Tayyor dori turlari texnologiyasi
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
Oquv-uslubiy qollanma
99 26-mavzu. Novokain in‟eksion eritmasini tayyorlash texnologiyasi Maqsad: In‟eksion eritmalarni korxona sharoitida tayyorlash texnologiyasi bilan tanishish, shuningdek turg„unlashtiruvchilar qo„shib va qo„shmasdan tayyorlanadigan preparatlardan in‟eksion eritmalar tayyorlashda ularni turg„unligi ta‟minlash chora-tadbirlari bilan tanishish. Mavzuning ahamiyati: Korxona sharoitida in‟eksion eritmalarni ishlab chiqarish va tayyorlangan in‟eksion eritmaning turg„unligini ta‟minlash katta amaliy ham iqtisodiy ahamiyatga ega. Sababi in‟eksion eritmalar boshqa dori turlaridan tozaligi, sterilligi, apirogenligi va inson organizmiga to„g„ridan-to„g„ri kiritilishi bilan tubdan farq qiladi. Amaliy mashg„ulot mavzusini yoritishda “Aylana stol” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi Vaziyatli masalalar: 1. 2% novokain va askorbin kislotasi eritmalarini rangi turishi natijasida o„zgarib qoldi. 2. Ampuladagi yozuv xira, harflar bir-biriga qo„shilib ketgan. 3. Ampulalarni eritma bilan bir xil to„lmaganligi kuzatildi. 4. Ampuladagi eritma tozaligi buyicha nazoratdan o„tmadi. 5. Ampulani bir xil kavsharlanmaganligi kuzatildi. 6. Ampulalardagi eritma sterilligi bo„yicha nazoratdan o„tmadi. Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar:: 1. Korxonada in‟eksion eritmalar qanday tayyorlanadi? 2. 200 ml 0,2% li novokain eritmasini tayyorlab, ampulalarga 1 ml dan quying. 3. 300 ml 10% li kofein benzoat natriy eritmasini tayyorlab, ampulalarga 2 ml dan quying. 4. Ampulalarni ine‟ksion eritmalar bilan to„ldirish usullari. 5. Ampulalarni shprits usulida to„ldirishni ijobiy va salbiy tomonlari. 6. Vakuum usulida to„ldirishning afzalligi va kamchiligi. 7. Ampuladagi in‟eksion eritmalarni sterillash usullari. 8. Termolabil in‟eksion eritmalarni sterillash usullari. 9. “Vladipor” filtri kaysi guruxdagi filtrlarga misol bo„la oladi? 10. Ampulalarni kavsharlash qanday amalga oshiriladi? Ўқитувчи савол: Турғунлаштирувчилар қўшмасдан тайѐрланадиган иъекцион эритмалар 1-талаба жавоб: цианокоболамин 2-талаба жавоб: бемегрид 3-талаба жавоб: глюкоза 4-талаба жавоб: кальций глюконат 5-талаба жавоб: эуфиллин 6-талаба жавоб: диколин 7-талаба жавоб: гексаметилентетрамин 100 1-laboratoriya ishi Novokainni 0,25% li in‟eksion eritmasi. Solutio Novocaini 0,25% pro inectionibus. Vazifa 1. 250 ml 0,25% novokainni in‟eksion eritmasini tayyorlang va filtrlang. 2. Eritmani ampulalarga 1,1 ml dan quying va kavsharlang. 3. Sterillangan ampulalarni butunligini tekshiring. 4. Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarishni chizing. 5. Tayyor mahsulotning sifatini tekshiring. Tarkibi. Novokain - 2,5 g 0,1 mol/l xlorid kislota eritmasidan rN - 3,8-4,5 bo„lguncha. In‟eksion suv - 1 l gacha. Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar: 1. 250 ml hajmli silindr. 2. Novokain, in‟eksion suv va 0,1 mol/l li xlorid kislotasi. 3. Tosh va tarozi. 4. Vakuum nasos va “qo„ziqorin” filtri. 5. Kristalizator, kasseta va gaz gorelkasi. 6. SHisha tayoqcha, chinni kosacha, pergament qog„ozi. 7. Quritgich javoni, ekstraktor, sterilizator va UB lampa va metilen ko„ki eritmasi. Ishni bajarish tartibi: 250 ml li silindrga 0,63 g novokain solib, 20-30 ml in‟eksion suvda eritiladi va unga 0,1 mol/l li xlorid kislotasi qo„shiladi. So„ngra in‟eksion suv bilan 250 ml gacha etkaziladi. Eritma vakuum nasos yordamida “qo„ziqorin” filtri orqali suziladi. Eritmaning tozaligi qurollanmagan ko„z bilan tekshiriladi. Ampulalarni eritma bilan to„ldirishda vakuum ekstraktordan foydalaniladi. Quruq va toza kyuvetaga filtrlangan eritma solib, kassetaga terilgan ampulalarning kapillyar qismi eritmaga botirilgan holda joylashtiriladi. Kyuveta asbob idishiga tushiriladi, zichlab berkitiladi va 0,6-0,7 mm simob ustuniga teng vakuum xosil bo„lguncha qo„lda ishlaydigan nasos yordamida havosi so„rib olinadi. So„ngra asbob jo„mragi ochilib idishga filtrlangan havo yuboriladi. Bunda ampulalar 1,1 ml miqdorda eritma bilan to„ladi. Ampulaning kapillyar qismida qolgan suyuqlikni ampula ichiga solish uchun ular kasseta bilan birga kapillyarlarini yuqoriga qaratib asbobga joylashtiriladi va filtrlangan havo yuboriladi. Natijada kapillyardagi suyuqlik ampula ichiga tushadi. Ampulada qolgan suyuqlik hajmi belgilangan miqdorga teng bo„ladi. SHundan so„ng asbobning havo jo„mragi va qopqog„i ochilib, undagi eritma bilan to„lgan kasseta olinadi. Eslatma. Agar ampula quritilmagan xolda eritma bilan to„ldiriladigan bo„lsa, u xolda eritma 10% kuchliroq qilib tayyorlanadi va ampulaga 1 ml dan quyiladi. Ampulani kavsharlash. Ampulani kavsharlash uchun uning kapillyarlari alanganing yashil kismiga tutib, asta-sekin o„z o„qi atrofida aylantiriladi. So„ngra pergament qog„oziga o„rab, suv bug„i oqimida 30 daqiqa sterillanadi. Ampulaning butunligini tekshirish. Ampuladagi eritma sterillangandan so„ng uning butunligi tekshiriladi. Buning uchun chinni kosachaga 0,01% li metilen ko„ki eritmasi solinib, avtoklavdan olingan issiq ampula unga tushiriladi va 2-3 daqiqaga quyib qo„yiladi. Agar ampula devori darz ketgan yoki kapillyari yaxshi kavsharlanmagan bo„lsa, bosimlar farqi hisobiga uning ichiga rangli eritma kiradi. Bo„yalib qolgan ampulalar ajratib olinadi. Qolgan ampulalar distillangan suv bilan yuvilib, sochiq bilan artib quritiladi va eritmaning tozaligi tekshiriladi. Saralash. Ampulalar 100% tekshiruvdan o„tkaziladi. Buning uchun ampula chayqatilib, 40 Vt li reflektor lampa yordamida ko„zdan kechiriladi. Eritmada begona moddalar (shisha kukuni, organik moddalarning kuygan bo„lakchalari, to„qima iplari) bo„lsa, bunday ampulalar ajratib olinadi. 101 Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarish Бажарилди Керакли ҳажмгача етказиш Баҳолаш Тайѐр маҳсулот Ҳосил бўлди Олинди Новокаин Новокаин эритмаси Инъекция учун ишлатиладиган сув Сузиш Саралаш Кавшарлаш Тўлдириш Стериллигини текшириш Стериллаш ва ампула бутунлигини текшириш Қадоқлаш Ёрлиқлаш 0,1 моль/л HCl эритмаси Турғунлаштириш Инъекция учун ишлатиладиган сув Эритиш “қўзиқорин” фильтри Ампула Қадоқловчи материаллар 102 Tayyor maxsulotning sifatini tekshirish Tayyor maxsulot tavsifi. Rangsiz, tiniq eritma, rN 3,8-4,5. 1 ml eritmada 0,00242-0,00258 g novokain bo„lishi kerak. CHinligi. Preparat natriy nitrit va v-naftolning ishqoriy eritmasi ta‟sirida qizil rangga bo„yaladi yoki qizil cho„kma xosil qiladi (aminlar). Natriy gidroksid ta‟sirida esa yog„simon rangsiz cho„kma xosil qiladi (novokain asosi). Preparatning rN qiymati 3,8-4,5 bo„lishi kerak. Miqdorini aniqlash. Buning uchun nitritometrik usuldan foydalaniladi. 1ml preparatda 0,00242-0,00258 g novokain bo„lishi kerak, bu 0,25% li eritmaga to„g„ri keladi. Qadoqlash. 1, 2, 5 va 10 ml li ampulalarda qalin qog„oz yoki polimerdan tayyorlangan idishda 10 donadan chiqariladi. Saqlanishi. Extiyotlik bilan “B” ro„yxat bo„yicha qorong„i joyda saqlanadi. Ishlatilishi. Etni o„ldiruvchi (anestetik) dori sifatida ishlatiladi. Bir martalik miqdori 0,25% li novokain eritmasi uchun 0,05 g, kunligi esa 0,25% li novokain eritmasi uchun 0,1 g ni tashkil etadi. 103 27-mavzu. Novokainamid in‟eksion eritmasini tayyorlash texnologiyasi Maqsad: In‟eksion eritmalarni korxona sharoitida tayyorlash texnologiyasi bilan tanishish, shuningdek turg„unlashtiruvchilar qo„shib va qo„shmasdan tayyorlanadigan preparatlardan in‟eksion eritmalar tayyorlashda ularni turg„unligi ta‟minlash chora-tadbirlari bilan tanishish. Mavzuning ahamiyati: Korxona sharoitida in‟eksion eritmalarni ishlab chiqarish va tayyorlangan in‟eksion eritmaning turg„unligini ta‟minlash katta amaliy ham iqtisodiy ahamiyatga ega. Sababi in‟eksion eritmalar boshqa dori turlaridan tozaligi, sterilligi, apirogenligi va inson organizmiga to„g„ridan-to„g„ri kiritilishi bilan tubdan farq qiladi. Amaliy mashg„ulot mavzusini yoritishda “Aylana stol” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi Vaziyatli masalalar: 1. 2% novokain va askorbin kislotasi eritmalarini rangi turishi natijasida o„zgarib qoldi. 2. Ampuladagi yozuv xira, harflar bir-biriga qo„shilib ketgan. 3. Ampulalarni eritma bilan bir xil to„lmaganligi kuzatildi. 4. Ampuladagi eritma tozaligi buyicha nazoratdan o„tmadi. 5. Ampulani bir xil kavsharlanmaganligi kuzatildi. 6. Ampulalardagi eritma sterilligi bo„yicha nazoratdan o„tmadi. Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar:: 1. Korxonada in‟eksion eritmalar qanday tayyorlanadi? 2. 200 ml 0,2% li novokain eritmasini tayyorlab, ampulalarga 1 ml dan quying. 3. 300 ml 10% li kofein benzoat natriy eritmasini tayyorlab, ampulalarga 2 ml dan quying. 4. Ampulalarni ine‟ksion eritmalar bilan to„ldirish usullari. 5. Ampulalarni shprits usulida to„ldirishni ijobiy va salbiy tomonlari. 6. Vakuum usulida to„ldirishning afzalligi va kamchiligi. 7. Ampuladagi in‟eksion eritmalarni sterillash usullari. 8. Termolabil in‟eksion eritmalarni sterillash usullari. 9. “Vladipor” filtri kaysi guruxdagi filtrlarga misol bo„la oladi? 10. Ampulalarni kavsharlash qanday amalga oshiriladi? 1-laboratoriya ishi Novokainamidni 10% li in‟eksion eritmasi. Ўқитувчи савол: Турғунлаштирувчилар қўшмасдан тайѐрланадиган иъекцион эритмалар 1-талаба жавоб: цианокоболамин 2-талаба жавоб: бемегрид 3-талаба жавоб: глюкоза 4-талаба жавоб: кальций глюконат 5-талаба жавоб: эуфиллин 6-талаба жавоб: диколин 7-талаба жавоб: гексаметилентетрамин 104 Solutio Novocainamidi 10% pro inectionibus. Vazifa 1. 250 ml 10% li novokainamid eritmasini tayyorlang. 2. 10 ta ampulaga 1,1 ml dan eritmani quyib kavsharlang. 3. Sterillang va ampulani butunligini tekshiring. 4. Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarishni chizing. 5. Tayyor maxsulotning sifatini tekshiring Tarkibi. Novokainamid - 100 g. Natriy metabisulfit - 5 g. In‟eksiya uchun ishlatiladigan suv - 1 l gacha. Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar: 1. 250 ml hajmli silindr. 2. Novokainamid va natriy metabisulfit. 3. In‟eksiya uchun ishlatiladigan suv. 4. Vakuum nasos va “qo„zikorin” filtri. 5. Eritmani solish uchun idish. 6. Kristalizator, kasseta, gaz gorelkasi. 7. SHisha tayoqcha, chinni kosacha, pergament qog„ozi. 8. Quritgich javoni, ekstraktor, sterilizator, metilen ko„ki eritmasi. Ishni bajarish tartibi: 250 ml li silindrga 25 g novokainamid va 1,25 g natriy metabisulfit kukunidan solib, in‟eksiya uchun ishlatiladigan suvda eritiladi va shu suv bilan 250 ml gacha etkaziladi. Eritma «qo„ziqorin» filtri orqali filtrlanadi. Ampulani to„ldirish va kavsharlash. Laboratoriya sharoitida ampulani to„ldirish ginekologik ekstraktor asosida ishlaydigan vakuum moslamasi yordamida amalga oshiriladi. Quruq va toza kyuvetaga suzilgan eritma solinib, kassetaga terilgan ampulalarni kapillyar qismi eritmaga botadigan qilib joylashtiriladi. Kyuveta asbob idishiga tushiriladi va 0,6-0,7 mm simob ustuniga teng vakuum hosil qilinadi. So„ng asbob jo„mragi ochilib, idishga filtrlangan havo yuboriladi. Bunda ampulalar 1,1 ml mikdoridagi eritma bilan to„ladi. Ampulaning kapillyar qismida qolgan suyuqlikni chiqarib tashlash uchun ular kasseta bilan birga kapillyarlari yuqoriga qaratib joylashtiriladi. Vakummetr darajasi 0,25 ni ko„rsatguncha asbobdan havo so„rib olinadi. Natijada kapillyardagi suyuqlik chiqib ketadi. SHundan so„ng asbobning havo jo„mragi va qopqog„i ochilib, undagi eritma bilan to„ldirigan ampulalar kasseta bilan birga olinadi. Ampulani kavsharlash. Ampulani kavsharlash uchun uning kapillyari alanganing yashil qismiga tutib turilgan xolda, asta o„z o„qi atrofida aylantiriladi. Bunda kapillyarni uchi erib, kavsharlanib qoladi. Sterillash. Kavsharlangan ampulalar pergament qog„oziga o„ralib, chinni kosachaga joylashtiriladi va suv bug„i oqimida 100 o S haroratda 30 daqiqa davomida sterillanadi. Ampulaning butunligini tekshirish. Ampula sterillangandan so„ng uning butunligi tekshiriladi. Buning uchun chinni kosachaga 0,01% li metilen ko„ki eritmasi solinib, avtoklavdan olingan issiq ampulalar unga tushiriladi va 2-3 daqiqaga qo„yib qo„yiladi. Agar ampula devori darz ketgan yoki kapillyari yaxshi kavsharlanmagan bo„lsa, bosimlar farqi xisobiga uning ichiga rangli eritma kiradi. Eritmaning rangi bo„yalib qolgan ampula ajratib olinadi. Qolgan ampulalar distillangan suv bilan yuvilib, sochiq bilan artib quritiladi va eritmada begona moddalar bor yoki yuqligi tekshiriladi. Saralash. Ampulalar 100% tekshiruvdan o„tkaziladi. Buning uchun ampula chayqatilib, 40 Vt li reflektor lampa yorug„ligida ko„zdan kechiriladi. Eritmada suzib yuruvchi begona moddalar (shisha kukuni, organik moddalarning kuygan bo„lakchalari, to„qima iplari) bo„lsa, bunday ampulalar ajratib olinadi. 105 Tayyor maxsulotning sifatini tekshirish Tayyor maxsulot tavsifi. Rangsiz, tiniq, rN 3,8-5,0 ga teng bo„lgan suyuqlik. 1 ml preparatda 0,097-0,103 g novokainamid bo„lishi kerak. CHinligi. Preparatga xlorid kislota, natriy nitrit va v-naftolning ishqoriy eritmasi qo„shilganda to„q qizil rang yoki qizil cho„kma hosil bo„ladi (aminlar). Nitrat kislotasi yoki kumush nitrat eritmasi bilan esa qizil rangli amiiakda eriydigan cho„kma hosil qiladi (xloridlar). Preparatga ammoniy vanadat va kuchli sulfat kislotasi qo„shib qizdirilsa, qizil rangli eritma xosil bo„ladi (novokaindan farqi). Miqdorini aniqlash. Miqdori nitritometrik usulda aniqlanadi. 1ml preparatda 0,097-0,103 g novokainamid bo„lishi kerak, bu 10% li novokainamid eritmasiga to„g„ri keladi. Natriy metabisulfitning miqdori yodometrik usulda aniqlanadi. Uning miqdori 1 ml preparatda 0,0005 g dan ortiq bo„lmasligi kerak. Qadoqlash. 1, 2 yoki 5 ml dan qog„oz yoki polimer qutichalarda 10 donadan chiqariladi. Saqlanishi. Ehtiyotlik bilan “B” ro„yhatida, qorong„i joyda saqlanadi. Ishlatilishi. YUrak kasalliklarida, yurak va o„pka tomirlar jarrohligida va ularni bir me‟yorda ishlashini buzilishini oldini olish uchun ishlatiladi. Bir martalik mushak va venaga tomchilab yuboriladigan miqdori 10 ml. Bir kunligi esa 30 ml ni tashkil qilishi lozim. Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarish 106 28-mavzu. Kamforaning 20% moyli in‟eksion eritmasini tayyorlash texnologiyasi Бажарилди Ҳосил бўлди Олинди Новокаинамид Инъекция учун ишлатиладиган сув Эритиш Натрий метабисульфит Инъекция учун ишлатиладиган сув Керакли ҳажмгача етказиш “қўзиқорин” фильтри Сузиш Баҳолаш Тўлдириш Ампула Кавшарлаш Стериллаш ва ампула бутунлигини текшириш Стериллигини текшириш Саралаш Ёрлиқлаш Қадоқлаш Қадоқловчи материаллар Тайѐр маҳсулот Новокаинамид эритмаси 107 Maqsad: Moyli in‟eksion eritmalarni tayyorlashda ishlatiladigan erituvchilar, ularga qo„yilgan talablar, ularni tayyorlashdagi o„ziga xos tomonlar, tayyor maxsulot sifatini nazorat qilish kabi masalalarni mukammal o„rganish. Mavzuning ahamiyati. Hamma xolatlarda ham suvli eritmalarni tayyorlash imkoniyati yo„q. Sababi hamma moddalar ham suvda yaxshi eriyvermaydi. Moyda eriydigan dori moddalaridan eritmalar tayyorlashda erituvchini qolaversa, texnologik jarayonni to„g„ri tanlash ayniqsa ulardan in‟eksion eritmalarni tayyorlashda katta amaliy ahamiyatga ega. Amaliy mashg„ulot mavzusini yoritishda “Qorbo„ron” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi Vaziyatli masalalar. 1. 1,0, 2,0 va 5,0 ml li ampulalarga 1,25, 2,5 va 5,9 ml dan kamforaning 10% li moyli eritmasi solingan. 2. Moyli eritma solingan ampulalardagi eritmaning rangi loyqasimon. 3. Ampulalardagi eritma sterilligi bo„yicha nazoratdan o„tmadi. 4. In‟eksion eritma tayyorlaydigan moyda suvning yuqi bo„lishi va kislota soni 3,0 ga teng 8-талаба: 1-ўсимлик мойлари 2-этил олеат ва бензил бензоат 3-автоклавда, 120 С да, 2 соат 4- турғунлаштирувчилар қўшилмайди 5-шприц усули 6-бодом, зайтун ва ўрик мойлари 7-камфора, синэстерол, сульфокамфокаин 8-2,5 дан ортиқ бўлмаслиги керак 3-талаба Мойли инъекцион эритмаларни тайѐрлашда ишлатиладиган турғунлаштирувчилар 4-талаба Мойли инъекцион эритмаларни тўлдириш усуллари 5-талаба Мойли инъекцион эритмаларни тайѐрлашда ишлатиладиган ўсимлик мойлари 7-талаба Мойли инъекцион эритмаларни тайѐрлашда ишлатиладиган мойлардаги кислота сони 2-талаба Мойли инъекцион эритмаларни стериллаш Ўқитувчи: Мойли инъекцион эритмаларни тайѐрлашда ишлатиладиган эритувчилар 1-талаба Мойли инъекцион эритмаларни тайѐрлашда ишлатиладиган ѐрдамчи моддалар 6-талаба Мойли инъекцион эритмаларга мисоллар келтиринг 108 ekanligi aniqlandi. 5. Ampuladagi moyli eritma sovunli suvga botirilganda emulsiya hosil bo„ldi. Talabalarning bilimini tekshirish uchun savollar. 1. Moyli in‟eksion eritmalarga qo„yiladigan talablar. 2. XI DF ruhsat etgan in‟eksion moylar. 3. Moylarni alohida sterilizatsiya qilishdan kuzatilgan maqsad. 4. Nega moylarda suv qoldig„i bo„lmasligi kerak? 5. In‟eksion moyli eritmalar tayyorlashni o„ziga xos tomonlari. 6. 400 ml kamforani 20% li moyli in‟eksion eritmasini tayyorlab ampulalarga 2 ml dan quying. 7. Moyli in‟eksion eritmalar qanday filtrlanadi. 8. Ampuladagi in‟eksion eritmalarni sterillash usullari. 9. Sterilizatsiyadan kuzatiladigan maqsad. 10. Termolabil in‟eksion eritmalarni sterillash usullari. 11. “Vladipor” filtri kaysi guruxdagi filtrlarga misol bo„la oladi? 12. Suvli va moyli in‟eksion eritmalar bilan to„ldirilgan ampulalarni butunligi qanday tekshiriladi? 1-laboratoriya ishi In‟eksiya uchun kamforaning 20% li moyli eritmasi. Solutio Camphorae oleosae 20% pro inectionibus. Vazifa 1. 100 ml 20% li kamforaning moyli in‟eksion eritmasini tayyorlang. 2. 5 ta ampulaga 1,15 ml dan eritmani quying va kavsharlang. 3. Sterillang va ampulaning butunligini tekshiring. 4. Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarishni chizing. 5. Tayyor maxsulotning sifatini tekshiring. Tarkibi. Kamfora - 200,0 g. SHaftoli moyi - 1 litrgacha. Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar: 1. 100 ml li stakan va silindr. 2. Sterillangan shaftoli moyi va kamfora. 3. SHisha tayoqcha va filtrlovchi material (tibbiyot dokasi). 4. Tosh va tarozi. 5. Vakuum estraktor va 2 ml li shprits. 6. Yuvilgan va quritilgan ampulalar. 7. Pergament qog„oz va ip. 8. Chinni kosacha va sovunli suv. 9. Sterilizator. 10. Tayyor maxsulotni solish uchun idish. 11. Xonani sterillash uchun UB lampasi. 12. Gaz gorelkasi. Ishni bajarish tartibi 100 ml li silindrga 20 g maydalangan kamfora, 40 g 40°S haroratdagi shaftoli moyi bilan shisha tayoqcha yordamida kamfora erib ketguncha aralashtiriladi. So„ngra shu moy bilan hajmi 100 ml ga etkaziladi va issiq holda 4-kavat qilib tayyorlangan tibbiyot dokasi orqali suziladi. Tayyor eritma ampulalarga 1,15 ml dan solinadi. To„ldirishda vakuum ekstraktor asbobi (uning bosim ko„rsatkichi 0,8- 1,0 atrofida bo„lishi lozim) yoki 2,0 ml hajmdagi shpritsdan foydalaniladi. Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling