Tayyor dori turlari texnologiyasi
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
Oquv-uslubiy qollanma
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar: 1. 5,0 g maydalangan va changdan tozalangan valeriana ildizi va ildizpoyasi. 2. Perkolyator - 1 ta. 3. Hajmi 200 ml bo„lgan yig„gich kolba. 4. SHisha tayoqcha, filtr qog„ozi, doka va chinni bo„lakchalari. 5. 70% li etil spirti - etarli miqdorda. 6. Tosh va tarozi. Ishni bajarish tartibi: Perkolyator tubiga 3-4 qavatli doka joylashtirilib, ajratuvchi bilan namlanadi (70% li etil spirti). 5,0 g maydalangan va changdan tozalangan (1-8 mm) valeriana ildizi va ildizpoyasi, perkolyatordagi doka ustiga bir me‟yorda joylashtiriladi va shisha tayoqcha bilan zichlanadi. Ish jarayonida xom ashyo yuzaga qalqib chiqib ketmasligi uchun, uning ustiga filtr qog„ozi qo„yilib, 3-4 dona chinni bo„lakchalari bilan bostirib qo„yiladi. Xom ashyo ichidagi xavoni chiqarib yuborish uchun perkolyatorning jo„mragi ochilib, suyuqlik tusha boshlagunga qadar toza ajratuvchi quyiladi va suyuqlik tusha boshlagach, jo„mrak berkitilib, “oynasimon yuza” xosil bo„lguncha (xom ashyo ustidan 1-2 sm qalinlikda) toza ajratuvchi quyiladi. Jo„mrakdan oqib chiqqan suyuqlik qaytadan perkolyatorga solinadi va perkoloyatorning usti 2 qavatli polietilen bilan berkitilib, 24 soatga qoldiriladi. Belgilangan vaqt o„tgandan so„ng, umumiy olinishi lozim bo„lgan tayyor maxsulotning 1/4 qismiga teng miqdorda (6,25 ml) ajratma quyib olinadi. Perkolyatorga yana “oynasimon yuza” xosil bo„lguncha toza ajratuvchi quyilib, 1-1,5 soatga qoldiriladi. So„ng yana 1/4 qism ajratma quyib olinadi. Bu jarayon yana ikki marta takrorlanib, olingan ajratmalar birlashtiriladi. Agar umumiy hajm 25 ml ga etmasa, toza ajratuvchi ya‟ni 70% li spirt bilan etkaziladi. Tayyor ajratma begona moddalardan tozalash uchun salqin joyda (8-10 0 S) bir kunga tindirib qo„yiladi. Keyin ajratma quruq shisha idishga qat-qat filtr qog„ozi orqali filtrlanadi. 68 Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarish tartibi Олинди Бажарилган иш Хосил бўлди 96,2% спирт 70% спирт Майдалаш Тозаланган сув Аралаштириш Валериана илдизи ва илдизпояси Элаш 24 соатга қолдириш 1-ажратма Қуйиб олиш 1-1,5 соатга қолдириш Қуйиб олиш 1-1,5 соатга қолдириш Қуйиб олиш 1-1,5 соатга қолдириш Қуйиб олиш 2-ажратма 3-ажратма Ажратмаларни бирлаштириш 4-ажратма 70% спирт 70% спирт 70% спирт Баҳолаш Қадоқлаш Тайѐр махсулот Қадоқловчи материал Тиндириш 69 2-laboratoriya ishi Valeriana nastoykasi. Tinctura Valerianae Vazifa 1. 100 ml valeriana nastoykasini girdob usulida tayyorlang. 2. Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarishni chizing. Tarkibi. Valeriananing maydalangan ildizi va ildizpoyasi - 200,0 g 70% li etil spirti - 1 l nastoyka xosil bo„lguncha. Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar: 1. 20,0 g maydalangan valeriana ildizi va ildizpoyasi. 2. RT-2 to„qima mikromaydalagich. 3. Sekundomer. 4. Doka va varonka. 5. Hajmi 200 ml bo„lgan shisha idish. 6. 70% li etil spirti - etarli miqdorda. 7. Tosh va tarozi. Ishni bajarish tartibi: Ajratma aralashtirish tezligi daqiqasiga 3000-5000 bo„lgan RT-2 to„qima mikromaydalagich asbobida olinadi. 100 ml nastoyka tayyorlash uchun 20,0 g maydalangan (1-8 mm) xom ashyo asbobga joylanib, shimish ko„rsatkichini xisobga olgan xolda 130 ml 70% li etil spirti quyiladi. Asbob 5 daqiqa ishlatilib, 10 daqiqa to„xtatiladi. Bu xolat 4 marta qaytariladi. Ajratma tagiga paxta va 2 qavatli doka solingan varonka orqali suzilib, xom ashyo siqiladi. Agar xosil bo„lgan nastoyka 100 ml dan kam bo„lsa, xom ashyo 70% li spirt bilan yuvilib, siqib, kerakli hajmga etkaziladi. Nastoyka zich berkitiladigan shisha idishga solinib, begona moddalardan tozalash uchun salqin joyda (8-10 o S da) 3-4 kunga qoldiriladi. So„ngra qat-qat filtr orqali shisha idishga suziladi va baholanadi. Ishlatilgan xom ashyodan spirt suv yordamida yuvib olinadi. Masala. 150 ml belladonna nastoykasini tayyorlash uchun zarur bo„lgan xom ashyo va ekstragent miqdorini toping (K sarflanish 2). Echish. Belladonna kuchli ta‟sir etuvchi modda saqlaganligi sababli 1:10 nisbatda tayyorlanadi. 1 : 10 1 . 150 X: 150 X = --------- = 15 g xom ashyo. 10 V = 150 + 15 . 2 = 180 ml 40% li etil spirti. 70 Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarish tartibi Олинди Бажарилган иш Хосил бўлди 70% ли этил спирти Асбобни 5 дақиқа ишлатиш Аралаштириш Валериана илдизи ва илдизпояси 10 дақиқа дам олдириш Сузиш Хом ашѐни сиқиш Баҳолаш Қадоқлаш Тайѐр махсулот Қадоқловчи материал Хом ашѐни ювиш ва керакли хажмгача етказиш РТ-2 тўқима майдалагич Асбобни 5 дақиқа ишлатиш 10 дақиқа дам олдириш Асбобни 5 дақиқа ишлатиш 10 дақиқа дам олдириш Асбобни 5 дақиқа ишлатиш 10 дақиқа дам олдириш Пахта ва 2 қаватли дока солинган воронка 70% ли этил спирти 71 Tayyor maxsulotning tavsifi. Qizil-qo„ng„ir rangli, tiniq, o„ziga xos xushbo„y xidli yoqimli chuchmal mazaga ega suyuqlik. Quyosh nuri ta‟sirida rangi to„qlashadi. Preparatda quruq qoldiq miqdori 3% dan, spirt 66% dan, valerian kislotasi 0,2% dan kam bo„lmasligi kerak. Qadoqlash. 20 kg li yoki 25-50 ml li jigarrang shisha idishlarda chiqariladi. Saqlanishi. Zich berkitilgan shisha idishlarda, qorong„i va salqin joylarda saqlanadi. Ishlatilishi. YUrak qon tomir, asab kasalliklarida, uyqusizlikda, me‟da ichak yo„llari tarangligini bo„shashtirishda tinchlantiruvchi dori sifatida ishlatiladi. Bir kunda 20-30 tomchidan 3-4 marta beriladi. 3-laboratoriya ishi Ermon nastoykasi Tinctura Absintii Vazifa 1. 50 ml ermon nastoykasini markazdan qochma kuchga asoslangan usul yordamida tayyorlang. 2. Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarishni chizing. Tarkibi. Ermon o„simligining er ustki qismi - 200,0 g. 70% li etil spirti - 1 l nastoyka xosil bo„lguncha. Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar: 1. 10,0 g ermon o„simligining er ustki qismi. 2. Kofe maydalagich. 3. Stakan. 4. Sharbat oluvchi SV-1 asbobi. 5. 70% li etil spirti - kerakli miqdorda. 6. SHisha tayoqcha, qat-qat filtr qog„ozi. 7. Tosh va tarozi. Ishni bajarish tartibi: Bu usul mumkin qadar maydalangan xom ashyodan (maydalik darajasi 0,25 mm va undan kichik) foydalanishga va ajratmani sharbat oluvchi SV-1 asbobi yordamida ajratib olishga asoslangan. 10,0 g erman o„simligining er ustki qismi kofe maydalagichda 45 soniya davomida maydalanadi. Xosil bo„lgan talqonning 70% 0,25 mm dan mayda va 30% 0,25 mm dan yirik bo„ladi. Maydalangan talqon 100 ml li stakanga solinadi, ustiga 65 ml 70% li spirt solib, shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi va bo„kish uchun 5 daqiqaga usti yopiq xolda qoldiriladi. So„ngra stakandagi massa sharbat ajratuvchi asbobga o„tkaziladi. Asbob rotori aylanganda tebranmasligi (zirrillamasligi) uchun massa idishga bir tekisda joylashtiriladi va qopqog„i yopiladi. So„ngra asbob 30 soniya elektr tarmog„iga ulanadi. Ajratma asbob tarnovchasidan yig„ib olinib, begona moddalardan tozalash uchun salqin joyda (8-10 o S) 1 kun muddatga qoldiriladi. Keyin qat-qat filtr qog„ozi orqali idishga suziladi, baxolanadi va tayyor maxsulot sifatida topshiriladi. 72 Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarish tartibi Tayyor maxsulot tavsifi. Qo„ng„irsimon-yashil rangli, o„ziga xos xidga ega bo„lgan, mazasi taxir suyuqlik. 2 ml nastoykaga 1 ml suv qo„shilganda loyqalanish xosil bo„ladi. Quruq qoldiq miqdori 3% dan , spirt 64% dan kam bo„lmasligi kerak. Taxirlik ko„rsatkichi 1:4000 dan kam bo„lmasligi lozim. Qadoqlash. Jigarrang shisha idishlarda 18 kg dan, shisha idishchalarda 15, 25 va 50 ml dan chiqariladi. Saqlanishi. Zich berkitilgan shisha idishlarda, qorong„i joyda saqlanadi. Ishlatilishi. Ishtaxa ochuvchi, ovqat xazm qilish organlari ish faoliyatini yaxshilovchi dori vositasi sifatida ovqatdan 0,5 soat oldin, kuniga 2-3 marta, 10-20 tomchidan beriladi. Олинди Бажарилган иш Хосил бўлди Майдалаш Эрмон ўсимлигининг ер устки қисми Баҳолаш Қадоқлаш Тайѐр махсулот Қадоқловчи материал Керакли хажмгача етказиш Ажратма олиш 70% ли этил спирти СВ-1 шарбат олувчи асбоб Кофе майдалагич Аралаштириш 70% ли этил спирти 73 19-mavzu. Tog‟jambulning suyuq ekstraktini tayyorlash texnologiyasi Maqsad: Dorivor o„simlik xom ashyolaridan ekstraktlarni olish usullari va ularni tayyorlashdagi o„ziga xos tomonlar bilan tanishish. Dorivor o„simlik xom ashyolaridan suyuq, quyuq, quruq va moyli ekstraktlarni olish, ularni olishda ishlatiladigan usullarni qiyosiy baxolash. Ekstraktlarni sifat ko„rsatkichlari: quruq qoldiq miqdori, og„ir metall tuzlari, chinligi va miqdorini taxlil qilish. Mavzuning ahamiyati: Ekstraktlar nafaqat TDV balki boshqa turdagi dori vositalarini tayyorlashda ham keng ko„lamda ishlatilishi bilan ahamiyatlidir. SHuning uchun ham ularni tayyorlash texnologiyasini o„zlashtirish va kengaytirish katta amaliy ahamiyatga ega. SHunday ekan ularning nomenklaturasini ishlab chiqarish amaliyotida ko„paytirish katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Barcha TDV lari kabi ekstraktlar ham qator sifat ko„rsatkichlari bo„yicha baxolanadi. Amaliy mashg„ulot mavzusini yoritishda “Sen menga, men senga” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi Vaziyatli masalalar: 1. Tog„jambul suyuq ekstraktini tayyorlash uchun zarur bo„lgan glitserin yo„q. 2. Tayyorlangan quyuq ekstrakt tarkibidagi og„ir metall tuzlari va biologik faol modda miqdori me‟yoridan ko„p. 3. Bug„latish jarayonida olingan kondensatning rangi loyqa va toza emas. Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar: 1. Suyuq ekstraktlarga ta‟rif bering. 2. Suyuq ekstraktlarni tayyorlash bosqichlarini sanang. 3. Suyuq ekstraktlar qanday usullar bo„yicha tayyorlanadi? 4. Suyuq ekstraktlarni perkolyasiya usulida tayyorlash mohiyati. 5. Suyuq ekstraktlarni reperkolyasiya usullarida tayyorlash qanday amalga oshiriladi? 6. VNIIF usulida suyuq ekstraktlar qanday tayyorlanadi? 7. Girdob usulida suyuq ekstrakt tayyorlash mohiyati. 8. Nastoyka va suyuq ekstrakt tayyorlashdagi pekrolyasiya usulining farqi nimada? Ўқитувчи 1-талаба савол: Суюқ экстрактларни тайѐрланиш нисбатлари жавоб: перколяция, ВНИИФ ва реперколяция 2-талаба жавоб: 1:1 савол: Суюқ экстрактларни тайѐрлаш усуллари 3-талаба савол: жавоб: 4-талаба жавоб: савол: 5-талаба савол: жавоб: 6-талаба жавоб: савол: 74 9. Bosin usulida suyuq ekstrakt tayyorlash mohiyati. 10. Xom ashyoni teng bo„lmagan bo„laklarga bo„lib tugallanmagan siklda ajratma olish mohiyati qanday? 1-laboratoriya ishi Tog„jambul suyuq ekstrakti Extractum Serpylli fluidum Vazifa 1. 30 ml tog„jambul suyuq ekstraktini VNIIF usulida tayyorlang. 2. Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarishni chizing. Tarkibi. Maydalangan tog„jambul o„simligining er ustki qismi - 1000,0 g. Glitserin - 100,0 g. 30% li etil spirti - 1 l ekstrakt xosil bo„lguncha. Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar: 1. 30,0 g maydalangan oddiy tog„jambul o„simligining er ustki qismi. 2. Perkolyator - 3 ta. 3. Yig„gich kolba - hajmi 200 ml bo„lgan. 4. SHisha tayoqcha, filtr qog„ozi, doka va chinni bo„lakchalari. 5. Glitserin. 6. 30% li etil spirti - etarli miqdorda. Ishni bajarish tartibi: 3 mm kattalikda maydalangan 30,0 g oddiy tog„jambul o„simligining er ustki qismi 3 qismga bo„linib, 3 ta perkolyatorga 10,0 g dan solinadi. Birinchi perkolyatorga xom ashyo zarrachalari orasidagi xavo chiqib ketgunga qadar toza ajratuvchi (tarkibida glitserin saqlagan 30% li spirt) solinadi va “oynasimon yuza” xosil qilinadi. So„ngra perkolyator 2 soatga qoldirilib, keyin ajratma quyib olinadi va ikkinchi perkolyatorga o„tkaziladi, birinchisiga esa yana “oynasimon yuza” xosil bo„lgunga qadar toza ajratuvchi solinadi. Ikkinchi perkolyatordagi xavo chiqarib yuborilib, unga ham “oynasimon yuza” xosil bo„lgunga qadar toza ajratuvchidan solinadi. Har ikkala perkolyator ham yana 2 soatga qoldiriladi. Belgilangan vaqt o„tgandan so„ng ikkinchi perkolyatordagi ajratma uchinchi perkolyatorga, birinchidagi esa ikkinchiga o„tkazilib, birinchi perkolyatorga yana “oynasimon yuza” xosil bo„lgunga qadar toza ajratuvchi solinadi. Ikkinchi va uchinchi perkolyatorlardagi xavo chiqarib yuborilib, toza ajratuvchi bilan “oynasimon yuza” xosil qilinadi. So„ng har uchchala perkolyator ham 1 kun muddatga qoldiriladi. Belgilangan vaqt o„tgandan so„ng, uchinchi perkolyatordan tayyor maxsulotning umumiy hajmiga nisbatan 1/3 qism ajratma (10 ml) quyib olinib, ikkinchi perkolyatordagi ajratma yana uchinchi perkolyatorga, birinchidagi esa ikkinchi perkolyatorga o„tkaziladi. Birinchi perkolyator ishdan chiqariladi. Ikkinchi va uchinchi perkolyatorlar yana 2 soatga qoldirilib, so„ngra uchinchi perkolyatordan yana umumiy olinishi kerak bo„lgan ajratmaning 1/3 qismi ya‟ni 10 ml quyib olinadi. So„ngra ikkinchi perkolyatordagi ajratma uchinchi perkolyatorga o„tkazilib, ikkinchi perkolyator ishdan chiqariladi. Uchinchi perkolyatorda “oynasimon yuza” xosil qilinib, yana 2 soatga qoldiriladi. Belgilangan muddat o„tgandan so„ng yana 10 ml miqdorida ajratma quyib olinadi. Ajratmalar birlashtirilib, begona moddalardan tozalanadi. 75 Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarish tartibi Tayyor maxsulot tavsifi. Qo„ng„ir rangli, achchiq mazali va tog„jabul hidiga ega bo„lgan suyuqlik. Quruq qoldiq miqdori 8% dan, spirt miqdori 22% dan kam bo„lmasligi kerak. Qadoqlash. 20,0 kg dan jigarrang shisha idishlarda chiqariladi. Saqlanishi. Qorong„i va salqin joyda 1 yilgacha saqlanadi. Ishlatilishi. Balg„am ko„chiruvchi, bel og„riganda (radikulit) og„riq qoldiruvchi dori vositasi sifatida ishlatiladi. Ekstrakt “Pertussin” preparati tarkibiga kiradi. Ажратма олиш 3-ажратма Тиндириш ва сузиш Баҳолаш Қадоқлаш Қадоқловчи материал Тайѐр маҳсулот 24 соатга қолдириш Олинди Бажарилган иш Хосил бўлди Аралаштириш 30% ли этил спирти Жойлаштириш 1-перколятор Глицерин Глицеринни спиртли эритмаси Тоғжамбул ер устки қисми 2 соатга қолдириш Жойлаштириш 2-перколятор Тоғжамбул ер устки қисми 2 соатга қолдириш Ажратма олиш 1-ажратма Жойлаштириш 3-перколятор Тоғжамбул ер устки қисми Ажратма олиш 2-ажратма 76 20-mavzu. Chuchukmiyaning quyuq ekstraktini tayyorlash texnologiyasi Maqsad: Dorivor o„simlik xom ashyolaridan ekstraktlarni olish usullari va ularni tayyorlashdagi o„ziga xos tomonlar bilan tanishish. Dorivor o„simlik xom ashyolaridan suyuq, quyuq, quruq va moyli ekstraktlarni olish, ularni olishda ishlatiladigan usullarni qiyosiy baxolash. Ekstraktlarni sifat ko„rsatkichlari: quruq qoldiq miqdori, og„ir metall tuzlari, chinligi va miqdorini taxlil qilish. Mavzuning ahamiyati: Ekstraktlar nafaqat TDV balki boshqa turdagi dori vositalarini tayyorlashda ham keng ko„lamda ishlatilishi bilan ahamiyatlidir. Shuning uchun ham ularni tayyorlash texnologiyasini o„zlashtirish va kengaytirish katta amaliy ahamiyatga ega. SHunday ekan ularning nomenklaturasini ishlab chiqarish amaliyotida ko„paytirish katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Barcha TDV lari kabi ekstraktlar ham qator sifat ko„rsatkichlari bo„yicha baxolanadi. Amaliy mashg„ulot mavzusini yoritishda “Sen menga, men senga” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi Vaziyatli masalalar: 1. Tayyorlangan quyuq ekstrakt tarkibidagi og„ir metall tuzlari va biologik faol modda miqdori me‟yoridan ko„p. 2. Bug„latish jarayonida olingan kondensatning rangi loyqa va toza emas. 3. Quruq ekstrakt tayyorlashda uning namligini yo„qotish qiyinlashdi. Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar: 1. Quyuq ekstraktlar tarifi. 2. Quyuq ekstraktlar olishda qanday ajratuvchilardan foydalaniladi? 3. Quyuq ekstraktlar ishlab chiqarishni qanday o„ziga xos kamchiliklari bor? 4. Quyuq ekstraktlar olishni texnologik jarayonlarini ayting. 5. Qarama-qarshi oqimda ajratma olish usullarini sanang. 6. Likopchali diffuzion asbobda ajratma olish mohiyati. 7. Prujina kurakchali asbobning ishlash tartibi qanday? Ўқитувчи 1-талаба савол: Суюқ экстрактларни тайѐрланиш нисбатлари жавоб: перколяция, ВНИИФ ва реперколяция 2-талаба жавоб: 1:1 савол: Суюқ экстрактларни тайѐрлаш усуллари 3-талаба савол: жавоб: 4-талаба жавоб: савол: 5-талаба савол: жавоб: 6-талаба жавоб: савол: 77 8. Quyuq ekstraktlar olishdagi usullarning bir-biridan afzallik va kamchilik tomonlari nimada? Quruq ekstraktlarga ta‟rif bering. 9. Ekstraktorlar batareyasida ajratma olish qanday bajariladi? 10. Aylanma (sirkulyasion) usulda ajratma olish nima? 11. Sokslet apparati yordamida ajratma olish jarayoni nimalardan iborat? 12. Xladonlar yordami ajratma qanday olinadi? 13. Suyultirilgan gazlar yordamida ajratma olishda ishlatiladigan asbobning ishchi qismlarini sanang. 14. Suyultirilgan karbonat angidridi yordamida ajratma olish qanday amalga oshiriladi? 15. Quyuq va quruq ekstraktlarning qanday sifat ko„rsatkichlari o„rganiladi? 16. Quyuq ekstraktlar tarkibidagi quruq qoldiq qanday aniqlanadi? 1-laboratoriya ishi Chuchukmiya ildizi quyuq ekstrakti Extractum Glycyrrhizae spissum Vazifa 1. Qayta matseratsiya usulida 20 g xom ashyodan quyuq chuchukmiya ekstraktini tayyorlang. 2. Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarishni chizing. 3. Tayyor maxsulotning sifatini tekshiring. Tarkibi. Maydalangan chuchukmiya ildizi - etarli miqdorda 0,25% li ammiak eritmasi - etarli miqdorda. Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar: 1. 20,0 g maydalangan chuchukmiya ildizi. 2. Hajmi 100 ml bo„lgan, og„zi keng va zich yopiladigan shisha idish. 3. SHisha tayoqcha, filtr qog„ozi, doka. 4. Bug„latgich. 5. 0,25% li ammiak eritmasi - etarli miqdorda. 6. Tozalangan suv, kaolin, kraxmal va qand. Ishni bajarish tartibi: 20,0 g maydalangan va changdan tozalangan chuchukmiya ildizi og„zi keng va zich yopiladigan shisha idishga solinib, ustiga xom ashyoga nisbatan 5 baravar ko„p miqdorda (100 ml) 0,25% li ammiak eritmasi quyib, shisha tayoqcha yordamida aralashtiriladi va 48 soatga qoldiriladi, so„ng ajratma quyib olinadi. Xom ashyo 2 qavatli doka orqali siqib olinadi va qaytadan shisha idishga solinib, xom ashyoga nisbatan 3 baravar ko„p miqdorda ammiak eritmasi bilan aralashtirilib, yana 24 soatga qoldiriladi. Belgilangan vaqt o„tgandan so„ng ajratma quyib olinib, xom ashyo yana siqiladi va xar ikkala ajratma birlashtirilib, begona moddalardan tozalash uchun 12 soatga salqin joyda qoldiriladi. So„ngra ajratma suzib olinib, 3 soat mobaynida qaynatiladi. Suyuqlikning umumiy xajmiga nisbatan 5% ko„p miqdoridagi suv bilan aralashtirilib, bo„tqasimon massa xoliga keltirilgan kaolin, ajratmaning ustiga solinadi va 3 kunga salqin joyda qoldiriladi. Suyuqlik suziladi va vakuum bug„latgich yordamida quyuq xolatga kelgunga qadar bug„latiladi. Tayyor maxsulot tortib olinib, undagi glitserrizin kislotasining miqdori aniqlaniladi. Agar uning miqdori massa tarkibida me‟yordan ortiq bo„lsa, kraxmal yoki qand qo„shib me‟yoriga keltiriladi. 100,0 g chuchukmiya ildizidan qancha quyuq ekstrakt tayyorlash mumkinligini nazariy xisoblash: 100,0 g chuchukmiya ildizida - 6,0 g glitserrizin kislotasi bo„lsa 20,0 g chuchukmiya ildizida - X g glitserrizin kislotasi bo„ladi. 2 , 1 100 20 6 Х g glitserrizin kislotasi bo„ladi. 78 100,0 g quyuq ekstraktda - 14,0 g glitserrizin kislota bo„lsa X g quyuq ekstraktda - 1,2 g glitserrizin kislotasi bo„ladi. 6 , 8 14 100 2 , 1 Х g quyuq ekstrakt Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling