Tayanch iboralar: Antik davr, xitoy, eron, arab sayyohlari, mahalliy olimlar, temuriylar davri, rus olimlari, xx-asrning ikkinchi yarmi, mustaqillik yillari
O‘rta asrlarda (V asrdan XVI asr oxirigacha) xitoy, arab va eron sayyohlarining O‘rta Osiyo tabiati haqidagi ma‘lumotlari
Download 1.66 Mb.
|
Geografiya tarixi . Toshxo\'jayev J
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ibn Xurdodbeh
- Ibn Rustod
- Ahmad Ibn Fazlon
- Yoqut Ibn Abdullo
2.O‘rta asrlarda (V asrdan XVI asr oxirigacha) xitoy, arab va eron sayyohlarining O‘rta Osiyo tabiati haqidagi ma‘lumotlari. O‘rta Osiyo geografiyasiga oid bilimlarning takomillashib borishida o‘rta asrlarda yashagan mahalliy hamda arab, xitoy sayyoh olimlari ishlarining ahamiyati katta.
O‘lka hududi tabiati haqidagi geografiyaga oid bilim va tasavvurlarning rivojlanishida xitoy sayyohi Syuan Szyan, O‘rta Osiyoda yashagan arab va eron sayyohlari Ibn Xurdodbeh, Ibn Rustod, Al Ma‘sudiy, Ibn Fazlon, Istaxriy, Ibn Xavqal, Yoqut, Ibn Batuta va boshqalarnimg qoldirgan ma‘lumotlari ahamiyatga molikdir. Geografiyaga oid bilimlarning takomillashib borishida 629— 645 yil O‘rta Osiyo bo‘ylab sayohat qilgan Xitoy geografi Syuan Szyan, asarlarining ahamiyati katta. U Chuv vodiysi, Issiqko‘l, Shimkent, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termiz shaharlari, Tyanshan, Pomir tog‘larini o‘rganadi va qnmmatli geografik asar yozadi. Syuan Szyan o‘zi ko‘rgan hududlar tabiati haqida, xususan, Issyqko‘lni tasvirlab, uni uzunligi, shakli, unga quyiluvchi daryolar, uning atrofndagi tog‘lar haqida ma‘lumot beradi. Arab sayyohi Ibn Xurdodbehning «Masofalar va mamlakatlar kitobi» da O‘rta Osiyo geografiyasiga oid ma‘lumotlar mavjud. Bu asarda Xurdodbeh o‘lka suvlari, xususan, Amudaryo va Sirdaryo haqida yozib, bu daryolar Kurdor ko‘liga («Kurdor» Orolmi yoki Kaspiy ko‘limi noma‘lum) quyiladi deb ko‘rsatadi. Shuningdek, u Zomin, Xovos, Shosh (Toshkent), Samarqand kabn shaharlar, ular orasidagi yo‘llarning masofasi haqida ma‘lumot beradi. Xorazm vohasi. Amudaryoning quyi qismi, uning deltasidagi zahkash va botqoq yerlar, u yerdagi mayda ko‘llar, Amudaryoning katta ko‘lga (Orolga) quyilish va Ustyurt chinklari haqidagi qiziqarli ma‘lumotlar arab sayyohi Ibn Rustodning geografiyaga oid asarlarida uchraydi. O‘rta Osiyo tabiati, xususan, suvlari to‘g‘risidagi haqiqatga yaqin ma‘lumotni arab sayyohi Abul Hasan Al Ma‘shudiy (X asr) asarlarida uchratish mumkin. U Amudaryo tog‘lardan boshlanib Termiz yonidan oqib o‘tib, g‘arbga qarab burilib ko‘lga quyilishini, bu ko‘lga yana bir katta daryo «Farg’ona» (Sirdaryo) kelib quyilishini, Amudaryodan bir necha kanallar orqali Xorazm vohasidagi yerlarning shug‘orilishini yozib qoldirgan. Ural daryosi, Ustyurt platosi, Quyi Amudaryo, Qizilqum cho‘li bo‘ylab sayohat qilgan arab olimi Ahmad Ibn Fazlon o‘zi ko‘rgan joylar haqida geografiyaga oid qiziqarli ma‘lumotlar bergan. Arab sayyohi va geografi Abu Ishoq Istaxriy (X asr) o‘zining «Iqlimlar kitobi»da O‘rta Osiyo geografiyasi, suvlari haqida ma‘lumot beradi. U o‘zining kitobiga 19 ta xarita ilova qilgan bo‘lib, xaritalarning 2 tasi O‘rta Osiyoga bag‘ishlangan. Unda tog‘larning yo‘nalishi, Amudaryo va Sirdaryoni Orolga quyilishi ko‘rsatilgan. Shuningdek, u Orol dengizining kattaligi, suvining sho’rligi haqida ham ma’lumot beradi. Yana bir arab sayyohi Ibn Havqal 976-yili O’rta Osiyoda bo’lib, so’ngra “Masofalar (yo’llar) va mamlakatlar kitobi”ni yozadi. Bu kitobda u o’lka xaritasini tasvirlab, unda joylashgan tog’lar, oqar suvlar, qumli yerlar, yo’llar, Buxoro, Samarqand, Shosh kabi shaharlarni aks ettirgan. O’rta Osiyo o’lkasiga bir necha bor sayyohat qilgan arab olimi Yoqut Ibn Abdullo o’zining “Mamlakatlarning alifbo tartibida royhati” nomli geografik asarini yozadi. Bu kitobda u O’rta Osiyo tabiati, aholisi, shaharlari, karvon yo’llari haqida qiziqarli ma’lumotlar keltiradi. Arab geografi Ibn Batuta Xitoyga uyushtirgan sayohatida Ustyurt orqali Xorazmga, undan Qizilqum orqali Buxoro va Samarqandga keladi. Natijada u o’zi ko’rgan yerlar, mamlakatlar tabiati, shaharlari, aholisi va tarixiy obidalari haqida ma’lumot yozib qoldiradi. 2-rasm. Arab geografi Ibn Batuta. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling