Moliyaviy munosabatlar - ob’ektiv voqelik, iqtisodiy munosabatining bir qismi bo’lib, jamiyatning iqtisodiy bazisini tashkil qiladi. Moliyaviy siyosat esa bazisga asoslanadi, shu bazisdan kelib chiqadi. Moliyaviy siyosat ilmiy asoslangan moliyaviy nazariyaga tayanadi va tajribaga ko’rsatma beradi, shu tariqa moliyaviy siyosat nazariyani tajriba bilan boglaydi. Tajriba esa nazariyaning to’g’riligini tekshirish mezonidir.
Moliyaviy siyosat quyidagi vazifalarni bajaradi:
Birinchidan, moliyaviy resurslarning hajmini va ulardan foydalanshi samaradorlshini oshirish. Moliyaviy siyosat ko’zda tutayotgan tadbirlarni, ular bilan botliq bo’lgan xarajatlarni real mavjud bo’lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlanishiga erishishi kerak. SHuningdek, ajratilayotgan har bir so’mlik resursdan maksimal darajada samaraga erishishni ta’minlash lozim;
ikkinchidan, moliyaviy resurslarning tatssimotida optimal nisbatlarni belgilash, ulardan ratsional foydalanish. Moliyaviy siyosatning bu vazifasi korxona daromadlarining davlat ixtiyoriga o’tishining ratsional shakllarini belgilash, aholining davlat daromadlarini shakllantirishdagi hissasini to’g’ri belgilash, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalari
o’rtasidagi taqsimlash proportsialarini optimallashtirish yo’llari bilan bajariladi;
uchinchidan, muhim va murakkab vazifasi, tegishli moliya mexanizmini ishlab chiqish, iqtisodiy siyosat belgilab bergan rivojlanish yo’nalishlarini ta’minlash maqsadida uni takomillashtirish.
Nazorat uchun savollar:
Moliyaviy siyosatning mazmuni?
Moliya siyosatining muhim vazifasi?
Moliyaviy strategiya nima?
Moliyaviy taktika nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |