditlaridan keng foydalanish;

- soliq tizimini takomillashtirish, byudjet daromadlarini barqaror bo’lib turishini ta’minlaydigan mustahkam soliq siyosatini olib borish va h. k.

Moliyaviy siyosatning strategiyasi va taktikasi o’zaro bog’liqdir. Taktik vazifalarni hal qilish uchun strategiya qulay shart-sharoit yaratadi.

Taktika esa, iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi rivojlanishning hal qiluvchi joylarini va muhim muammolarni aniqlab moliyaviy bog’liqliklarni tashkil etish shakllari va usullarini o’z vaqtida o’zgartirish yo’li bilan strategiya belgilab bergan vazifalarni qisqa muddat ichida, eng kam xarajatlar bilan amalga oshiradi.


Download 34.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling