Tayanch so’zlar: Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni
Download 28.8 Kb.
|
Tayanch so’zlar Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtiso
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki respublika mulkidan va ma’muriy-hududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkidan iborat bo‘ladi.
2-rasm. Mulk shakllari
Davlat mulki haqiqatda ham jamiyatga tegishli bo‘lgan, bo‘linmaydigan yoki umumiy resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib bo‘lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va transport vositalari, yo‘llar kabi iqtisodiy tuzilmaning kattagina qismini ko‘rsatish mumkin. O‘zbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki respublika mulkidan va ma’muriy-hududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkidan iborat bo‘ladi. Yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika hokimiyati va boshqaruv tuzilmalari mol-mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet mablag‘lari, oltin zahirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi. Ma’muriy-hududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkida davlat xokimiyati mahalliy organlari mol-mulki, mahalliy byudjet mablag‘lari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal xo‘jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualar, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash muassasalari kabilar mol-mulki o‘z o‘rniga bo‘ladi. Jamoa mulki – muayyan maqsad yo‘lida jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma’naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o‘zlashtirishni bildiradi. Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to‘lab korxona qurishi, aksiya chiqarib ularni sotish kabi yo‘llar orqali paydo bo‘ldi. Jamoa mulkining muhim xususiyati shundaki, bunda ishlab chiqarish vositalari va natijalariga ayrim shaxslar emas, balki ma’lum guruh, kishilar egalik qiladi. Jamoa mulkiga – kooperativlarning, ijara va jamoa korxonalarining, aksionerlar jamiyatlari, xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, jamoa va boshqa tashkilotlarning mulki kiradi. Kooperativlar mulkining asosiy belgisi ishlab chiqarish vositalari va uning natijalarini o‘zlashtirishning jamoa-guruh xususiyatidir. Ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish va ularni o‘zlashtirish mulk egasi bo‘lmish mehnat jamoasi doirasida amalga oshiriladi, hamda jamoa va shaxsiy iqtisodiy manfaatlarning mushtarakligi vujudga keladi. Kooperativlar qishloq xo‘jaligida, sanoat, qurilish, transportda, savdo va umumiy ovqatlanish, pulli xizmatlar sohasida hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-madaniy hayotning boshqa tarmoqlarida, ilmiy va ilmiy-texnikaviy xizmat ko‘rsatish sohalarida barpo etilishi va faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Ishlab chiqarish kooperativlari o‘z a’zolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Ishlab chiqarish va xizmatlarning boshqa sohalaridagi kooperativlarning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular ichida qishloq xo‘jaligi kooperativlari alohida ajralib turadi. Shaharlarda aholining tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabini yaxshiroq qondirish maqsadida davlat korxonalari va tashkilotlari uning tasarrufidan chiqarilib turli xil matlubot kooperatsiyalari vujudga keladi. Matlubot kooperatsiyasining mulki mulkchilikning davlat va boshqa shakllaridan kelib chiqadi. Mulkchilikning bu shakli faoliyatida uning a’zolari o‘z mehnati bilan ishtirok etishi shart emas. Matlubot kooperatsiyalari mustaqil yoki turli korxona, tashkilot va muassasalar qoshida tashkil qilinishi mumkin. Matlubot kooperatsiyasi tizimi xizmat ko‘rsatish, shaxsiy tomorqa xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotlar va xalq hunarmandchilik buyumlarini shartnoma asosida sotishni ta’minlashda belgilangan huquqlardan foydalanadi. Download 28.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling