Тayanch tushunchalar: Xarakter, xarakter aksentuatsiyasi, astenik tip, gipertim tip. Xarakter haqida tushuncha
Download 28.63 Kb.
|
6.2.-Характер
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoʻzgʻaluvchan tip
- Pedant tip
- Namoyishkorona (demonstrativ) tip
- Ekstrovertlashgan tip
Gipertim tip - haddan tashkari aloqaga kirishuvchan, koʻp gapiradi, imo-ishora, mimikaga boy, suhbat mavzusini burib yuborishga moyil, koʻpincha xizmatga doir va ommaviy majburiyatlarni unutib qoʻyganligi sababli ziddiyatlar kelib chiqadi.
Distim tip - kamgap, muloqotga kirishishga qiynaladi, pessimist, ziddiyatlardan oʻzini olib qochadi, uyda yolgʻiz qolishni yoqtiradi. Sikloid tip - kayfiyati tez oʻzgarishga moyil, kayfiyati yaxshi paytda - gipertim, yomon paytda distim tipga oʻxshab qoladi. Qoʻzgʻaluvchan tip - muloqotda passiv, verbal va noverbal reaksiyalari sust, qaysar, ba’zan urushqoq, koʻpincha turli mojarolarning tashabbuskori. Kuchaytiruvchi tip - kamgap, aql oʻrgatishni yoqtiradi, yuqori natijalarga erishishni hohlaydi, tez xafa boʻladi, shubhalanuvchan, qasoskor. Kichik-kichik muammolarni kattalashtirishga, boʻrtirishga moyil. Pedant tip - ziddiyatlarga kam qoʻshiladi, koʻpincha passiv holatda boʻladi, atrofdagilarga koʻplab rasmiy talablar qoʻyadi, tartibli, jiddiy ishonchli xodim. Xavotirli tip - kamgap, odamovi, oʻziga ishonmaydi, ziddiyatlardan oʻzini olib qochadi, tinchliksevar, oʻz-oʻzini tanqid qiladi. Topshiriqlarni vaqtida bajaradi. Emotiv tip - tor doiradagi kishilar bilan muloqotga kirishishni yoqtiradilar, xafa boʻlsa tashqaridan sezdirmaslikka harakat qiladi, mehribon, hamxoʻr, ma’suliyatni his qiladi. Boshqalarning yutuqlaridan quvonadi. Namoyishkorona (demonstrativ) tip - muloqotga tez kirishadi, yetakchilikka intiladi,hokimiyat va maqtovni yoqtiradi, boshqalarni oʻziga jalb qila oladi, noyob tafakkurga, xulq- atvorga ega. Ekzaltirlashgan tip- oʻta muloqotga kirishuvchan, koʻp gapiradi, qiziquvchan, doʻstlari va yaqinlarga e’tiborli, boshqalarga yordam beradi, did-farosatli, samimiy. Ekstrovertlashgan tip - muloqotga kirishuvchan, doʻstlari koʻp, ziddiyatlardan oʻzini olib qochadi, boshqalarni diqqat bilan eshitish mumkin. Topshiriqlarni vaqtida bajaradi. Introvertlashgan tip - muloqotga kirishishga qiynaladi, "ichimdagini top", falsafiy fikr yuritishni yoqtiradi, qat’iyatli, e’tiqodi mustaqkam, qaysar, tafakkuri qotib qolgan. Toʻgʻri tashkil etilgan ta’lim-tarbiya jarayonida xarakter aksentuatsiyasini tarbiyalash va tuzatish mumkin. Download 28.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling