Taym menejment haqida tushuncha


Majburiy samaradorlik qonuni


Download 13.98 Kb.
bet3/5
Sana16.11.2023
Hajmi13.98 Kb.
#1777920
1   2   3   4   5
Bog'liq
Taym menejment haqida tushuncha-fayllar.org

Majburiy samaradorlik qonuni Diqqatingiz bir ishga qarating. Ishni birinchi
darajadagi muhim vazifalardan boshlab, tartib bilan davom eting. Ishni tashlab 
qo‘yib, uni qayta-qayta boshlayverish esa samaradorlikni 5 foizga kamaytiradi.
Mosart ayni paytning o‘zida uchta musiqa ustida ishlab, o‘lmas asarlar yaratgan. 
Lekin u istisno edi. Bax, Gaydn yoki Verdi ma’lum vaqt davomida faqatgina bir
asar ustida ishlashgan, birini tamomlamay turib, ikkinchisini boshlashmagan. 
Majburiy samaradorlik qonunidan foydalaning: vaqt hamma ishga emas, eng
muhim ishlarga yetadi. Shuning uchun diqqatingizni jamlab, birinchi navbatda eng 
katta foyda keltiradigan ish bilan shug‘ullaning.
Barcha ishlarni to‘rt guruhga bo‘lish mumkin: 
– shoshilinch va muhimlar;
– muhimlar, lekin shoshilinch bo‘lmaganlar; 
– shoshilinch, lekin muhim bo‘lmaganlar;
– shoshilinch ham, muhim ham bo‘lmaganlar. 
Bu Eyzenxauer usuli deb ataladi.
Birlamchi vazifalar – shoshilinch va muhimlar. Ularni kechiktirish sizga ortiqcha 
muammolarni tug‘diradi, shuning uchun o‘z vaqtida hal qilishga kirishing.
Ikkinchi o‘rinda – muhimlar, lekin shoshilinch bo‘lmaganlar. Ularni kechiktirish 
mumkin, lekin istiqbolda kuchli ta’sirga ega bo‘lishi mumkin. Buning oldini olish
uchun bunday vazifalarni hadeb kechiktiishning o‘rniga ularga vaqt ajrating. 
Muhim, lekin shoshilinch bo‘lmagan ishlar muvaffaqiyatingizga unchalik ta’sir
ko‘rsatmaydi. Shuningdek, bunday ishlar samardorlikni orttirmaydi ham, biroq 
vaqt zaxirangizning kattagina qismini olib ketadi. Bunday ishlar sonini qisqartirgan
ma’qul.

Shoshilinch ham, muhim ham bo‘lmagan ishlarning hech qanday ahamiyati yo‘q,


ularni bajarmasangiz, hech qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. 
Shunday ekan, ularni qo‘rqmasdan ro‘yxatdan o‘chirib tashlayvering.

Muvozanat tamoyili/ Ish hajmi ortib ketgan paytda vahimaga berilmaslikning eng
oson yo‘li – chuqur nafas oling va «Qo‘limdan kelganini uddalayman» degancha 
xotirjamlik bilan ro‘yxat tuzishga kirishing. Oldingizda turgan ishlarni tahlil qilar


ekansiz, eng muhimlarini amalga oshirishga vaqtingiz yetishiga ishonch hosil


qilasiz. 
Hayotingizda muvozanat saqlanib qolishiga e’tibor qarating. Ishga qattiq berilib
ketgan bilan organizmingizni alday olmaysiz, o‘z vaqtida to‘xtamasangiz, u payt 
poylab qasdini oladi. Bu esa rejalaringizga kiritilmagan.
Albatta, samarador bo‘lish uchun taym-menejementning o‘zi kamlik qiladi. 
Salomatlikni asrashga majbursiz. Ishingiz juda ko‘p bo‘lishi mumkindir, lekin
oilangiz va dam olishga har doim vaqt ajrata biling. 
Muvozanatning asosiy tamoyili: uyda va ishda o‘tkazadigan vaqtingizni belgilab
oling.


Download 13.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling