Tayanch iboralar


Download 53.24 Kb.
Sana10.07.2020
Hajmi53.24 Kb.
#123464
Bog'liq
maruza (3)


3-MAVZU: TA`LIMDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR

Reja:


1.Pedagogik texnologiya moxiyati

2.Pedagogik texnologiya turlari

3.Interfaol metodlar mazmuni va ularning kullanilishi

Tayanch iboralar:texnologiya,pedagogik texnologiya, avtoritar texnologiya, shaxsga yunaltirilgan texnologiya, muammoli utsitish texnologiyasi, uamkorlikda utsitish texnologiyasi, uyin texnologiyasi, masofali ta`lim texnologiyasi, interfaol metod, interfaol ta`lim.

1.Pedagogik texnologiya moxiyati

Pedagogik texnologiya tushunchasi XX asrda paydo buldi va 1940-1950 yillarda “ta`lim texnologiyasi” tarzida kullanilib, mazmunan ukuv jarayonida audiovizual texnika vositalaridan foydalanishni anglatgan. Atama dastlab AKЩda kullana boshladi. Keyinchalik “ta`lim texnologiyasi” urniga “dasturlashtirilgan ta`lim” atamasidan foydalanish keng yoyildi. Sungra pedagogik texnologiya- loyixalashtirilgan ta`lim va anik maksadga karatilgan ukuv jarayonini ifoda eta boshladi. Utgan asrning 80-yillarida pedagogik texnologiya kompyuterli va axborot texnologiyalari bilan sinonim tarzda ishlatila boshladi. Keyingi un yilliklarda pedagog olimlar va ukituvchilar dikkatini jalb kilgan masalalardan biri pedagogik texnologiya xisoblanadi. Bu mavzuning ilmiy ishlarda, xisobotlarda, maxsus davriy nashrlarda kizgin urganilayotganligi, baxs-munozaraga sababchi bulayotganligi xam ta`lim-tarbiyada uning urni nakadar muximligiga guvoxlik beradi.

Pedagogik texnologiya tushunchasiga dastlab ukuv jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish sifatida karalgan. Utgan asrning 70- yillariga kelib pedagogik adabiyotlarda bu tushuncha moxiyati tamoman yangicha talkin etila boshlandi. Yapon olimi Sakamoto pedagogik texnologiya tushunchasiga “ukuv texnologiyasi - ukuv jarayonining samaradorligini ta`minlovchi yul-yuriklar bilan boglik bilimlar majmuasidir” deya yangi ta`rif berdi.

Ilmiy-texnikaviy tarakkiyot jadallashuvi jarayonida pedagogik texnologiya mustakil fanga aylandi. X,ar bir mustakil fan uz moxiyatiga kura, uning nazariy asoslarini tashkil etuvchi tamoyillarga ega buladi. Pedagogik texnologiyamaksadi, vazifasi, tarkibi va mazmuniga kura, ilmiylik, loyixalash, tizimlilik, yunaltirilganlik, faoliyatli yondashuv, boshkaruvchanlik, kuzatuvchanlik, natijaviylik, kayta takrorlanuvchanlik, tejamlilik kabi prinsiplarga asoslanadi. Pedagogik texnologiyatayanadigan prinsiplarda pedagogika va texnologik fanlarning yutuklari mujassamlashgan. Pedagogik

texnologiyakurinishidagi mazkur tamoyillar majmuasi uzining anikligi, isbot talab kilmasligi, amaliyligi tufayli yukori malakali kadrlar tayyorlashda kutilgannatijalarni beradi.

Avvalo, nega bugunga kelib pedagogik texnologiyaga kizikish shunchalik kuchaydi, degan savol tugiladi. Aytish mumkinki, rivojlanayotgan davlatlarda, odatda, birinchi navbatda, pedagogik texnologiyaga ta`lim soxasidagi siyosatning bosh vazifasi sifatida karab kelingan. Bunday yondashish YuNESKO tomonidan xam ma`kullandi va 1972 yilda “Ta`limni rivojlantirish masalalari” buyicha Xalkaro Komissiya tashkil topdi. Bu komissiya zamonaviy texnologiya-ta`limni modernizatsiyalashda xarakatlantiruvchi kuchdir, deb baxoladi.

Pedagogik texnologiya - ilmiylikka asoslangan xolda vakt va makonga nisbatan dasturlashtirilgan,muayyan belgilangan natijaga olibkeluvchi, pedagogik jarayonlarga oid komponentlarning barchasini birdek ishgasola oluvchi tizim (Pedagogik ensiklopediya).

Texnologiyayunoncha ikki suzdan - “texnos” (techne) - mayorat, san`at va «logos” (logos) - fan, ta`limot suzlaridan tashkil topgan.

Texnologiya deganda, sub`ekt tomonidan ob`ektga kursatilgan ta`sir natijasida sub`ektda sifat uzgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya xar doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalanib, ob`ektga yunaltirilgan maksadli amallarni muayyan ketma- ketlikda bajarishni kuzda tutadi. Ushbu tushunchalarni ukuv jarayoniga kuchiradigan bulsak, pedagogning ukitish vositalari yordamida ta`lim oluvchi-talabalarga muayyan sharoitlarda kursatgan tizimli ta`siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bulgan va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy xodisa, deb ta`riflash mumkin. Ta`riflar nazariyasi buyicha bunday ijtimoiy xoidisani pedagogik texnologiya, desa buladi.

Mustakillikka erishgan Uzbekiston olimlari xorijiy mamlakatlar bilan iktisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ilmiy-ma`rifiy alokalar urnata boshladilar. Natijada yurtimizga ilFor va samarali texnologiyalar kirib kela boshladi. Shular katorida, jaxondagi progressiv pedagogik texnologiya degan tushunchalar xam kirib, pedagogik jamoatchiligimiz fikrini chulFab oldi. Oxirgi yillarda, Rossiya bilan Uzbekistonda pedagogik texnologiyani urganish yulida ancha ishlar kilindi. Shu jumladan, Uzbekiston olimlari bilan xamdustlik davlatlari urtasida xam pedagogik texnologiyalarning loyixalarini tuzish buyicha ancha ishlar kilindi.

Pedagogik texnologiyani ukuv jarayoniga olib kirishning zarurligini bunday mamlakatlar ichida birinchilar katorida xar tomonlama ilmiy asoslab bergan rossiyalik olim V.P. Bespalkoning fikricha, “Pedagogik texnologiyabu-pedagog maxoratiga boFlik bulmagan xolda pedagogik muvaffakiyatni kafolatlay oladigan ta`lim oluvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyixasidir”.

Rossiyalik olimlaridan biri V.M. Monaxov “Pedagogik texnologiyaavvaldan rejalashtirilgan natijalarga olib boruvchi va bajarilishi shart bulgan tartibli amallar tizimidir”, degan kiskacha ta`rifni bera turib, uning asosiy xususiyatlariga e`tiborni karatadi.

M.V.Klarin fikricha, “Pedagogik texnologiya-ukuv jarayoniga texnologik yondashgan xolda, oldindan belgilab olingan kursatkichlardan maksad kelib chikib, ukuv jarayonini loyixalashdir”.

I.Ya.Lernerning fikriga kura, “Pedagogik texnologiya-ta`lim oluvchilar xarakatlarida aks etgan ukitish natijalari orkali ishonchli anglab olinadigan va aniklanadigan maksadni ifodalaydi”.

N.F.Talizina esa uning moxiyatini “belgilangan ukuv maksadiga erishishning okilona usullarini aniklashdan iborat”, deb tushuntirdi.

Uzbekistonlik olim B.L. Farberman pedagogik texnologiyaga kuyidagicha ta`rif beradi: “Pedagogik texnologiya-ta`lim jarayoniga yangicha yondashuv bulib, pedagogikada ijtimoiy-muxandislik ongi ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart xolga soladigan, uning optimal loyixasini tuzib chikish bilan boFlik ijtimoiy xodisadir”.

Yukorida keltirilgan ta`riflardan kurinib turibdiki, utgan yillarda pedagogik texnologiya -ukuv jarayonini berilgan dastlabki ta`lim maksadi va mazmunidan kelibchikib loyixalashdir, deya ifodalandi. Bu bir jixatdan tuFri, lekin teranrok fikr yuritilsa, uning bir yoklamaligi yakkol kuzga tashlanadi yoki bunday yondashishda ta`lim oluvchi shaxsining inkor etilishi seziladi. Bu kamchilikni birinchi bulib akademik V. Bespalko paykadi va uz asarida “Pedagogik texnologiya bu pedagogik muvaffakiyatni kafolatlay oladigan ta`lim oluvchi shaxsini shakllantirish jarayonini ifodalash - loyixalashdir”, deb ta`rifladi.

Pedagogik texnologiya atamasiga xar bir olim uz nuktai nazaridan kelib chikkan xolda ta`rif bergan. X,ali bu tushunchaga tulik va yagona ta`rif kabul kilinmagan. Ushbu ta`riflar ichida eng maksadga muvofigi YuNESKO tomonidan berilgan ta`rif sanaladi.

Pedagogik texnologiya - ta`lim shakllarini optimallashtirish matssadida utsitish va uzlashtirish jarayonini inson va texnika imkoniyatlari %amda ularning uzaro ta`sirini щsobga olgan %olda yaratish, tatbits etish va anitslash tizimidir.

K,ator yillar davomida pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyoti bir-biriga boglik bulmagan xolda urganib kelindi va u turli faoliyat doirasida edi. Bugungi kunda mutaxassislarning ilmiy saloxiyatini birlashtirishga mamlakatimizda keng imkoniyatlar tugildi. Nazariya va amaliyot birligining ta`minlanayotganligini pedagogik texnologiyaning asl moxiyatini aniklashga yul ochmokda.

Bizning fikrimizcha, pedagogik texnologiyaga pedagogika fanining aloxida tarmogi sifatida karash yoki fakat ta`lim amaliyotini makbullashtirishga yunaltirilgan tizim, deb karash mumkin emas. Pedagogik texnologiya bu soxadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyat yunalishlarini aniklaydi. Bu yerda izlanishning moxiyati - pedagogik tizimni tashkil etuvchi elementlarni urganish asosida modernizatsiya kilishdan iboratdir. Sababi, xar kanday ukuv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish u yoki bu pedagogik tizimni aks ettiradi. Demak, pedagogik texnologiya - amaliyotga joriy etish mumkin bulgan ma`lum pedagogik tizimning loyixasidir.

Pedagogik tizim mouiyati nimadan iborat?

Pedagogik tizim uzaro boglik bulgan vositalar, usullar va jarayonlar yigindisi bulib, shaxsdagi muayyan sifatlarini shakllantirishga pedagogik ta`sir etishni maksadga muvofik tarzda amalga oshiradi. Binobarin, xar bir jamiyatda shaxsni shakllantirish maksadi belgilab olinadi va unga mos ravishda pedagogik tizim mavjud bulishi kerak. Agar maksad uzgarsa tizim xam uzgarishi shart.

Pedagogik texnologiyaning asosiy elementlari kuyidagilardan

iborat:


  1. Pedagogik mulokot texnologiyasida pedagogning ta`lim oluvchilar bilan mulo^oti.

  • shaxsni tanish, axborot almashish;

  • kelgusi pedagogik mulokotni modellashtirish va taxlil etish;

  • mulokotdan olinadigan tasavvurlar;

  • mulokot yuzasidan fikrlash va fikr almashish;

  • pedagogik mulokotni tashkil etishning texnikasi va texnologiyasi ;

  • ishga ijodiy yondashish va boshkalar.

  1. Baxolash texnologiyasi, pedagogik baxo va uni mezonlash.

  • xatti-xarakatlardan olingan taassurot, vokelikni, ob`ekt va sub`ektni kabul kilish;

  • baxo berish usullarini tanlash, pedagogning uz imkoniyatini taxlil etishi va ta`sir samaradorligini oshirishi;

-pedagogik baxolash texnologiyasi.

  1. Axborotning ta`sir kursatish texnologiyasi.

  • nutkiy-axborot berish, «ratsional axborot berish» tushunchalari, demonstratsion va kurgazmali vositalar-axborot olish vositalaridan biri sifatida;

-nutkiy ta`sir etish, suxbat, xamkorlik, tezis, argument, kurgazmalar va obrazlar;

  • nutkiy ta`sir etish texnologiyasi;

  • demonstratsion va kurgazmali vositalar, etik, iktisodiy, estetik, gigiyenik materiallar;

  • kabul kilishning fiziologik va psixologik xususiyatlarini demonstratsiya kilish texnologiyasi.

  1. Pedagogik vaziyatlarni yaratish va uni yechish texnologiyasi.

  • pedagogik konflikt tushunchasi - konflikt pedagogik texnologiya elementi sifatida, konflikt sub`ektlari orasidagi karama- karshiliklar, bush va mazmunli konflikt;

  • xolat taxlili (vokeani aniklash);

  • konflikt;

  • konfliktning xilma-xilligi (norozilik, karshi chikish);

  • konfliktni yechish shakllari (yumor, xazil, mutoiba).

Pedagogik texnologiyaning kushimcha elementlari:

  1. Psixologik muxit yaratish texnologiyasi.

  2. Gurux faoliyatini tashkil etish texnologiyasi.

  3. Muvaffakiyatli va muvaffakiyatsiz xolatlarni tashkil etish texnologiyasi.

  4. Ta`lim oluvchining xatti-xarakatiga pedagogik reaksiya kilish texnologiyasi.

  5. Xulki va odobi yomon ta`lim oluvchi-talabalar bilan ishlash texnologiyasi.

  6. Etik ximoya texnologiyasi.

  7. Muammoli vaziyatlar yaratish texnologiyasi.

  8. Pedagogik vosita texnologiyasi.

  9. Pedagogik improvizatsiya texnologiyasi.

Texnologiya xar doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalanib, ob`ektga yunaltirilgan anik maksadli amallarni muayyan ketma - ketlikda bajarishni kuzda tutadi.

Yukorida keltirilgan tushunchalarni ukuv jarayoniga kuchiradigan bulsak, pedagogning ukitish vositalari yordamida ta`lim oluvchilarga muayyan sharoitlarda kursatgan tizimli ta`siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bulgan va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy xodisa yoki boshkacha aytganda, pedagog tomonidan ukitish vositalari yordamida ta`lim oluvchilarga ta`sir kursatish va bu faoliyat maxsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni deb ta`riflash mumkin.

Texnologiya tushunchasi regulyativ (tartibga solib turuvchi) ta`sir etish kuchiga ega bulib, erkin ijod kilishga undaydi:


  • samarador ukuv-bilish faoliyatining asoslarini topish;

  • uni ekstensiv (kuch, vakt, resurs yukotishga olib keladigan samarasiz) asosdan kura intensiv (jadal), mumkin kadar, ilmiy asosda kurish;

  • talab etilgan natijalarni kafolatlaydigan fan va tajriba yutuklaridan foydalanish;

  • ukitish davomida tuzatishlar extimolini loyixalash metodiga tayangan xolda yukotish;

  • ta`lim jarayonini yukori darajada axborotlashtirish va zaruriy xarakatlarni algoritmlash;

  • texnik vositalarni yaratish, ulardan foydalanish metodikasini uzlashtirish va boshkalar.

Texnologiya murakkab jarayon sifatida kator ukitish boskichlaridan, uz navbatida, bu boskichlarning xar biri uziga xos amallardan iborat buladi.

Pedagogik texnologiya amaliyotga joriy etish mumkin bulgan ma`lum pedagogik tizimning loyixasi xisoblanadi. Demak, pedagogik texnologiya didaktik vazifalarni samarali amalga oshirish, shu soxadagi maksadga erishish yuli bulib xisoblanadi.

Bugungi kunda mamlakatimizda mutaxassislarning ilmiy saloxiyatini birlashtirishga imkoniyatlar yetarli darajada. Pedagogik texnologiyani pedagogika fanining aloxida tarmoFi sifatida yoki fakat ta`lim amaliyotini makbullashtirishga yunaltirilgan tizim deb karash mumkin emas. Pedagogik texnologiya bu soxadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradi. Avvalo, pedagogik texnologiya nimani anglatadi?


  1. Pedagogik texnologiya ukuv-tarbiya jarayoni uchun loyixalanadi va belgilangan maksadni yechishga karatiladi. X,ar bir jamiyat shaxsni shakllantirish maksadini anik belgilab beradi va shunga mos xolda ma`lum bir pedagogik tizim mavjud buladi. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma uz ta`sirini utkazadi va ta`lim-tarbiya maksadini umumiy xolda belgilab beradi. Maksadi esa pedagogik tizimning kolgan elementlarini uz navbatida yangilash zaruratini keltirib chikaradi.

  2. Bugungi kunda fan texnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati chegarasi nixoyatda kengayib boryapti, innovatsion texnologiyalar kirib kelmokda. Sifat uzgarishlari shundan dalolat beradiki, endilikda yangi metodikalarni talab etadigan va ta`lim jarayonining ajralmas kismiga aylanib borayotgan, unga uzining ma`lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborotli, audiovizual, audial vositalar xam mavjud bulib, ular pedagogik texnologiyalarni real vokelikka aylantirdi.

Pedagogik texnologiya moxiyat e`tibori jixatidan boshka texnologiyalar bilan bir safda turadi, chunki ular xam boshkalari katori uz xususiy soxasiga, metodlari va vositalariga egadir. Birok pedagogik texnologiya inson ongi bilan boFlik bilimlar soxasi sifatida murakkab va xammaga xam tushunarli bulmagan pedagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chikarish va axborotli texnologiyalardan ajralib turadi.

Uning uziga xos xususiyatitarbiya komponentlarini mujassamlashtirganidir.

Pedagogik texnologiya boshka soxalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz boyib boradi va an`anaviy ukuv jarayoniga, uning samarasini oshirishga ta`sir kursatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi.

Asosiy maksad - shaxsning ta`lim va tarbiyasi xamda uning aklan va jismonan rivojlanishi bilan boglik kasbiy faoliyat ekanligini nazarda tutsak, kanday nomlanishidan kat`iy nazar, pedagogik texnologiya komil inson tushunchasiga mazmunan singib ketishi lozim.



  1. Pedagogik texnologiya turlari

Pedagogik texnologiyalar uzluksiz ta`lim turlari, ta`lim soxalarixamda ayrim belgilari buyicha turlarga ajratiladi.

Uzluksiz ta`lim turlari buyicha maktabgacha ta`lim, boshlangich ta`lim, tayanch ta`lim, maktabdan tashkari kushimcha ta`lim, urta maxsus, kasb-xunar ta`limi, oliy ta`lim, kayta tayyorlash va malaka oshirish ta`limi pedagogik texnologiyalariga bulinadi. Shu bilan birga, ta`lim soxalari buyicha ona tili, xorijiy tillar, adabiyot, ijtimoiy, tabiiy, anik, fanlar, san`at, sport, texnika, texnologiya, amaliy fanlar, kasb - xunarlar, maxsus ta`lim pedagogik texnologiyalari mavjud.

Xozirda mavjud bulgan pedagogik texnologiyalarni bir kancha belgilariga karab turlarga ajratiladi. Bu belgilar xakida gapirishdan oldin shuni eslatib utishimiz kerakki, pedagogik texnologiya doimo kompleks xarakterga ega bulib, u fakat bittagina omildan, metoddan, tamoyildan foydalanmaydi, ya`ni kuyida keltiriladigan turlargagina xos bulgan monotexnologiyalar aslida mavjud emas. Lekin xar bir pedagogik texnologiyada asosiy e`tibor ta`lim jarayonining u yoki bu tomoniga karatilishi natijasida ularni shu belgilari buyicha turlarga ajratiladi. Bu masalaga turlicha yondashuvlar mavjud bulib, ulardan ayrimlarini kursatib utamiz.

Bilish faoliyatini boshkarish buyicha pedagogik texnologiyalarning kuyidagi turlari ma`lum:



  • klassik ma`ruza;

  • texnika vositalari yordamida ukitish;

  • maslaxatchilik tizimi;

  • darslik buyicha ukitish;

  • kichik guruxlar tizimi;

  • kompyuter yordamida ukitish;

  • repetitorlik tizimi;

  • dasturlashtiriladigan boshkaruv.

Ta`lim oluvchiga yondashuv turi buyicha pedagogik texnologiyalar kuyidagicha nomlanadi:

  • avtoritar;

  • didaktik yunaltirilgan;

  • ijtimoiy yunaltirilgan;

  • antropologik yunaltirilgan;

  • pedagogik yunaltirilgan;

  • shaxsga yunaltirilgan;

  • xamkorlikka yunaltirilgan;

  • erkin tarbiyaga yunaltirilgan;

  • ezoterik ta`lim va tarbiyaga yunaltirilgan.

Tashkiliy shakllariga kura, pedagogik texnologiyalar kuyidagi turlarga ajratiladi:

  • xozirgi an`anaviy ta`lim;

  • shaxsga yunaltirilgan pedagogik jarayon asosidagi pedagogik

texnologiyalar;

  • ukuvchilar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish asosidagi

pedagogik texnologiyalar;

  • ukuv jarayonini boshkarish va tashkil kilish samaradorligi

asosidagi pedagogik texnologiyalar;

  • materialni didaktik takomillashtirish va rekonstruksiyalash

asosidagi pedagogik texnologiyalar;

  • xususiy fanlar pedagogik texnologiyalari;

  • al`ternativ texnologiyalar;

  • tabiatga moslashtirilgan texnologiyalar;

  • rivojlantiruvchi ta`lim texnologiyalari;

  • mualliflik maktablari pedagogik texnologiyalari;

  • texnologiyalarni loyixalash va uzlashtirish texnologiyalari.

Kuyida ushbu texnologiyalarning ba`zilarini mazmunini yoritib

beramiz.


Avtoritar ukitish texnologiyasi

Ukitish jarayonida, pedagog texnologiyalar talablari asosida ifoda etilgan ukuv maksadlariga erishiladi. Ilmiy-texnika tarakkiyot jadallashgan davrda ukitish samaradorligi, asosan, ta`lim oluvchining ukitish jarayonidagi urni, pedagogning unga bulgan munosabatiga boFlik buladi. Bu yerda ukitish texnologiyasining ikki turini ajratib kursatish mumkin: avtoritar va shaxsga yunaltirilgan.

Avtoritar texnologiyada, pedagog yagona sub`ekt sifatida namoyon buladi, ta`lim oluvchilar esa fakatgina “ob`ekt” vazifasini bajaradi, xolos. Bunda ta`lim oluvchining tashabbusi va mustakilligi yukoladi, ukitish majburiy yusinda amalga oshiriladi. Odatdagi an`anaviy ukitish avtoritar texnologiyaga taalluklidir. Bunda, avvalo A.Komenskiy tomonidan ifoda etilgan, didaktika prinsiplariga asoslangan ukitishning sinf-dars tizimida tashkil etish nazarda tutiladi. Xdnuzgacha dunyoda eng kup tarkalgan ukitishning sinf-dars tizimi, kuyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:


  • yoshi va tayyorgarlik darajasi taxminan bir xil bulgan talablar asosida sinfni (guruxni) tashkil etadi;

  • sinf (gurux, okim) yagona ukuv reja, yagona ukuv dasturlar va yagona mashgulotlar jadvali bilan shugullanadi;

  • mashgulotlarning asosiy birligi dars bulib, u bitta fanning bitta mavzuga bagishlanadi va pedagog tomonidan boshkariladi;

  • ukuv kitoblari asosan uy ishlari uchun kullaniladi.

An`anaviy ukitish asosan bilim va kunikmalarni uzlashtirishga

karatilgan bulib, shaxsning rivojlanishini kuzda tutmaydi.

An`anaviy ukitish asosini, Ya.A. Komenskiy tomonidan tuzilgan pedagogika prinsiplari tashkil etadi:


  • ilmiylik;

  • tabiatga monandlik(ukitish rivojlanish bilan belgilanadi, ammo shakllanmaydi);

  • uzviylik va tizimlik;

  • uzlashtiruvchanlik (ma`lumdan noma`lumga, soddadan murakkabga)

  • mustaxkamlik (takrorlash, takrorlash....)

  • onglilik va faoliyat (kuyilgan maksadni bilgan va buyruklarni bajarishga faol bulgan)

  • nazariyaning amaliyot bilan boglikligi;

  • yoshi va individual xususiyatlarini xisobga olish;

An`anaviy ukitish kuyidagi xususiyatlarga ega: ukitishning tushuntiruv kurgazmali usuli, ommaviy ukitish. An`anaviy ukitishda. avtoritarlik kuyidagi shaklda namoyon buladi: ta`lim oluvchi bu xali tula shakllanmagan shaxs, u fakat bajarishi zarur, pedagog esa -bu sardor xakam, yagona tashabbuskor shaxs.

Shuning uchun zamonaviy texnologiyalarda pedagogik jarayon shaxsga yunaltirilgan ta`lim texnologiyalari asosida amalga oshirilishi lozim.

Shaxsga yunaltirilgan ta`lim texnologiyasi

Shaxsga yunaltirilgan ta`lim texnologiyasi - ta`lim oluvchining fikrlash va xarakat strategiyasini inobatga olgan xolda uning shaxsi, uziga xos xususiyatlari, kobiliyatini rivojlantirishga karatilgan ta`lim.



Usitishning shaxsga yunaltirilgan texnologiyalariga kuyidagi asosiy prinsiplar xos buladi:

  • insonparvarlik, ya`ni insonga xar tomonlama xurmat va muxabbat kursatish, unga yordamlashish, uning ijodiy kobiliyatiga ishonch bilan karash, zuravonlikdan tula voz kechish;

  • uamkorlik, ya`ni pedagog va ta`lim oluvchilar munosabatidagi demokratizm, tenglik, sheriklik;

  • erkin tarbiyalash, ya`ni shaxsga uning xayot faoliyatini keng yoki tor doirasida tanlab olish erkinligi va mustakillikni berish, natijalarni tashki ta`sirdan emas, ichki xissiyotlardan keltirib chikarish.

Shaxsga yunaltirilgan texnologiyalarning kommunikativ asosi - pedagogik jarayonda ta`lim oluvchiga insoniy-shaxsiy yondashuv xisoblanadi.

Shaxsga yangicha karash kuyidagilardan iborat buladi:



  • pedagogik jarayonda shaxs ob`ekt emas, sub`ekt xisoblanadi;

  • xar bir ta`lim oluvchi kobiliyat egasi, kupchiligi esa iste`dod egasi xisoblanadi;

  • yukori etik kadriyatlar (saxiylik, muxabbat, mexnatsevarlik, vijdon va boshkalar) shaxsning ustuvor xislatlari xisoblanadi.

Munosabatlarni demokratlashtirish kuyidagilarni uz ichiga

oladi:


  • ta`lim oluvchi va pedagog xukuklarini tenglashtirish,

  • ta`lim oluvchining erkin tanlab olish xukuki;

  • xatoga yul kuyish xukuki;

  • uz nuktai nazariga ega bulish xukuki

  • pedagog va ta`lim oluvchi munosabatiningasosi: ta`kiklamaslik; boshkarish emas, birgalikda boshkarish; majburlash emas, ishontirish; buyurish emas, tashkil etish; chegaralash emas, erkin tanlab olishga imkon berish.

Yangi munosabatlarning asosiy mazmuni, xozirgi zamon sharoitida samarali natija bermaydigan va Fayri insoniy xisoblanadigan majburlash pedagogikasidan voz kechishdir. Muammo bu yondashuvni mutlaklashtirishda emas, balki uning okilona mezonlarini aniklashdadir. Umuman olganda tarbiya jarayonida majburlashdan voz kechish mumkin emas, ammo jazolash insonni kamsitadi, ezadi, rivojlanishini susaytiradi, unda suzsiz itoatkorlik xususiyatlarini shakllantiradi.

Erkin utsitish suyidagilar bilan belgilanadi:

  • ishonchga asoslangan erkin talabchanlik;

  • ukuv materialiga kizikish uygotish, bilishga va faol ijodiy fikrlashga ragbatlantirish;

  • ta`lim oluvchilarning mustakilligi va tashabbusiga tayanish;

  • jamoa orkali bilvosita usullar bilan talablarni amalga oshirishni ta`minlash.

Yangi individual yondashuvning moxiyati shundaki, u ta`lim tizimida ukuv fanidan ta`lim oluvchiga emas, ta`lim oluvchidan ukuv fani tomonga xarakatlanishni takozo etadi, ta`lim oluvchilarning mavjud imkoniyatlarini inobatga olib, ularni rivojlantirish, takomillashtirish va boyitishga karatilgan buladi.

Individual yondashuvning zamonaviy yangi talsini suyidagilardan iborat:

  • urtacha ta`lim oluvchiga yunaltirishdan voz kechish;

  • shaxsning yaxshi xislatlarini izlash;

  • shaxs rivojlanishining individual dasturlarini tuzish.

Shaxsiy yondashishda birinchi navbatda suyidagilar zarur buladi:

  • xar bir ta`lim oluvchi kiyofasida noyob shaxsni kurish, uni xurmat kilish, tushunish, kabul kilish, unga ishonish. Pedagogda barcha ta`lim oluvchilar iste`dodli degan ishonch bulishi kerak.

  • shaxsga yutukni ma`kullovchi, kullab-kuvvatlovchi, xayrixox vaziyatlar yaratish, ya`ni ukish konikish va xursandchilikni olib kelishi kerak;

  • bevosita majburlashga yul kuymaslik, koloklikka va boshka kamchiliklarga urgu bermaslik, uning nafsoniyatiga tegmaslik;

  • pedagogik jarayonda, ta`lim oluvchilarga uz kobiliyatlarini ruyobga chikarishga imkoniyat yaratish va kumaklashish.

Ta`lim tizimi uchun utsitishning shaxsga yunaltirilgan texnologiyalariga suyidagilarni kiritish mumkin:

S muammoli ta`lim;

S xamkorlik;

S uyinli;

^ tabakalashtirilgan;

S yakka tartibda ukitish;

S modulli ukitish;

S kompyuterlashtirilgan;

^ masofali ta`lim va boshkalar.



Muammolita`lim texnologiyasi

Muammoli ta`lim, ukitishning shaxsga yunaltirilgan texnologiyalarga taallukli, chunki bu yerda shaxs sub`ekt sifatida karaladi, muammoli vaziyatlarning maksadi - pedagogik jarayonda uziga xos kizikish uyt otishdir.

Bugungi kunda, muammoli ta`lim deganda mashFulotlarda pedagog tomonidan yaratiladigan muammoli vaziyatlar va ularni yechishga karatilgan ta`lim oluvchilarning faol mustakil faoliyati tushuniladi. Buning natijasida ta`lim oluvchilar kasbiy bilimlarga, kunikmalarga, malakalarga ega buladilar va fikrlash kobiliyatlari rivojlanadi.

Muammoli ta`lim texnologiyalari ta`lim oluvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Muammoli ta`lim texnologiyasining asosi -ta`lim oluvchining fikrlashi muammoli vaziyatni xal etishdan boshlanishi xamda uning muammolarni aniklash, tadkik etish kobiliyatiga ega ekanligidan kelib chikadi. Muammoli ta`lim ta`lim oluvchilarning ijodiy tafakkuri va ijodiy kobiliyatlarini ustirishda jiddiy axamiyatga ega.

Muammoli ta`limning bosh maksadi - ta`lim oluvchilarning muammoni tulik tushunib yetishiga erishish va ularni xal eta olishga urgatishdan iborat.

Muammoli ta`limni amaliyotda kullash asosiy masalalardan biri urganilayotgan mavzu bilan boFlik muammoli vaziyat yaratishdan iborat. Turli ukuv fanlari buyicha pedagoglar darslar jarayonida muammoli vaziyatlar xosil kilishni va ularni yechish usullarini oldindan kuzda tutishlari kerak.

Muammoli vaziyat yaratish usullari:

  • pedagogta`lim oluvchilarda dars mavzusi bilan boFlik ziddiyatli xolatni tushuntiradi va uni yechish yulini topishni taklif kiladi;

  • bir masalaga doir turli nuktai-nazarlarni bayon kiladi;

  • muammoli vaziyatlarni xal etish darajalari:

  • pedagog muammoni kuyadi va uzi yechadi;

  • pedagog muammoni kuyadi va uning yechimini ta`lim oluvchilar bilan birgalikda topadi;

  • ta`lim oluvchilarning uzlari muammoni kuyadilar va uning yechimini topadilar.

Muammoli vaziyatni yechishda kullaniladigan usullar:

  • muammoni turli nuktai-nazardan urganish,taxlil kilish;

  • solishtirish, umumlashtirish; faktlarni aniklash va kiyoslash;

vaziyatga boFlik xulosalar chikarish;

Nazorat savollari:



  1. Pedagogik texnologiya moxiyatinimalardan iborat?

  2. Pedagogik texznologiyaga YuNESKO tomonidan berilgan ta`rifni tushuntirib bering.

  3. Pedagogik texnologiyaningkanday turlarini bilasiz ?

  4. Avtoritar texnologiya deganda nimani tushunasiz?

  5. Shaxsga yunaltirilgan texnologiya deganda nimani tushunasiz?

  6. Shaxsga yunaltirilgan texnologiyaning kanday turlari mavjud?

  7. Muammoli ukitish texnologiyasining maksad va mazmunini tushuntirib bering.

  8. Uyin texnologiyasining moxiyatini tushuntirib bering.

  9. Interfaol” suzining ma`nosi nima?

  10. Interfaol ta`lim deganda nimani tushunasiz?

Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati:

  1. Abdukodirov A.A., Astanova F.A., Abdukodirova F.A. “Case-study” uslubi: nazariya, amaliyot, tajriba. - T.: “Tafakkur qanoti” nashriyoti, 2012.

  2. Abdullayeva X.A. MashFulotlarda faol ta`lim usullaridan foydalanish / - FarF0na: FarDU, 2008.

  3. Avliyakulov N.X., Musayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar / - T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2008.

  4. Azizxujayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik maxorat /

  • T.: “Uzbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamFarmasi” nashriyoti. 2006.

  1. Ishmuxamedov R., Abdukarodirov A., Pardayev A. Tarbiyada innovatsion texnologiyalar / Ta`lim muassasalari ukituvchilari uchun amaliy tavsiyalar. - T.: “Iste`dod” jamFarmasi, 2009.

73

  1. Yuldoshev J., X,asanov S. Pedagogik texnologiyalar / - T.: “Moliya- iktisod” nashriyoti, 2009.

  2. Omonov N.T. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat / - T.: “Iqtisod-moliya”. 2009.

Download 53.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling