Tayanch so’zlar: Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni
Download 28.8 Kb.
|
Tayanch so’zlar Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtiso
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xususiy mulk
Shaxsiy mulk – bu fuqarolar mulki bo‘lib, shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila a’zolarining mehnati asosida ko‘payadi va rivoj topadi.
Fuqaroning shaxsiy mulki asosan ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirokidan, o‘z xo‘jaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga vujudga keladi va ko‘payadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aksiyadan keladigan dividend, bank foizlari va boshqa daromadlar kabi yangi manbalarga asoslanadi. Shaxsiy mulk ob’ektlari – bu turar joylar, bog‘-hovli va uylar, transport vositalari, pul jamg‘armalari, uy-ro‘zg‘or va shaxsiy iste’mol buyumlari, yakka tartibda va boshqa xo‘jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar bo‘lishi mumkin. Shuningdek, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat sohasidagi, iqtisodiyotining boshqa tarmoqlaridagi maydaroq korxonalar fuqaro va ularning oila a’zolarining mulki bo‘lishi mumkin. Shaxsiy mulk ob’ektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan chiqib, daromad topish yo‘lida ishlatilishi ham mumkin. Xususiy mulk – ayrim tadbirkorlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va o‘z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi dahlsiz va davlat himoyasidadir. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan tizimda xususiy mulk birlamchi darajada bo‘ladi va boshqa mulk shakllariga nisbatan asosiy, ya’ni yetakchi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida, xususiy mulk o‘z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir deb ko‘rsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi ta’kidlanadi. O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida xususiy mulkni shakllantirish manbalari ham ko‘rsatiladi. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, yollanib ishlash, kredit muassasalariga qo‘yilgan mablag‘lar, qimmatli qog‘ozlardan olinadigan daromadlar, meros tartibda mol-mulkni qo‘lga kiritish kabilar ana shunday manbalar bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligidan boshqa ayrim faoliyatlarda yer ham xususiy mulk ob’ekti bo‘lishi mumkin. Shu sababli Respublika qonun hujjatlariga muvofiq savdo, xizmat ko‘rsatish sohasi ob’ektlarini ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga tanlov asosida sotilishiga ruxsat beriladi. Mazkur yer uchastkalariga xususiy mulk huquqining hamma me’yorlari taalluqli bo‘lib, ular sotilishi, vasiyat qilib qoldirilishi yoki ijaraga berilishi mumkin. Biroq yerning boshqa toifalari, jumladan, umumiy foydalanishdagi yerlar, qishloq xo‘jalik ekinzorlari va davlat zahirasiga kiritilgan yerlar davlatning alohida mulk ob’ektlaridir va shu sababli ular fuqarolarga faqat meros qilib qoldirish huquqi bilan uzoq muddatga foydalanishga berilishi mumkin. Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk paydo bo‘ladi. Bu mulk alohida olingan ob’ektning turli mulkdorlar ishtirokida o‘zlashtirilishini bildiradi. Download 28.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling