III.Darsning usuli: . Didaktik o’yin, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V .Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kampyuter, diaproyektor ekran.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt: 40minut:
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism(4-daqiqa) a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash(10-daqiqa):a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangi mavzu bayoni:(15-daqiqa)
Azot odatdag'i sharoitda kislorod bilan reaksiyaga kirishmaydi, uning bilvosita yo'llar bilan olingan bir necha xil oksidlari mavjud.
Azot (I)-oksid — N20 Azot (IV)-oksid — NO,
Azot (II)-oksid — NO Azot qo'sh oksid — N„04
Azot (III)-oksid — N203 Azot (V)-oksid — N205
Azot (Il)-oksidi — NO. Azot (Il)-oksid rangsiz, hidsiz gaz bo'lib, suvda juda oz eriydi. 1 hajm suvda 0°C da 0,7 hajm NO eriydi. Suyuqlanish harorati —163,6°C, qaynash harorati —154,8°C.
Azot (Il)-oskidi elektr razryadlari va chaqmoq bo'lgan vaqtlarda hosil bo'ladi. Shuning uchun bahor oylarida yog'adigan yomg'ir suvi tarkibida azot birikmalari oz bo'lsa-da uchraydi.
Azot (Il)-oksidi befarq oksid, u tuz hosil qilmaydi. Sanoatda NO ni olish uchun ammiak katalitik oksidlanadi. Laboratoriyada NO ni olish uchun esa misga suyultirilgan nitrat kislota ta'sir ettiriladi:3Cu + 8HN03= 3Cu(N03)2+ 2N0 + 4H20
Azot (IV)-oksidi—NOrAzot (IV)-oksidqizg'ish-qo'ng'irrangli, o'tkirhidlizaharli, bo'g'uvchigaz. Usuvdayaxshieriydi. 21,3°C da qaynaydi, — 9,3°C da rangsiz kristall holatda qotadi. N0„ laboratoriyada misga konsentrlangan nitrat kislota ta'sir ettirib olinadi:Cu +4HN03= Cu(N03)2+ 2N02+ 2H20
Do'stlaringiz bilan baham: |