Tayanch iboralar: Antik davr, xitoy, eron, arab sayyohlari, mahalliy olimlar, temuriylar davri, rus olimlari, xx-asrning ikkinchi yarmi, mustaqillik yillari
Download 1.66 Mb.
|
Geografiya tarixi . Toshxo\'jayev J
- Bu sahifa navigatsiya:
- Genrix III
- Zahriddin Muhammad Bobur
- Hofiz Tanish
- Bekovich-Cherkasskiy
- D.Gladishev va I.Muravinlar
Hofizi Abru ham temuriylar davrida deyarli yarim asr mobaynida O’rta Osiyo va unga yondosh hududlar tarixi, geografiyasi, madaniyatini o’rgangan olimdir. U “Ulug’ amir” xizmatida ishlagan davrida o’lkaning ko’p joylarida, shahar va qishloqlarida bo’lgan. Hofizi Abru (Hirotda tug’ilgan) asarlarida Movarounnahrning tabiati, xo’jaligi, shaharlari, shuningdek, o’lkaning geografik o’rni, chegaralari, iqlimi, daryolari, hususan, Amudaryo, Sirdaryo, Murg’ob haqida qiziqarli ma’lumotlar berilgan.
O’rta Osiyo geografiyasiga oid qiziqarli ma’lumotlar Kastiliya qiroli Genrix III ning elchisi sifatida kelgan Ryum Gonzales de Kalavixoning “Buyuk Temurlang tarixi” asarida uchraydi. U Temur saltanatining tarixi, xalqlari, kuch-qudrati, urf-odati, tabiati haqida ma’lumotlar beradi. Klavixo Qizilqum tabiati, hususan, relyefi haqida yozib, undagi barxanlar, do’ng qumlarning vujudga kelishida shamollarning ishtiroki borligi haqida fikr yuritadi. Shuningdek, u Badaxshon tog’lari, u yerdagi qailma boyliklar haqida ma’lumot beradi, Amudaryo, Murg’ob daryolari gidrologiyasiga oid tavsif ham qoldiradi. Temuriylar davrida yashagan Xuroson Hokimi Shohruh hukumdorligi davrida Xitoyga elchilar tarkibida yuborilgan G’iyosiddin Naqqosh o’zi bosib o’tgan hududlar, hususan, o’lkaning sharqiy qismi, tabiati, tarixi, aholisi va shaharlari haqida “Xitoy tarixi” asarida boy ma’lumotlar qoldirgan. Temuriylar davridagi yana bir mashhur olim va sayyoh Abdurazzoq Samarqandiydir. U A.Nikitindan deyarli yarim asr oldin Hindistonga elchi sifatida bo’rib, uning tabiati, tarixi haqida qimmatli ma’lumotlar qoldirgan. Olimning O’rta Osiyo geografiyasiga oid ma’lumotlari, hususan, Qoraqum va Qizilqum hamda Zarafshon voxasi tabiati, uning o’simlik va hayvonot dunyosi haqidagi ma’lumotlari e’tiborga loyiqdir. Jahon tan olgan mashhur astronom, tabiatshunos olim, ma’rifatparvar shoh Mirzo Ulug’bek o’lka tabiiy geografiyasining rivojiga salmoqli hissa qoshgan. U Samarqand shahrida “Fanlar Akademiyasi”ni tashkil etib, unga o’z davrining mashhur olimlarini yig’di. Ular orasida Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid, Ali Qushchi kabi tibbiyot ilmining namoyondalari bor edi. Ulug’bek madrasa, rasadxona qurdirish bilan birga, qator asarlar yozib qoldirdiki, ular ichida bizgacha yetib kelgani “Tarixi arbai ulus”(“Tort ulus tarixi”) va “Ziji Kuragoniy”(“Ulug’bek ziji”, yani astronomik jadval) kitoblaridir. “Ziji Kuragoniy” astronomiyaga bag’ishlangan bo’lsa-da, unda O’rta Osiyo haqida qimmatbaho geografik ma’lumotlar mavjud. Asarda jahondagi 570 ta shaharning, jumladan, O’rta Osiyodagi bir qator shaharlarning koordinatalari berilgan. Samarqanddagi rasadxonada Yer shari globusi bo’ylab, unda iqlim mintaqalarining chegaralari, tog’lar, cho’llar, dengizlar va daryolar ko’rsatilgan. Ulug’bek shogirdlari ichida eng istedodlisi Ali Qushchidir. U o’z davrining Ptolomeyi hisoblanib, Ulug’bek vafotidan so’ng Eron, Turkiya kabi yurtlarda astronomiya, matematika, geografiyaga oid kuzatishlar olib brogan. U 10 meridian yoyning uzunligini aniqlab, ekvator uzunligini o’lchagan, Yerning harakati, Quyosh va Oy tutilishi sabablarini ilmiy asosda isbotlab bergan. O’rta Osiyoda “Geografiya” fanining rivojiga juda katta hissa qo’shgan Temuriylar sulolasining yana bir vakili Zahriddin Muhammad Boburdir. U tarixchi, geograf, etnograf, mashhur shoir va adolatli shoh bolgan. U o’zining ko’rgan, kuzatgan boy ilmiy dalillari asosida chiqargan xulosalarini “Boburnoma” asarida jamlagan. Bobur Farg’ona, Zarafshon vodiylarini, Toshkent vohasini bir necha bor kezgan, G’arbiy Tyanshan, Turkiston, Zarafshon, Oloy-Hisor tog’ tizmalarida bo’lgan, u yerdagi vodiylar, daryolar, muzliklarni o’z ko’zi bilan ko’rgan, o’simlik va hayvonot dunyosi hayotini o’rgangan va “Boburnoma” asarida ular haqida boy ma’lumot qoldirgan. Bobur o’zining “Boburnoma” geografik asarida O’rta Osiyoda bo’lib turadigan zilzilalarni, relyefini, iqlimini ilmiy ravishda bayon etish bilan birga geografiyada taqqoslash usulidan mohirona foydalangan. 6-rasm. Zahriddin Muhammad Bobur. Bobur “Geografiya” fanining ko’p qirralarini yoritishda katta hissa qoshgan. U biror hududga ta’rif berayotganda geografik izchillikga katta e’tibor bergan. “Boburnoma” da Farg’ona vodiysining tavsifida avval uning O’rta Osiyoda tutgan o’rni, kattaligi, relyefi, foydali qazilmalari, iqlimi, o’simlik va hayvonot dunyosiga ta’rif berib, so’ngra shaharlari, aholi yashaydigan joylari, ular orasidagi masofa, xo’jaligi, mashhur kishilari haqida yozadi. Bobur iqlimshunos sifatida “Boburnoma” da o’lka iqlimi haqida qimmatli ma’lumotlar qoldirgan. U “Boburnoma”da Farg’ona viloyati beshinchi iqlimda joylashganligini, Farg’ona vodiysiga shamollar g’arbdan kelishiga ishora qilib, yog’inning kam tushishiga, atrofi tog’lar bilan oralganligi tufayli nam havo massalarining kirib kela olmasligi sabab bo’lishligini tushuntiradi. Bobur birinchilar qatorida geografiyada taqqoslash uslubiga asos solgan. U “Boburnoma”da Samarqand va Qobul tabiatini bir-biriga quyidagicha taqqoslaydi: “Samarqand qishi mahkam, sovuqdir, qori agarchi Qobul qoricha tushmas. Yozlari yaxshi, havosi bor, agarchi Qobulcha yo’qdir”. “Qobul havosidan havoliq yer olamda ma’lum emaskim, bulg’ay. Yozlarda kechalari po’stinsiz yotib bo’lmas, qishlar agarchi qori aksar ulug tushar, vale mufrit sovug’i yo’qdir. Samarqand va Tabriz ham hushhavolikka mashhurdir, vale mufrit sovuqlari bordur”. Shuningdek, u o’lka tabiiy va madaniy o’simligi, hayvonlari haqida jonli va ishonarli ma’lumotlar beradi. Bobur o’z asarida gidrolog olim sifatida ham qimmatli ma’lumotlar beradi. U Sirdaryo haqida shunday yozadi: “Sayxun daryosikim, Xo’jand suyig’a mashhurdir, sharq va shimoliy tarafidan kelib bu viloyatning ichi birla o’tib, g’arb sari oqar”. Bobur qomuschi olim sifatida O’rta Osiyo tarixi, etnografiyasi sohasida ham qiziqarli ma’lumotlar qoldirish bilan birga tilshunos sifatida ham mashhurdir. R.Rahimbekovning yozishicha “Boburnoma” o’zbek geografik terminologiyasi va toponimikasi jihatidan katta ilmiy xazinadir. XVI asrda shayboniylar hukmdorligi davrida o’lka geografiyasiga oid ilmiy asarlar yaratish ikki yo’nalishda davom etdi. Birinchi yo’nalishga-asli O’rta Osiyolik bo’lib, shayboniylar taqibi ostida boshqa yurtlarga ketib o’lka tabiati haqida qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirgan Zahriddin Muhammad Bobur va Haydar Mirza, ikkinchi yo’nalishga esa shu hududda yashab o’lka tabiati haqida qiziqarli ma’lumotlar qoldirgan Mahmud G’ijduvoniy, Otamish Hoji, Xofiz Tanish Buxoriylar kiradilar. O’rta Osiyo geografiyasining rivojiga ma’lum darajada hissa qo’shganlardan biri Toshkent hokimi Husayn Ko’ragon oilasiga mansub bo’lgan Muhammad Haydar Mirzadir. U shayboniylar zulumidan qochib vatanini tark etib, avval Qashg’arda, Mog’ilistonda so’ngra Hindiston va Kashmirda ijod qilgan. Haydar Mirza “Tarixi Rashidiy” degan mashhur asarini yozgan. Bu asarda O’rta Osiyo va unga chegaradosh hududlarning tabiati, hususan, orografiyasi, iqlimi va suvlari, aholisi haqida ancha teran ma’lumotlar yo’ritilgan. U o’z asarida Mog’uliston xonligiga qaragan Markaziy Tyanshanning bir qismi, o’lkaning shimoli-sharqiy (Yettisuv) qismining tabiati va aholisi haqida qimmatli ma’lumotlar bergan. Haydar Mirza Tyanshan tog’ tizimining haqiqatga yaqin orografik tuzilishi haqida ma’lumot beradi. Vaholangki, Haydar Mirzadan 300 yil keyin yashagan A.Gumbolt va K.Rixtgfen kabi mashhur olimlar O’rta Osiyoning sharqiy qismida meridional yo’nalishga ega bo’lgan “Bolar” tog’ tizmasi bor deb notog’ri ma’lumotlar yozib qoldirganlar. Muhammad Haydar Mirza “Tarixi Rashidiy” asarida Balxash va Issiqko’l haqida ham ma’lumot berib, Balxash ko’lining bir qismi suvining chuchukligini, Issiqko’lning oqmasligini, atrofi tog’lar bilan o’ralganligini yozib qoldirgan. Shayboniylar hukmronligi davrida yashagan Mahmud G’ijduvoniy “Ilm toliblarining kalidi” degan asarida Xorazm tabiati, hususan, Amudaryoning muzlab qolishini, yozda suvning ko’payishini, uning o’ng qirg’og’idan chap qirg’og’iga qayiqlarda suzish mumkinligini yozgan. Shuningdek, u Qoraqum, Kaspiy dengizi, Mang’ishloq yarim oroli tabiati haqida, o’lkaning o’sha davrdagi katta shaharlari Buxoro, Samarqand, Ashxabod kabilar aholisi, urf-odatlari haqida ham ma’lumotlar bergan. Buxorolik tarixchi, geograf Hofiz Tanish o’zining “Abdullanoma” nomli asarida Movarounnahr va Dashti Qipchoq tabiati haqida qisman bo’lsa-da ma’lumotlar yozib qoldirgan. 5.O‘rta Osiyo tabiatini (XVII asrdan hozirgi kungacha bo’lgan davrlarda) rus olimlari va O’rta Osiyolik olimlar tomonidan o‘rganilishi. XVII-asrdan boshlab ruslar tomonidan O‘rta Osiyo o‘lkasini o‘rganishga kirishiladi. Ularning asl maqsadi o‘lka tabiiy sharoitini o‘rganish maqsadida, bu hududda joylashgan Xiva xonligi, Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligining davlat sirlarini hamda qanday boyliklari, arzon xom-ashyolari borligini bilish edi. 1715-1717 yillarda Bekovich-Cherkasskiy boshchligidagi ekspeditsiya Kaspiy dengizi, Amudaryoning Uzboy o‘zani, Ustyurt orqali Xivaga keladi. Bu harbiy ilmiy safarni Xo’ja Nafas boshlab keladi. Ilmiy safarning asl maqsadi Xiva xonligining harbiy qudratini bilish edi. Ilmiy safar ishtirokchilari yo’l-yo’lakay Mang’ishloq yarim oroli, Uzboy o’zani, Ustyurt, Quyi Amudaryo tabiatini ham o’rganadi. 1740-1743 yillarda D.Gladishev va I.Muravinlar Xiva xonligining aholisi, siyosiy ahvoli, savdo munosabatlari haqida ma’lumot toplaydi hamda Orol dengizining qirg’oqlari va Sirdaryoning quyi qismi geografik xususiyatlarini o’rganadi. Buxoro amirligiga asir tushgan rus ayg’oqchisi Filipp Efremov 1774-1782 yillari Qoraqum, Qizilqum cho’llari, Zarafshon va Farg’ona vodiylarida bo’ladi. Bu davrda u mahalliy xalqlar tilini, urf-odatlarini o’rganib, hudud tabiati, aholisi, tarixi tog’risida “9 yillik sayohat” nomli asarida ma’lumotlar beradi. 1794 yili T.S.Burnashev boshchiligidagi ekspeditsiya Qizilqum cho‘li va Zarafshon vodiysining qo‘yi qismini o‘rganadi. Orol dengizi chuqurligini, qirg‘oq tuzilishini va undagi mavjud bo‘lgan kichik-kichik orollarni o‘rganishda 1849 yilda tashkil etilgan A.I.Butakov boshchiligidagi Orol ekspeditsiyasining ahamiyati katta. Rossiya XIX asrning ikkinchi yarimiga kelib boy xom-ashyo manbalariga ega bo‘lgan O‘rta Osiyo o‘lkasini bosib olish uchun o‘z yurishini boshladi. Natijada shafqatsiz qirg‘inlar hisobiga, 1853 yili Qo‘qon xonligiga qarashli Oqmachitni (hozirgi Qizil O‘rdani), 1864 yili Chimkentni, 1865 yili 17 mayda mahalliy xalqning qattiq qarshiligiga qaramasdan Toshkent va nihoyat, 1868 yil 2-may kuni esa, Samarqandni qo‘lga kiritdi. So‘ngra esa, asta-sekin O‘rta Osiyoning boshqa qismlarini ham egallab oldi. Rossiya bu o‘lkani bosib olgandan keyin, uning tabiiy sharoitini o‘rganish va tabiiy boyliklarini qidirib topish uchun qator ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirishga e’tibor berdi. Shu maqsadda P.P.Semenov-Tyanshanskiy, A.P.Fedchenko, I.V.Mushketov, L.S.Berg va boshqa olimlar boshchiligida qator ekspeditsiyalar tashkil etildi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling