Moliyaviy siyosat inson faoliyatining maxsus shakli sifatida ustqurma kategoriyalariga taalluqlidir. U bilan jamiyatning iqtisodiy bazisi orasida chambarchas bog’langan o’zaro bog’liqlik mavjuddir. Bir tomondan, moliyaviy siyosat iqtisodiy munosabatlar orqali vujudga keladi, ikkinchi tomondan, iqtisodiy bazis asosida vujudga kelib va rivojlanib, moliyaviy siyosat ma’lum bir mustaqillikka ega. SHuning uchun u iqtisodga, moliyaning ahvoliga teskari ta’sirini o’tkazadi. Bu ta’sir har xil bo’lishi mumkin: bir xil paytlarda siyosiy chora- tadbirlarni o’tkazish orqali iqtisodni rivojlantirishga qulay shart-sharoit yaratiladi, boshqalarda esa u to’sqinlik qiladi.
Moliyaviy siyosat moliyaviy munosabatlar mohiyatini o’zgartirolmaydi. Lekin, davlat moliyaning mohiyatini bilib, uni o’z manfaatlariga qaratishga xarakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |