Tayanch so’zlar: Yuk va yo’lovchi tashish aylanmasi, yagona transport tizimi, transport


Download 205.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana01.03.2023
Hajmi205.59 Kb.
#1240395
1   2   3   4
Bog'liq
11-МАВЗУ ЎЗБЕКИСТОН ГЕОГ

Temir yullar esa bu yerda XIX asrning oxirida va XX asr boshlarida 
qurilgan. Bular Kaspiy orti temir yo’li, ya’ni hozirgi Turkmanboshi 
(Krasnovodsk)- Andijon hamda Orenburg - Toshkent yo’llaridir. Keyinchalik 
boshqa mahalliy va xalqaro yo’llar ham qurildi, ayniqsa Quyi Amudaryo 
yo’nalishida barpo etilgan temir yo’llar, masalan Qo’ng’irot- Beynau - Makat - 
Aleksandrov Gay (Saratov obl.) muhim ahamiyat kasb etdi. 
Biroq, respublikamiz transport turi uning turli hududlarini bog’lash nuqtai 
nazaridan yagona tizimni tashkil etmasdi. Shu bois, mustaqillik yillarida transport 
xavfsizligiga ham jiddiy e’tibor qaratildi, qisqa muddat maboynida Uchquduq - 
Miskin - Nukus, Toshg’uzar- Boysun - Qumqo’rg’on temir yo’llari qurilib ishga 
tushirildi. Natijada, hozirgi kunda Quyi Amudaryo mintaqasi va Surxondaryo 
viloyatiga borish uchun avvalgidek Turkmaniston hududi orqali yurish talab 
etilmaydi. Temir yo’llarni elektrlashtirish, tez yurar yo’nalishlarni joriy qilishda 
ham yutuqlarimiz talay (masalan, Toshkent- Samarqand oralig’ida qatnaydigan 
“Afrosiyob”, Toshkent - Buxoro, Toshkent - Qarshi yo’nalishlaridagi poezdlar). 
2016-yilda Farg’ona vodiysi ham Qamchiq dovoni orqali temir yo’l bilan 
bog’landi. Hozirgi vaqtda, respublika temir yo’llarining elektrlashtirilgan darajasi 
35 %. Yaqin yillarda bu ko’rsatkich 1,5 martaga oshadi, Jumladan, Maroqand - 
Qarshi –Termiz temir yo’li elektrlashtirildi. 
2018yilda respublikamizda umumfoydalaniladigan temir yo’llarning 
uzunligi 4718,1kmni tashkil etdi. Mazkur transport orqali 22115,3 ming yo’lovchi, 
68420,8ming tonna yuk tashilgan 
Avtomobil yo’llarini qurish ham mamlakatimiz iqtisodiy siyosatining 
ustuvor yo’nalishidir. Shu bois, magistral yo’llarni qayta qurish, ta’mirlash, 
yo’lbuyi infratuzilmasi va yo’l bo’yi iqtisodiyotini rivojlantirish katta ahamiyatga 
ega. Shu bilan birga, transportning boshqa turlari - havo, quvur (truboprovod) 
transporti ham rivojlanib bormoqda. Respublikamiz poytaxti hamda Urganch
Navoiy, Samarqand, Buxoro shaharlarida xalqaro aeroportlar qurilgan. 
Transportning asosiy funktsiyasi yuk va yo’lovchi tashish 1996 va, xususan, 
2003-yillargacha har xil o’zgarib bordi, o’sish - pasayish ko’rsatkichlari bir - birini 
almashtirib turdi. 2004 yildan boshlab esa bu ko’rsatkichlar muntazam ravishda 
o’sib bormoqda. Masalan, 2013-yilda yuk tashish 2012-yilgiga nisbatan 104,4 
foizga, yo’lovchi tashish 104,2 foizga ortgan. Ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda
transport tizimi, transport mustaqilligi va xavfsizligiga katta e’tibor qaratmoqda. 


2013-yilda O’zbekiston transportning barcha turlari orqali 1387,3 mln tonna 
yuk tashilgan. Bu 2005-yilga qaraganda 1,6 martadan ko’p demakdir. 2018 yilda 
respublikamizda avtomobil transportida 5852,8 mln nafar yo’lovchi, 1102,2mln 
tonna yuk tashilgan. Jami tashilgan yukning 90,6 foizi birgina avtomobil transporti 
zimmasiga tushadi. Qolgan transport turlarining bu boradagi ko’rsatkichlari ancha 
past.
Tabiiyki, hududi katta mintaqalarda temir yo’llar uzunligi ham katta. 
Masalan, Qoraqalpog’istonda u 928,4 km, Buxoro viloyatida 499,4 km va h.k. 
Ayni vaqtda, maydoni kichik Andijon va Sirdaryo viloyatlarida temir yo’llar 
uzunligi ancha oz. Umumiy qonuniyat aholi ko’pligi va yo’llar zichligi o’rtasidagi 
nisbatda ko’zga tashlanadi. Fikrimizning isboti sifatida Andijon va Farg’ona, 
Xorazm yoki Sirdaryo viloyatlaridagi ko’rsatkichlarni keltirish mumkin. Bu fikrni 
eng past zichlikka ega bo’lgan Navoiy va Buxoro viloyatlari hamda 
Qoraqalpog’iston Respublikasidagi vaziyat ham tasdiqlab beradi.

Download 205.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling