Tayyor dori turlari texnologiyasi
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
Oquv-uslubiy qollanma
1 O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‟LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TIBBIY TA‟LIMNI RIVOJLANTIRISH MARKAZI TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI “TAYYOR DORI TURLARI TEXNOLOGIYASI” FANIDAN LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISH BO‟YICHA O‟QUV-USLUBIY QO‟LLANMA TOSHKENT – 2018 2 3 4 So‟z boshi “Tayyor dori turlari texnologiyasi” fanining o„quv fani sifatidagi ahamiyati, talabalarda mutaxassislik mahoratini mukammal shakllantirish, ularda laboratoriya sharoitida tayyor dori turlarini tayyorlash texnologiyasi bo„yicha umumiy ko„nikmalar hosil qilishdan iborat. “Tayyor dori turlari texnologiyasi” fanining o„quv fani sifatidagi vazifasi, mutaxassislik mahoratini egallash, laboratoriya sharoitida tayyor dori turlarini tayyorlash texnologiyasi bo„yicha umumiy ko„nikmalar hosil qilish, hamda ularni zamonaviy texnologiya nuqtai-nazaridan tayyorlash uslubini takomillashtirishdan iborat. Mustaqil O‟zbekiston Respublikasi aholisini yuqori samarador, turg‟un va arzon dori-darmon bilan ta'minlash, farmatsevtik texnologiyaning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Hozirgi kunda Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan dori-darmon, aholi extiyojining 10% qondira oladi xolos. Bundan ko‟rinadiki, aholi uchun zarur bo‟lgan dori vositalarining asosiy qismi horijiy davlatlardan valyuta hisobiga keltirilmoqda. Bu esa, dorining tannarhiga salbiy ta'sir ko‟rsatmoqda, shuningdek undan foydalanish imkoniyatini cheklab qo‟ymoqda. Ushbu o‟quv-uslubiy qo‟llanma maxalliy ishlab chiqarishda TDVlarining ishlab chiqarilish ko‟lamini kengayishida, talabalarga asosiy qo‟llanma bo‟la oladi. Sababi ushbu qo‟llanmada korxona sharoitida ishlab chiqariladigan qattiq (kukunlar, granulalar, tabletkalar, kapsulalar, drajelar), yumshoq (surtmalar, kremlar, linimentlar, pastalar, gellar) va suyuq dori shakllari (farmatsevtik eritmalar, in'ektsion va infuzion eritmalar, nastoykalar, suyuq, quyuq, quruq, moyli ekstraktlar) alohida-alohida, ularni ishlab chiqarish uchun barcha shart-sharoitlarni o‟z ichida mujassam etgan xolda yozildi. Talabalar bevosita bu dori turlarini laboratoriya sharoitida o‟z qo‟llari bilan tayyorlab, sifatiga baxo beradilar. Talabalarga mavzular hozirgi zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar asosida tushunarli qilib yoritilgan bo‟lib, ular tegishli mavzularni o‟zlashtirishda talabalarda korxona sharoitida ishlab chiqariladigan TDVlarining tayyorlanish texnologiyasi uchun zarur bo‟lgan asosiy va yordamchi moddalar, shuningdek asbob-uskunalar va yordamchi materiallar to‟g‟risida umumiy va to‟liq tushunchaga ega bo‟ladilar. Ushbu o„quv-uslubiy qo„llanma O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni saqlash vazirligining Fan va tibbiy ta‟lim Bosh boqarmasi va Tibbiy ta‟limni rivojlantirish markazi tomonidan O„zR SSV Fan va tibbiy ta‟lim Bosh boshqarmasining 26.10.2018 yildagi 9-sonli bayonnomasi va Tibbiy ta‟limni rivojlantirish markazining 19.10.2018 yildagi 9-sonli bayonnomasi bilan chop etishga tavsiya qilingan bo„lib, mualliflar jamoasi o„quv-uslubiy qo„llanma bo„yicha berilgan barcha taklif va mulohazalarni e‟tirozsiz qabul qiladi. 5 1-mavzu. Antidibetik ta‟sirli yig‟mani tayyorlash texnologiyasi Maqsad: Korxona sharoitida, dorivor o„simlik xom ashyolari asosida yig„malarni tayyorlash texnologiyasi va sifatini baholash bo„yicha umumiy ko„nimalarga ega bo„lish. Ularni tayyorlashda ishlatiladigan asbob-uskunalar va qurilmalar bilan tanishish. Maydalash, elash va aralashtirish jarayonlari xaqida umumiy tushunchalarga ega bo„lish. Mavzuning axamiyati: Dorivor o„simlik xomashyolari asossida tayyorlanadigan yig„malar tabiiy, zaharsiz va qo„shimcha ta‟sirlarining yo„qligi bilan, sintetik yo„l bilan olingan dori vositalariga nisbatan bir qancha imkoniyatlarga ega, shuningdek, ularni tayyorlash texnologiyasi ham murakkab asbob-uskunalar va texnologik liniyalarni talab qilmaydi. Bu jihatlardan yig„malarni tayyorlash texnologiyasini kengaytirish, ularning assortimentini ko„paytirish farmatsevtik texnologiyada dolzarb masalalardan biridir. Maydalash, elash va aralashtirish jarayonlarisiz TDV larini tayyorlashning ayniqsa korxona sharoitida yig„malar ishlab chiqarishning iloji yo„q. Shunday ekan, bu xar uchchala jarayonni ham amalga oshirish uchun zarur bo„lgan shart-sharoitlarni to„g„ri belgilay olish texnologlardan chuqur bilim va amaliy ko„nikmani talab qiladi. Amaliy mashg„ulot mavzusini yoritishda “Moychechak” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi Vaziyatli masalalar: 1. 3o„ldirli tegirmon me‟yorida to„ldirilgan bo„lishiga qaramay, uning foydali ish koeffitsienti me‟yorida emas. 2. Kerakli darajada maydalangan o„simlik xomashyosini elakdan o„tishi qoniqarsiz. 3. Saqlanish davomida yig„maning mog„orlanishi kuzatildi. Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar:: Ўқитувчи: йиғмаларни тайѐрлаш технологик босқичлари 6-талаба: сифатини баҳолаш 5-талаба: қадоқлаш 3-талаба: аралаштириш 4-талаба: бирламчи сифатини баҳолаш 1-талаба: майдалаш 2-талаба: элаш 6 1. Yig„malarning ta‟rifi, tavsifi va tasnifi 2. Yig„malarning tarkibiy qismlari 3. Yig„malar tayyorlashni texnologik bosqichlari 4. Yig„malarni sifatini baholash 5. Yig„malarni qadoqlash va o„rash 6. Yig„malarga misollar keltiring 7. Yig„malarni ishlatilishi 8. Maydalash nima? 9. Elash va laklar 10. Aralashtirish turlari Kerakli asbob-uskunalar va qurilmalar: 1. Elak (teshigining diametri 1 va 2 mm bo„lgan) 2. Byuks 3. Quritish javoni 4. Tigel 5. Tozalangan suv 6. Ammoniy nitratning to„yingan eritmasi 7. 10% li xlorid kislotasi eritmasi 8. Soat oynachasi 9. Suv xammomi 10. Kulsiz filtr 11. Konussimon kolba 12. Suvsiz kalsiy xlorid 13. Eksikator Qandli diabetga qarshi ishlatishga mo„ljallanagn yig„maning tarkibini tanlashda xalq tabobati va zamonaviy tibbiyotda eng ko„p ishlatiladigan dorivor o„simlik xom ashyolariga murojaat etildi. Buning uchun adabiyotlar manbaalariga tayangan xolda 10 nomdagi qandli diabetga qarshi ishlatishga mo„ljallangan dorivor o„simlik xom ashyolari tanlab olindi (1-jadval). Tarkiblar uchun qoqio„t ildizi asos qilib olindi. SHuningdek grek yong„og„i, qalampir yalpiz bargi, na‟matak mevasi, frangula po„stlog„i, cherinka mevasi, valeriana ildizi, qizil loviya, chayon o„t bargi, marmarak bargi foydalanildi. Bu o„simliklarda yig„ma tarkibini tanlashda 1:1 nisbatdan foydalanildi. Dorivor o„simlik xom ashyolari aralashmalaridan damlama tayyorlanib, ularni sun‟iy chaqirilgan qandli diabetga qarshi ta‟siri o„rganildi. Tajribalar og„riligi 150-184 g li 52 ta laboratoriya kalamushlarida olib borildi. O„tkir giperglikemiya tajribadagi kalamushlarning qorin bo„shlig„iga glyukozani gipertonik eritmasidan 4,5 g/kg miqdorda yuborish bilan, sun‟iy qand kasalligi esa kalamushlarning teri ostiga alloksan preparatini 170 mg/kg miqdorda yuborish yo„li bilan yuzaga chiqarildi. So„ngra kalamushlar ma‟lum guruhlarga bo„linib chiqildi. Nazorat guruhidagi kalamushlarga og„iz orqali mos ravishda tozalangan suv, tajriba guruhidagi kalamushlarga esa 50 mg/kg va 100 mg/kg xisobida yig„madan tayyorlangan damlama og„iz orqali yuborildi. Tajriba boshlanguncha va tajribaning 30, 60, 90 va 120 daqiqalarida kalamushlardan qon olinib, undagi qand miqdori fermentativ usul bilan aniqlab chiqildi. Olingan natijalar matematik xisob kitob qilinib, nazorat guruxidan olingan natijalar bilan qiyosiy solishtirildi va o„rganilayotgan preparatning gipoglikemik ta‟siri aniqlandi. O„rganilgan tarkiblarning qandli diabetga qarshi ta‟siri, terapevtik samaradorlik bo„yicha baxolandi, ya‟ni “kuchli”, “o„rtacha”, “kuchsiz” va “juda past” ko„rsatkichlari bilan tarkiblar bir biri bilan qiyosiy o„rganildi. 7 Olingan natijalar 2-jadvalda keltirilgan bo„lib, undan ko„rinib turibdiki, 6-tarkib ya‟ni qoqio„t asosida gazandi bargi, na‟matak mevasi va chernika mevasi asosida tanlangan tarkib eng yuqori terapevtik samaradorlikni namoyon qilgan. 1-jadval Qandli diabetga qarshi mo„ljallangan yig„ma uchun o„rganilgan tarkiblar t/r O„simlik xom ashyosining nomi Yig„ma tarkiblari 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 1. Qoqio„t ildizi + + + + + + + + + + 2. Na‟matak mevasi - + - - - + - - - + 3. Qalampir yalpiz bargi - - + - - - + - - - 4. Frangula po„stlog„i - - - + - - - + - - 5. Valeriana ildizi + - - - + - - - + - 6. CHernika mevasi - + - - - + - - - + 7. Qizil loviya - - + - - - + - - - 8. Grek yong„og„i - - - + - - - + - - 9. Marmarak bargi + - - - + - - - + - 10. Chayon o„t bargi - + - - - + - - - + Izoh: O„simlik xom ashyolari 1:1 nisbatda olingan. 2-jadval Qandli diabetga qarshi mo„ljallangan yig„ma uchun tanlangan tarkiblarning terapevtik samaradorligini o„rganish natijalari O„rganilgan tarkib raqami Terapevtik samardorlik 1. + + 2. + + + 3. + + 4. + + + 5. + + + 6. + + + + 7. + + + 8. + + 9. + + 10. + Izoh: + + + + - kuchli antidiabetik ta‟sir namoyon bo„ldi. + + + - o„rtacha antidiabetik ta‟sir namoyon bo„ldi. + + - kuchsiz antidiabetik ta‟sir namoyon bo„ldi. + - juda past antidiabetik ta‟sir namoyon bo„ldi. 8 3-jadval Qandli diabetga mo„ljallangan yig„mani giperglikemiyada qondagi qand miqdoriga ta‟sirini o„rganish natijalari t/r O„rganilgan namuna Qondagi qandning boshlang„ich miqdori Alloksan yuborilgandan keyingi qand miqdori O„rganilgan vaqtlar, daqiqa 30 60 120 1. Fiziologik eritma, 1 ml 5,3±0,5 12,1±0,7 6,3±0,3 7,3±0,45 6,1±0,25 2. Taklif etilgan yig„ma (1) 11,2±1,1 5,5±0,25 6,05±0,3 5,4±0,3 3. Taklif etilgan yig„ma (2) 11,9±0,9 5,6±0,2 5,9±0,3 4,98±0,2 4. Taklif etilgan yig„ma (3) 11,4±1,0 5,3±0,25 5,6±0,4 5,25±0,2 Bundan xulosa qilib 6-tarkib bo„yicha taklif qilingan tarkib taklif etiladi: Qoqio„t ildizi - 10,0 Gazandi bargi - 10,0 Na‟xmatak mevasi - 10,0 CHernika mevasi - 10,0 Yig„maning umumiy og„irligi - 40,0 Antidiabetik ta‟sirga ega bo„lgan yig„maning texnologiyasi va tayyor yig„mani qadoqlash. Taklif etilgan tarkib bo„yicha qoqio„t ildizi, na‟matak mevasi, chernika mevasi va chayon o„t bargi alohida-alohida tortib olinib, maydalandi va teshigining diametri 0,2 mm bo„lgan elakdan o„tkazildi. So„ng o„simlik xom ashyolari bir xil aralashgunga qadar aralashtirilib, sifati baxolandi va 40,0 dan qadoqlandi. 4-jadval Qandli diabetga qarshi mo„ljallangan yig„maning son ko„rsatkichlarini aniqlash natijalari t/r O„rganilgan son ko„rsatkichlari Qoqio„t ildizi Na‟matak mevasi Chernika mevasi Chayono„t bargi Yig„ma 1. Namligi, % 14 15 17 14 15 2. Umumiy kul miqdori, % 8 3 3 20 8 3. 10% xlorid kislotasida erimaydigan kul miqdori,% 4 1 0,8 2 2 4. Bargni qoraygan va burushgan qismlari, % 10 1 0,25 5 4 5. 7 mm li elakdan o„tmagan qismlari 10 3 1 10 6 6. 0,5 mm li elakdan o„tgan qismlari, % 10 2 1 15 7 7. Organik aralashmalar, % 0,5 0,5 2 2 1 8. Mineral aralashmalar, % 2 0,5 0,5 1 1 9 2-mavzu. Galmanin va sun‟iy karlovar tuzi kukunlarini tayyorlash texnologiyasi Maqsad: Korxona sharoitida ishlab chiqariladigan kukunlar haqida umumiy tushunchalarga ega bo„lish, ularni ishlab chiqarishda ishlatiladigan yordamchi moddalar bilan tanishish. Korxona sharoitida kukunlarni ishlab chiqarish texnologiyasini o„zlashtirish. Mavzuning axamiyati: Qattiq dori shakllari korxona sharoitida ishlab chiqariladigan TDVning asosiy qismini tashkil qiladi. Jumladan kukunlar tayyorlanish texnologiyasi bo„yicha nisbatan oson va qulay bo„lganigi uchun ularni ishlab chiqarish ko„lami bugungi kunda ancha keng. Ishlatilish nuqtai nazaridan ham kukunlar bir qancha afzalliklarga egadir. Ayniqsa ularni tayyorlashda tarkib uchun yordamchi moddalar turi va miqdorini to„g„ri tanlash, tayyor kukunlarni nafaqat biologik samaradorligini, balki ularning turg„unligini ham ta‟minlashda asosiy omil bo„lib hizmat qiladi . Amaliy mashg„ulot mavzusini yoritishda “Aylana stol” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi Vaziyatli masalalar: 1. Kukunni tarkibiga kirgan yordamchi moddalarni namligi yuqori 2. Massa belgilangan vaqtda yaxshi aralashmagan. 3. Galmaninni saqlash jarayonida bo„lakchalar hosil bo„ldi. Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar:: 1. Sun‟iy karlovar tuzi kukunining tarkibi. 2. Murakkab chuchukmiya kukuni tarkibi. 3. Galmanin kukuni tarkibi. 4. Korxonada ishlab chiqariladigan kukunlarni texnologik bosqichlari. 5. Kukunlarni tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar. 6. Tegirmonlar. 7. Kukunlarning maydalik darajalari 8. Korxona sharoitida ishlatiladigan aralashtirgichlar. 9. Korxonada ishlatiladigan elaklar. Ўқитувчи: саноат миқѐсида ишлаб чиқариладиган кукунларнинг авзалликлари? 5-талаба: мураккаб асбоб ускуналарни талаб этилмаслиги 2-талаба: Ишлаб чиқариш кўламининг оддийлиги ва қулайлиги 1-талаба: Ишлаб чиқариш кўламининг кенглиги 4-талаба: Таъсир қилувчи моддаларни ҳар хил физик-кимѐвий жараѐнлардан ҳимояланганлиги 6-талаба: дозаларга аниқ бўлинганлиги 3-талаба: кукунларни ичиш, ташқи мақсадлар ва инъекция учун ишлатилиши 10 10. Korxonada ishlab chiqariladigan kukunlarni ishlatilishi. 1-laboratoriya ishi Galmanin kukuni. Pul. Galmaninum. Vazifa 1. 12,0 g galmanin tayyorlang. 2. Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarishni chizing. 3. Tayyor maxsulotning sifatini tekshiring. Tarkibi. Salitsil kislotasi - 2 g. Rux oksidi - 10 g. Talk - 44 g. Kraxmal - 44 g. Kerakli asbob uskunalar va yordamchi materiallar. 1. M.X.Islamgulov asbobi. 2. CHinni kosacha. 3. Teshigining diametri 100 mkm bo„lgan elak. 4. Qopqog„i zich berkiladigan shisha idish, polietilen xaltacha. 5. Pergament qog„ozi, slyuda, tosh va tarozilar. 6. Paxta, qog„oz quticha yoki sellofan xaltacha. 7. Salitsil kislota. 8. Rux oksidi, talk, kraxmal. Ishni bajarish tartibi: Kerakli mikdorda tortib olingan moddalar M.X.Islamgulov asbobiga solinib, 12 soniya davomida maydalanadi. Taxminan 40 soniyadan so„ng, asbob qopqog„i ochilib, maydalangan kukun pergament qog„ozga solinadi va teshigining diametri 100 mkm li elak orqali o„tkazilib, tortiladi. Tayyor maxulot asosiy ta‟sir qiluvchi moddalari bilan standartlanib, qadoqlanadi. Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarish tartibi Бажарилди Майдалаш Элаш Аралаштириш Баҳолаш Қадоқлаш Тайѐр маҳсулот Ҳосил бўлди Олинди Рух оксиди Салицил кислотаси Тальк Крахмал Қадоқловчи материал Кукун 11 Tayyor mahsulotning sifatini tekshirish Tayyor maxsulot tavsifi. Oq yoki och pushti rangli, ushlab ko„rilganda yog„simon xossaga ega, maydalanmagan zarrachalari sezilmaydigan kukun. Chinligi. Mahsulotning spirtli ajratmasiga temir (SH)-xlorid qo„shilganda binafsha rang hosil bo„ladi (salitsil kislotasi). Mahsulotni suvda qaynatib, sovutilgan eritmasi yod bilan havo rangli suyuqlik hosil qiladi (kraxmal). Maxsulotning kislotali ajratmasiga kaliy ferrotsianid eritmasi qo„shilganda oq cho„kma hosil bo„ladi (rux). Miqdorini aniqlash. Salitsil kislotasi preparatni efirli ajratmasidan neytrallash usuli bilan aniqlanadi. Uning mikdori 1,8-2,2% bo„lshii kerak. Rux oksidi eritma xoliga o„tkazilib, trilonometrik usulda aniqlanadi. Uning mikdori 9-11% bo„lishi lozim. Qadoqlash. 50 g dan qalin qog„oz qutichalarda chiqariladi. Saqlanishi. Quruq va salqin joyda saqlanadi. Ishlatilishi. Oyoq terlaganda antiseptik vosita sifatida ishlatiladi. 2-laboratoriya ishi Sun‟iy karlovar tuzi kukuni. Pul. Sal Carolinum Factitium. Vazifa 1. 8 g sun‟iy karlovar tuzini tayyorlang. 2. Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarishni chizing. 3. Tayyor maxsulotning sifatini tekshiring. Tarkibi. Natriy sulfat (quritilgani) - 44 g. Natriy gidrokarbonat - 36 g. Natriy xlorid - 18 g. Kaliy sulfat - 2 g. Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar: 1. M.X.Islamgulov asbobi. 2. CHinni kosacha. 3. Teshigining diametri 200 mkm bo„lgan elak. 4. Qopqog„i zich berkiladigan shisha idish, polietilen xaltacha. 5. Pergament qog„oz, slyuda, tosh va tarozilar. 6. Paxta, qog„oz quticha yoki sellofan xaltacha. 7. Natriy sulfat, natriy gidrokarbonat, natriy xlorid va kaliy sulfat. Ishni bajarish tartibi: Kerakli mikdorda tortib olingan moddalar M.X.Islamgulov asbobiga solinib, 12 soniya davomida maydalanadi. Taxminan 40 soniyadan so„ng, asbob qopqog„i ochilib, maydalangan kukun pergament qog„ozga solinadi va teshigining diametri 200 mkm li elak orqali o„tkazilib, tortiladi. Tayyor maxsulot baxolanib, qadoqlanadi. 12 Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarish Tayyor maxsulotning sifatini tekshirish Tayyor maxsulot tavsifi. Oq, 10 qism suvda eriydigan kukun. CHinligi. Gidrokarbonatlarga suyultirilgan kislota qo„shilganda karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi. Sulfatlar bariy xlorid eritmasi yordamida oq cho„kma hosil qilishi bilan aniqlanadi. Xloridlar kislotali muhitda kumush nitrat eritmasi bilan oq cho„kma hosil qiladi. Kaliy ioni natriy kobalta nitrit eritmasi bilan sariq-tillarang cho„kma beradi. Natriy ioni rangsiz alangani sariq rangga bo„yaydi. Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling