Tayanch iboralar: Antik davr, xitoy, eron, arab sayyohlari, mahalliy olimlar, temuriylar davri, rus olimlari, xx-asrning ikkinchi yarmi, mustaqillik yillari


O‘rta asrlarda (V asrdan XVI asr oxirigacha) O‘rta Osiyo tabiatini mahalliy qomusiy olimlar tomonidan o‘rganilishi


Download 1.66 Mb.
bet3/7
Sana21.01.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1105768
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Geografiya tarixi . Toshxo\'jayev J

3.O‘rta asrlarda (V asrdan XVI asr oxirigacha) O‘rta Osiyo tabiatini mahalliy qomusiy olimlar tomonidan o‘rganilishi. O‘lkada geografiyaga oid bilimlarning IX — XII asrlarda rivojlanishida dunyoga mashhur qomuschi olimlarning yozib qoldirgan ilmiy jihatdan ancha puxta asarlarining ahamiyati juda kattadir. Ular Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Ahmad Fargoniy, Abu Abdullo Muhammad ibn At Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Bakr Narshaxiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Koshg‘ariy va boshqalardir.
O‘rta Osiyoda tabiiy fanlarning, shu jumladan geografiya fanining ravnaqida ilk fanlar akademiyasini tashkil etgan atoqli matematik, astronom va geograf Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning xizmati bebahodir. U tabiiy fanlarga oid ko‘plab asarlarning muallifidir. Shular ichida geografiyaga oid «Yerning tasviri» («Sur’at al-arz») kitobi diqqatga sazovordir. Bu asar «Xorazm geografiyasi» nomini olib, unda Yer kurrasidagi 537 ta nuqtaning, shu jumladan, 200 dan ortiq tog‘larning ta‘rifi berilgan. Shuningdek, bu asarda mamlakatlar, okean va dengizlar, daryo va ko‘llar, shaharlar kabi geografik obyektlar aniq koordinatalar tizimi berilgan hamda tabiati tasvirlangan. Ulardan tashqari Xorazmiy meridian yoyininig bir darajasi 111,8 km ga teng ekanligini ham aniqlagan. Bu jahonshumul yangilik hisoblanadi, Muso Xorazmiyning yuqorida qayd qilingan xizmatlarini hisobga olib H. Hasanov IX— X asrlarni qamrab olgan va «O‘rta Osiyo geografiya» fanining tug‘ilish davri «Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy Balxiy gaografiya maktabi» davri deb ataydi. Tom ma‘noda Xorazmiy O‘rta Osiyo geografiyasining asoschisidir.

3-rasm. Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy.
O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasining ravnaqiga o‘lkan hissa qo‘shganlardan biri buyuk sayyoh, astronom va geograf Ahmad Farg‘oniydir. U o‘zining buyuk asari «Astronomiyaga kirish» («Madhal annujum») da Yerning sharsimonligini dalillar bilan isbotlab, o‘lka geografiyasiga oid juda muhim ma‘lumotlar qoldirgan. U Oy va Quyosh tutilishini yer yuzining turli nuqtalarida turlicha bo‘lishi sabablarini ko‘rsatgan. Ahmad Farg’oniy astronomiya, geodeziya va geografiyaga oid o‘lchov asboblarini, xususan, daryo suv miqdorini o‘lchaydigan asbob («Miqyosi jadid» yoki «Nilomer») ni yaratgan.
O‘lka tabiiy geografiyasiga oid nazariy bilimlarning takomillasuvida vatandoshimiz «Sharq Arastusi» deb shuhrat qozongan qomusshunos olim Abu Nasr Forobiyning xizmati buyukdir. U astronom, matematik, tabib, faylashuf, musiqashunos, geograf olim sifatida dunyoga tanilgan. Forobiy tabiiy va ijtimoiy fanlarga oid 160 dan ortiq asar muallifidir. U «Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi» kitobida tabiat haqidagi fan boshqa barcha ta‘limiy fanlardan boy va ko‘lami keng deb ko‘rsatadi. Shuningdek, Forobiy moddiy dunyoning to‘rt «ildizi» — olov, havo, suv va yer mavjudligi haqida fikr yuratadi. Bu esa hozirgi zamon geografik qobiq unsurlari litosfera, gidrosfera, atmosferaga mos keladi.
Forobiy tabiatshunos olim, sayyoh sifatida O‘rta Osiyo o‘lkasini kezib chiqib, geografiyaga oid juda qiziqarli ma‘lumotlar qoldirgan. Xususan, u Sirdaryo vodiysini bir necha marta aylanib chiqqan.
O‘lka tabiatini o‘rganish tarixida alloma Abu Bakr Narshahiyning xizmatlari kattadir. U o‘zining «Buxoro tarixi» kitobida Buxoro shahrining tarixini bayon etishdan tashqari Movarounnahrning ob-havosi, iqlimi, suvlari, o‘simlik va hayvonlari haqida qiziqarli ma‘lumotlar beradi. Bular orasida Amudaryo, Zarafshon daryolari haqidagi ma‘lumotlar o‘zgachadir. Zarafshon daryosini Xaramkom deb ataydi va u to‘g‘risida quyidagi ma‘lumotlarni beradi: Haramkom suvi Baykentgacha (hozirgi Yakkatut temir yo‘li yaqinidagi qadimiy shahar) oqib boradi, so‘ngra to‘qayzor va ko‘llarga (Qorako‘l) tutashib ketadi. Buxoro (Zarafshon) suvining ortiqchasi ham o‘sha ko‘lga yig‘iladi. Bu ko‘lda suv hayvonlari yashaydi. Shuningdek, Narshahiy Amudaryo Turkistonning eng katta daryosi bo‘lib, o‘ta loyqa deb yozadi.
O’rta Osiyo o’lkasi haqidagi qiziqarli geografik ma’lumotlar muallifi, nomi noma’lum bo’lgan olim tomonidan X asr oxirida (983 yili yozilgan) “Sharqdan g’arbgacha olamning chegarasi” (“Hudud al olam min mashriq ila mag’rib”) asarining ahamiyati katta. Muallif bu qo’lyozmasida Yevrosiyoga geografik tavsif berib, uning chegaralari, dengiz va qo’ltiqlari, daryo va ko’llari, orol va yarim orollari, tog’ va vodiylari, cho’llari haqida qiziqarli ma’lumotlar yozib qoldirgan. Bu asarda Movarounnahr haqida, hususan, o’lka hududini quyidagi viloyatlarga ajratib, ularga geografik ta’rif bergan: Xalluh viloyati (o’z ichiga Farg’ona vodiysini oladi), O’g’izg’uz va Jikal viloyati (unga janubi-sharqiy Qozog’iston va Qirg’iziston hududlari kirgan), Xifchoq viloyati (unga G’arbiy Qozog’iston), Turk viloyati (Sirdaryoning o’ng sohili kirgan), Movarounnahr va Xuroson viloyati. Bulardan tashqari olim bu asarda O’rta Osiyo daryolariga tavsif berib, ularning qaerdan boshlanib, nimalardan suv to’plab, qayerga borib quyilishini bayon etadi. “Sharqdan g’arbgacha olamning chegarasi” deb ataluvchi bu asarda yana Movarounnahrning chegaralari, relyefi, iqlimi, suvlari, qazilma boyliklari, aholisi va uning mashg’uloti, shaharlari, suv inshoatlari, xo’jaligi va savdo yo’llari haqida qiziqarli ma’lumotlar bor. Masalan, ushbu asarda Samarqand shahriga quyidagi ta’rifni beradi, “Samarqand-buyuk, obod va ne’mati bisyor shahar. Bu yerga dunyoning hamma mamlakatlaridan savdogarlar keladi. Bozorlarning timlarida qo’rg’oshin naychalar ichida tog’dan oqizib keltirilgan suv oqadi. Samarqandda qog’oz ishlanadi va butun dunyoga chiqariladi” yoki “Qot-Xorazmning poytaxti haqida Turk g’uzlariga o’tadigan darvoza..Bunda yostiq jildi, chopon, namat va boshqa narsalar ishlanadi” kabi ma’lumotlar mavjud.
O’rta Osiyo tabiatini geografik o’rganish tarixida buyuk qomusshunos olim Abu Rayhon Beruniyning xizmatlari juda kattadir. Beruniy fizika, astronomiya, matematika, geografiya, iqlimshunoslik, umumiy geologiya, mineralogiya, geodeziya, kartografiya, etnografiya, botanika, tarix, adabiyot va boshqa fanlarning rivojiga katta hissa qo’shgan, o’sha fanlarga bag’ishlangan 150 dan ortiq asar yozgan buyuk allomadir. Uning “Hindiston”, “Kartografiya”, “Geodeziya”, “Minerologiya”, “At-tafhim”, “Saydana”, “Qonun Ma’sudiy” nomli asarlari diqqatga sazovordir. Beruniyning dunyo faniga, hususan geografiya fanining rivojiga qo’shgan fikrlaridan biri Yerning shakli va o’lchami haqida haqiqatga yqin ma’lumot berganligidir. U 10 meridian yoyining uzunligi 110,275 km.ga teng ekanligini aniqlab, Yer meridian aylanasining uzunligi 40183 km (hozirgi hisobda 40008,5 km) ekanligini, Yer g’arbdan sharqqa qarab o’z o’qi atrofida aylanishini isbotlab berdi. Shuningdek, Beruniy dunyoda birinchi bo’lib, N.Kopernikdan 550 yil oldin Quyosh Yer atrofida emas aksincha, Yer Quyosh atrofida aylanadi deb geliotsentrik nazariyaga asos soldi. Uning tabiiy geografiya sohasidagi buyuk kashfiyotlaridan yana biri dunyoda birinchi bo’lib Martin Bexaymdan 500 yil avval, yani 995 yili globus yaratib Amerika qita’sining mavjudligini bashorat qilganidir. Bu globusda meridian va parallellar mavjud bo’lib, ular yordamida ma’lum geografik ob’ektning koordinatalarini anqlash mumkin. Shuning uchun H.Hasanov (1964) haqli ravishda “Beruniy asarlarining o’rta asr geografik tasavvurlarining rivojlanishidagi benihoyat katta ahamiyatini hisobga olib, O’rta Osiyodagi XI-XII asrlar geografiyasini “Beruniy davri geografiyasi”deb atash mumkin” deb yozadi. Bu fikrning tog’riligini taniqli Amerikalik olim Sartonning jahon fanining XI asrning ikkinchi yarmidagi rivojlanish bosqichini Beruniy davri deb atalganligi to’la tasdiqlaydi.

4-rasm. Abu Rayhon Beruniy.
Beruniy o’lka tabiati haqida qiziqarli ma’lumotlar qoldirgan. U Qizilqum va Qoraqumning relyefi, geologik o’tmishi, daryolarining tentirab oqishi (migratsiyasi), o’lkaning paleografiyasi haqida fikr yuritadi. Beruniy “Geodeziya” asarida Orol ko’lining kelib chiqish tarixi, Kalif Uzboy Amudaryoning qadimiy o’zani ekanligi haqida ham ma’lumotlar beradi.
Beruniy “Iqlimlarning taqsimlanishi haqida” nomli kitobida ob-havo omillari (geografik o’rni, relyefi, shamollari) va unsurlari (harorati, yog’inlari) haqida tog’ri fikr yuritib, yog’inning yozda kam, qishda va bahorda ko’p, tekislika kam, tog’ga ko’p yog’ishini yozib qoldirgan. Beruniy “Kartografiya” va “Geodeziya” asarida joylarning koordinatalarini aniqlash usullarini ko’rsatib dunyodagi bir qancha shaharlarni, jumladan, o’lkadagi katta shaharlarning (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qot) kengligi va bir-biridan uzoqligi haqidagi ma’lumotni berganki, bu hozirgi aniq hisoblardan deyarli farq qilmaydi. Olimning “Mineralogiya” asarida mineral va organik birikmalarni aniqlash usullari, rangi, qattiqligi, shuningdek, ushbu hududda uchrovchi minerallar, qimmatbaho toshlar haqida ma’lumotlar bergan. Beruniyning “Dorivor o’simliklar haqida kitob”(“Saydana”)ida O’rta Osiyo hududida o’suvchi dorivor o’simliklarning joylashishiga doir qimmatli ma’lumotlar bayon etiladi.
Beruniy Qizilqum, Qoraqum va Quyi Amudaryo (Kalif Uzboy) tabiati va uning rivojlanish tarixi haqida quyidagi fikrlarni bildiradi: butun yer yuzasi tabiatida bo’lgani kabi Qizilqum, Qoraqum va Amudaryo vodiysi tabiati geologik o’tmishi tarixida doimo o’zgarish, rivojlanishlar sodir bo’lib, suvlik bilan quruqlik almashinib turgan; Qizilqum va Qoraqum cho’llarida suvda yashovchi hayvonlar qoldiqlarining uchrashi, bu hududlar qadimda dengiz suvi ostida bo’lganligidan dalolat beradi. Bu o’zgarishlar esa Yerning ichki va tashqi kuchlari ta’sirida sodir bo’lgan, natijada daryolar tentirab oqqan. Qizilqum va Qoraqumning ko’p qismi Amudaryoning tentirab oqishi tufayli vujudga kelgan yotqiziqlardan tashkil topgan allyuvial tekislikdir. Suv oqimining geologik ishini Amudaryo misolida tahlil qilib, “Daryo o’zanida oqizilayotgan yotqiziqning kattaligi va suv oqimining tezligiga tog’ri proporsional” ekanligini isbotlaydi. Keyinchalik olimlar bu holatni “Beruniy qonuni” deb atashadi.
Yuqorida qayd qilinganlardan ko’rinib turibdiki, Beruniy O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi va dinamik geologiyasi haqida chuqur bilimga ega bo’lgan buyuk tabiatshunos olimdir.
O’rta asr tibbiyot ilmining buyuk vakili Abu Ali Ibn Sino O’rta Osiyo o’lkasi tabiatini o’’rganishda alohida o’rin tutadi. U o’lkadagi yirik relief shakillari hisoblangan botiq, tekislik va tog’larning vujudga kelishida tashqi va ichki kuchlarning ta’siri haqida fikr yuritgan. Ibn Sino minerallarni quyidagi 4 guruhga – toshlar, metallar, oltingugurtli yonuvchi jinslar va tuzlarga ajratgan. U qimmatbaho toshlarning xususiyatlarini ham tavsiflab bergan.
O’rta Osiyo tabiatini geografik o’rganish tarixida qomuschi va turkshunos olim Mahmud Qoshg'ariyning xizmati katta. U o’zining “Devonu lug’otit turk” asarida O’rta Osiyo va unga tutash hududlarda aholi yashovchi joy nomlari keltirilgan va izohlangan hamda o’sha joylarda yashovchi qabilalar haqida geografiyaga oid ma’lumotlar bergan. Asarda dunyo xaritasi berilgan bo’lib, unda Oloy, Turkiston, Zarafshon, Farg’ona, Chotqol, Talas tog’ tizmalari, Qoraqum, Surxon-Vaxsh vodiysi o’z aksini topgan. Mahmud Qoshg’ariy O’rta Osiyo o’lkasining deyarli ko’p qismini o’zi kezib chiqib ko’rgan hamda eshitgan ma’lumotlarni to’plab “Devonu lugatit turk” asarida bayon etgan. Olimning tavsificha, o’lka yer yuzasi ikki qismdan-tog’lik va tekslikdan iborat. Tog’lik qismiga hozirgi Qirg’iziston, qisman Qozog’iston va Qashg’ar hududlari kiritilgan. Muhimi u hozirgi zamon tabiiy geografiyasida qo’llanilayotgan atamalar-ariq, bulut, yoz, yomg’ir, kuz, ko’l, sel, suv, suvloq, tuman, o’ng’ir, qayir, qir, qo’ltiq, qum kabilarga izoh ham bergan.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling