Tayyor dori turlari texnologiyasi


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana28.09.2020
Hajmi1.56 Mb.
#131698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Oquv-uslubiy qollanma


 
Қувватини аниқлаш 
 
Спиртомерлар 
ёрдамида 
Нур синдириш 
кўрсаткичи 
бўйича 
Зичлик 
бўйича 
Шиша 
спиртомер 
Металл 
спиртомер 
Рефрактометрик 
Пикнометрик 
Ареометрик 
ДСТ  
3-жадвали 
ДСТ 
1-жадвали 
 
ДСТ  
4-жадвали 
XI ДФ 
1-жадвали 
 
ДСТ 
2-жадвали 
 
ДСТ 
1-жадвали 
 
XI ДФ 
1-жадвали 
 
ДСТ 
2-жадвали 
 

 
57 
Vaziyatli masalalar: 
1.  Etil spirtini quvvatini aniqlash uchun kerak bo„lgan spirtomer yo„q. 
2.  Etil spirtini xajm bo„yicha suyultirish uchun xech qanday jadvaldan foydalanilmadi. 
3.  Korxona sharoitida ishlatilgan spirtni xisobini olib borish lozim.  
Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar: 
1.  Etil spirtini umumiy tavsifi. 
2.  Etil spirtini quvvatini aniqlash usullari. 
3.  Spirtni suyultirish usullari. 
4.  Massa va hajm bo„yicha spirtni suyultirish. 
5.  Ishlatilgan spirtning xisobi. 
6. Davlat farmakopeyasi va DST jadvallarining mohiyati. 
7. Spirtli eritmalar ta‟rifi, tavsifi va nomenklaturasi. 
Shisha yoki metall spirtomer yordamida etil spirtini quvvatini  aniqlash. 
1.  Noaniq  konsentratsiyali  etil  spirtining  konsentratsiyasini  shisha  spirtomer  yordamida 
aniqlang. 
2.  Metall spirtomer yordamida spirtni quvvatini aniqlang. 
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar: 
1. Hajmi 250, 500 yoki 1000 ml bo„lgan silindr. 
2. Tozalangan suv. 
3. Toza sochiq. 
4. SHisha va metall spirtomerlar to„plami. 
5. Termometr va shisha tayoqcha. 
Ishni bajarish tartibi: 
Shisha spirtomer yordamida spirtni quvvatini aniqlash. 
Hajmi 250 yoki 500 ml li  silindr iliq tozalangan suvda yuvilib, toza sochiq bilan artib quritiladi. 
Xuddi shu usul bilan spirtomer, termometr, aralashtirish uchun shisha tayoqcha tayyorlab olinadi. 
Silindrga  spirt  solib,  ehtiyotlik  bilan  yuqori  qismidan  spirtomer  ushlab  turilgan  xolda 
tushiriladi. Bunda spirtomer qalqimasdan, silindr devoriga tegmasdan turishi kerak. 3-4 daqiqadan so„ng 
spirtomer  ko„rsatkichining  pastki  chizig„i  yozib  olinadi.  SHu  usulda  termometr  yordamida  spirtnnig 
harorati  aniqlanadi.  Harorat  20
o
S  bo„lganda  spirtomer  ko„rsatkichi  spirtning  hajmiy  foiz  miqdoriga 
to„g„ri keladi. Boshqa haroratda aniqlanganda DST nnig 3-jadvali bo„yicha xisoblanadi. 
Natija. 
Spirtomer ko„rsatkichi
----------------------------------------------------------- 
Termometr ko„rsatkichi
----------------------------------------------------------- 
20
o
S dagi spirt quvvati, %
--------------------------------------------------- 
Metall spirtomer yordamida spirtni quvvatini aniqlash. 
Hajmi 500  yoki 1000 ml li  silindr iliq distillangan suvda  yuvib olinib, toza sochiq bilan artib 
quritiladi.  SHuningdek,  metall  spirtomer,  termometr,  aralashtirish  uchun  shisha  tayoqcha  tayyorlab 
olinadi.  Spirtomer  toshlari  spirtga  namlangan  doka  bilan  artiladi.  So„ngra  silindrga  spirt  solinib, 
ehtiyotlik  bilan  yuqori  qismidan  spirtomer  ushlab  turilgan  xolda  tushiriladi.  Bunda  spirtomer    
qalqimasdan,  silindr  devoriga  tegmasdan  turishi  kerak.  Agar  spirtomer  spirtga  botmasa,  uning  pastki 
qismiga  toshlar  osiladi.  Spirtnnig  quvvatini  noma‟lum  bo„lsa,  eng  engil  (90)  tosh  osiladi  va  spirtomer 
daraja  ko„rsatkichi  spirtga  botguncha  og„irroq  toshlar  bilan  almashtiriladi.  Agar  spirtning  quvvati 
taxminan  ma‟lum  bo„lsa  mo„ljaldagi  tosh  osiladi.  Metall  spirtomerning  ko„rsatkichi  20
o
S  da 
aniqlanganda  ham,  faqat  shartli  foiz  miqdorini  aks  ettiradi.  Bu  ko„rsatkichdan  foydalangan  xolda  spirt 
quvvati DST ning 4-jadvali bo„yicha topiladi. 
Natija. 

 
58 
Spirtomer ko„rsatkichi
----------------------------------------------------------- 
Termometr ko„rsatkichi
----------------------------------------------------------- 
20
o
S dagi spirt quvvati, %
--------------------------------------------------- 
Areometr yordamida etil spirtini quvvatini aniqlash. 
Vazifa 
1. Areometr yordamida noaniq etil spirtining konsentratsiyasini  aniqlang. 
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar: 
1. Hajmi 250 yoki 500 ml li silindr. 
2. Tozalangan suv. 
3. Toza sochiq. 
4. Areometrlar majmuasi. 
5. Termometr. 
6. SHisha tayoqcha. 
Ishni bajarish tartibi: 
Hajmi 500 ml li  silindr, areometr, shisha tayoqcha va termometr iliq distillangan suvda yuvilib, 
toza  sochiq  bilan  artib  quritiladi.  So„ngra  silindrga  spirt  solinib,  ehtiyotlik  bilan  yuqori  qismidan 
areometr  ushlab  turgan  xolda  tushiriladi.  Bunda  areometr  qalqimasdan,  silindr  devoriga  tegmasdan 
turishi  kerak.  3-4  daqiqa  o„tgach  pastki  chiziq  bo„yicha  ko„rsatkich  aniqlanadi.  Agar  zichlik  20
o
S  da 
aniqlansa,  spirt  quvvati  XI  DF  ning  1-alkogolometrik  jadvali  yordamida,  boshqa  haroratlarda  esa  DST 
nnig 1- va 2-jadvallari yordamida aniqlanadi. 
Natija. 
Areometr ko„rsatkichi
----------------------------------------------------------- 
Termometr ko„rsatkichi
--------------------------------------------------------- 
20
o
S dagi spirt quvvati, %
------------------------------------------------- 
3-laboratoriya ishi 
Spirtni massa bo„yicha suyultirish. 
Vazifa 
1. Spirtni ma‟lum quvvatgacha massa bo„yicha suyultiring. 
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar: 
1. Hajmi 100  ml bo„lgan silindr 
2. Etil spirti va tozalangan suv 
3. Toza sochiq va doka 
4. SHisha va metall spirtomerlar to„plami 
5. Termometr va shisha tayoqcha 
Ishni bajarish tartibi: 
XI  DF  ning  2-jadvali  bo„yicha  kerakli  spirt  va  tozalangan  suv  tortib  olinib,  aralashtiriladi  va  uning 
quvvati shisha hamda metall spirtomer yordamida aniqlanadi. 
4-laboratoriya ishi 
Spirtni hajm bo„yicha suyultirish. 
Vazifa 
1. Spirtni ma‟lum quvvatgacha hajm bo„yicha suyultiring. 
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar: 
1. Hajmi 100  ml bo„lgan silindr. 
2. Quvvati ma‟lum bo„lgan etil spirti va tozalangan suv. 
3. Toza sochiq va doka. 
4. SHisha va metall spirtomerlar to„plami. 
5. Termometr va shisha tayoqcha. 
Ishni bajarish tartibi: 

 
59 
XI  DF  ning  4-jadvali  bo„yicha  kerakli  bo„lgan  etil  spirti  va  tozalangan  suvning  hajmi  silindrda 
o„lchab olinib, aralashtiriladi va uning quvvati shisha yoki metall spirtomer yordamida aniqlanadi. 
5-laboratoriya ishi 
Sarflangan spirtning xisobini DST ning 5- va 6-jadvallari  bo„yicha olib borish. 
Vazifa 
1.  Sarflangan spirtning xisobini 5-jadval bo„yicha xisoblang. 
2.  Sarflangan spirtning xisobini 6-jadval bo„yicha xisoblang. 
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar: 
1. DST ning 5- va 6-jadvallari.  
Ishni bajarish tartibi: 
Sarflangan  spirtning  xisobini  DST  ning  5-  va  6-  jadvallari  bo„yicha  olib  boring.  Buning  uchun 
sarflangan spirtning quvvati va miqdori shuningdek, harorat inobatga olinishi shart. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
60 
16-mavzu. Yodning 5 va 10% spirtli eritmalarini tayyorlash texnologiyasi 
Maqsad: Spirtli eritmalarni tayyorlash texnologiyasi va sifatini baxolash bilan tanishish.  
Mavzuning ahamiyati: Farmatsevtik korxonalarda ishlab chiqariladigan eritmalar orasida spirtli 
eritmalarning  tutgan  o„rni  katta.  Shunday  ekan,  ularni  tayyorlash  usullarini  kengaytirish, 
nomenklaturasini ko„paytirish katta amaliy ahamiyatga egadir.  
 
Vaziyatli masalalar: 
1.  Yodning 5% li spirtli eritmasi tayyorlanganda eritmada yod kristallarining borligi aniqlandi. 
2.  Idishdagi yod eritmasining konsentratsiyasi noaniq. 
3.  Nashatir anis tomchisi tarkibidagi ammiak me‟yoridan kam. 
4.  Tayyorlangan oddiy qand qiyomidan begona xid sezildi. 
5.  Tayyorlangan rovoch qiyomining zichligi 1,318 ga teng. 
6.  CHuchukmiya qiyomini tayyorlash jarayonida ko„pik xosil bo„lishi kuzatildi.  
7.  Achchiq bodom xushbo„y suvining sifati tekshirilganda undan ammiak xidi keldi. 
8.  Achchiq bodom xushbo„y suvini uning kensentratidan tayyorlashda loyqalanish kuzatildi. 
9.  Xom ashyoning tarkibida vodorod sianidning miqdori etarli bo„lishiga qaramay, undan olingan 
xushbo„y suv tarkibida asosiy ta‟sir etuvchi modda miqdori kam. 
Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar: 
1.  Spirtli eritmalar ta‟rifi, tavsifi va nomenklaturasi. 
Суюлтириш  
Масса 
бўйича 
Ҳажм  
бўйича 
3-илова 
XI ДФ 
2-жадвали 
 
XI ДФ  
3-жадвали 
XI ДФ  
4-жадвали 
XI ДФ  
5-жадвали 
Тенглама 
бўйича 
“юлдузча” 
усули бўйича 
XI ДФ 
1-жадвали 
 
Тенглама 
бўйича 
“юлдузча” 
усули бўйича 

 
61 
2.  Kamfora spirtining tarkibi va ishlatilishi. 
3.  Yodning 5 va 10% spirtli eritmalarini tarkibi. 
4.  Yodning spirtli eritmalarini tibbiyotda ishlatilishi. 
5.  Yodning 5% li spirtli eritmasini tayyorlashda kaliy yoddan foydalanish sababini tushuntiring. 
6.  Nashatir anis tomchisining tarkibi va ishlatilishi.   
7.  Kamfora spirtining sifati qanday baxolanadi? 
8.  Yodning 5% li spirtli eritmasini chinligi qanday aniqlanadi? 
9.  Nashatir  anis  tomchisining  sifatini  A.I.Rappoport  va  A.D.Kostinskayalar  usuli  bo„yicha 
aniqlang.  
10.  Spirtli eritmalarni qadoqlash va saqlash. 
11.  Salitsil kislotasining spirtli eritmasining tarkibi, texnologiyasi va ishlatilishi. 
12.  Borat kislotasining 3% li spirtli eritmasini tayyorlanishi va ishlatilishi. 
1-laboratoriya ishi 
Yodning 5% li spirtli eritmasi. 
Solutio Iodi spirituosa 5%. 
Vazifa 
1. 10 ml yodning 5% li spirtli eritmasini tayyorlang. 
2. Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarishni chizing. 
3. Tayyor maxsulotning sifatini tekshiring. 
Tarkibi. 
Yod 
 
 
 
 
 
- 50 g. 
Kaliy yodid 
 
 
 
 
- 20 g. 
Suv va 95% li spirt (teng miqdorda) 
- 1 l gacha. 
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar: 
1. Yod va kaliy yodid. 
2. Hajmi 50 ml bo„lgan silindr. 
3. Tozalangan suv va 95% li etil spirti. 
4. Hajmi 10 ml bo„lgan shisha idish. 
Ishni bajarish tartibi: 
Oldindan  teng  hajmda  olingan  95%  li  etil  spirti  va  tozalangan  suv  aralashtirilib,  ularning 
aralashmasi  tayyorlanib  olinadi.  Hajmi  10  ml  bo„lgan  shisha  idishga  0,2  g  kaliy  yodid  va  0,4  ml 
tayyorlangan  aralashmadan  solinadi.  Kaliy  yodid  to„liq  erib  ketgungacha  yaxshilab  aralashtirilib,  unga 
0,5  g  yod  solinadi  va  aralashtirish  yod  to„liq  erib  ketgunga  qadar  davom  ettiriladi.  Eritmaning  hajmi 
spirt-suv  aralashmasi  bilan  10  ml  ga  etkaziladi.  Kaliy  yodid  eritmasi  yodni  tez  erishi  va  preparatning 
turg„unligini ta‟minlash uchun hizmat qiladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
62 
Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarish tartibi 
 
 
Tayyor maxsulotning sifatini tekshirish 
Quyidagi  ma‟lumotlar  foydalanilgan  adabiyotlar  ro„yhatidagi  6  va  (82-bet)  8  (99-bet) 
adabiyotlardan olindi. 
Tayyor  maxsulotning  tavsifi.  Qizil-qo„ng„ir  rangli,  yodga  xos  hidga  ega  suyuqlik.  Tarkibida 
4,9-5,2% yod va 1,9-2,1% kaliy yodid bo„ladi. Spirtning miqdori 46% dan kam bo„lmasligi kerak. 
Chinligi. Preparatga kraxmal eritmasi ta‟sir ettirilsa, to„q havorang eritma xosil bo„ladi (yod). 
Miqdorini  aniqlash.  Preparat  rangsizlanguncha  natriy  tiosulfat  eritmasi  bilan  indikatorsiz 
titrlanadi.  Preparatda  4,9-5,2%  yod  bo„lishi  kerak.  Titrlangan  eritma  suv  bilan  suyultiriladi  va  sirka 
kislotasi  qo„shib,  kumush  nitrat  eritmasi  bilan  sariq  rangli  cho„kma  pushti  rangga  o„tguncha  titrlanadi 
(indikator natriy eozinat). Sarflangan kumush nitrat va natriy tiosulfat eritmalari miqdorining farqi kaliy 
yodidga to„g„ri keladi va u 1,9-2,1% bo„lishi kerak. Preparat tarkibidagi etil spirtining miqdori 46% dan 
kam bo„lmasligi kerak.   
Qadoqlash. YAxshi berkitilgan jigar rang shisha idishlarda 15-20 kg dan va ampulalarda 1 ml 
dan chiqariladi. 
Saqlanishi. Ehtiyotlik bilan “B” ro„yhatida, qorong„i joyda saqlanadi. 
Ishlatilishi.  Sirtga  antiseptik  dori  vositasi  sifatida  ishlatiladi,  ateroskleroz  kasalligini 
davolashda  ichish  uchun  buyuriladi.  Bir  marta  ichish  uchun  ishlatiladigan  miqdori  20  tomchidan 
oshmasligi kerak. Kuniga 3 marta ichiladi. 
 
 
 
 
 
Олинди 
Бажарилган иш 
Хосил бўлди 
95% спирт 
Тозаланган сув 
Аралаштириш 
1:1 нисбатдаги 
спирт-сув 
аралашмаси 
Калий йодид 
Йод 
Эритиш 
Эритма 
Эритиш 
Йоднинг калий 
йоддаги эритмаси 
1:1 нисбатдаги 
спирт-сув 
аралашмаси 
Қадоқлаш 
Тайѐр махсулот 
Қадоқловчи 
материал 
 Керакли ҳажмгача 
етказиш 
Баҳолаш 

 
63 
17-mavzu. Ukrop xushbuy suvi va oddiy qand qiyomini tayyorlash texnologiyasi 
Maqsad:  Tarkibida  xar xil  turdagi  efir  moylarini  saqlagan  dorivor  o„simlik  xom  ashyolari  yoki 
ularning  konsentratlaridan  xushbo„y  suvlarni  tayyorlash  texnologiyasi  va  sifatini  baxolash  yuzasidan 
umumiy ko„nikmalarga ega bo„lish. 
Mavzuning ahamiyati: Qiyomlar nafaqat TDV sifatida balki dori moddalarining noxush xidi va 
mazasini yo„qotish uchun korrigent sifatida ham keng ko„lamda ishlatiladi. SHu nuqtai nazaridan ularni 
korxona  sharoitida  ishlab  chiqarishni  tashkil  qilish  katta  amaliy  ahamiyatga  egadir.  Xushbo„y  suvlar 
tayyorlash  texnologiyasining  oddiy  va  qulayligi,  shuningdek  ular  asosan  dorivor  o„simlik  xom 
ashyolaridan  olinganligi  uchun ham,  ularni farmatsevtik  ishlab  chiqarish  korxonalarida  ishlab  chiqarish 
ko„lamini kengaytirish va nomenklaturasini ko„paytirish ham amaliy ham iqtisodiy ahamiyatga egadir. 
Vaziyatli masalalar: 
1.  Tayyorlangan oddiy qand qiyomidan begona xid sezildi. 
2.  Tayyorlangan rovoch qiyomining zichligi 1,318 ga teng. 
3.  CHuchukmiya qiyomini tayyorlash jarayonida ko„pik xosil bo„lishi kuzatildi.  
4.  Achchiq bodom xushbo„y suvining sifati tekshirilganda undan ammiak xidi keldi. 
5.  Achchiq bodom xushbo„y suvini uning kensentratidan tayyorlashda loyqalanish kuzatildi. 
6.  Xom  ashyoning  tarkibida  vodorod  sianidning  miqdori  etarli  bo„lishiga  qaramay,  undan 
olingan xushbo„y suv tarkibida asosiy ta‟sir etuvchi modda miqdori kam. 
Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar: 
1.  Nashatir  anis  tomchisining  sifatini  A.I.Rappoport  va  A.D.Kostinskayalar  usuli  bo„yicha 
aniqlang.  
2.  Spirtli eritmalarni qadoqlash va saqlash. 
3.  Salitsil kislotasining spirtli eritmasining tarkibi, texnologiyasi va ishlatilishi. 
4.  Borat kislotasining 3% li spirtli eritmasini tayyorlanishi va ishlatilishi. 
5.  Qiyomlar ta‟rifi, tavsifi va tasnifi. 
6.  Qiyomlarni ishlatilishi. 
7.  Qimyolar nomenklaturasi. 
8.  Qiyomlarni tayyorlashda ishlatiladigan konservantlar. 
9.  Oddiy qand qiyomini tarkibi va texnologiyasi. 
10.  CHuchukmiya dorivor qiyomini tarkibi, texnologiyasi va ishlatilishi. 
11.  Rovoch qiyomini tarkibi va tayyorlanish texnologiyasi. 
12.  Xushbo„y suvlarning ta‟rifi. 
13.  Xushbo„y suvlarni olish usullari. 
14.  Xushbo„y suvlarni ishlatilishi. 
15.  Achchiq bodom xushbo„y suvini olish uchun boshlang„ich xom ashyo nima? 
16.  Achchiqbodom xushbo„y suvining tarkibi. 
17.  Achchiqbodom xushbo„y suvini olinishi. 
18.  Amigdolin glikozidini parchalovchi ferment. 
19.  Ukrop xushbo„y suvini tarkibi va texnologiyasi. 
20.  Achchiq bodom va ukrop xushbo„y suvlarining ishlatilishi. 
1-laboratoriya ishi 
Ukrop xushbo„y suvi 
Aqua Foeniculi. 
Tarkibi. 
Ukrop moyi   
 
- 1 g 
Talk   
 
 
- 10 g 
50-60
0
S gacha isitilgan suv  - 1000 ml 
Vazifa 

 
64 
1. 100 ml ukrop xushbo„y suvini eritish usuli bo„yicha tayyorlang. 
2. Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarishni chizing. 
3. Tayyor maxsulotning sifatini tekshiring. 
Kerakli asbob-uskunalar va materiallar. 
1. Ukrop moyi va talk. 
2. Xavoncha dastagi bilan. 
3. Hajmi 100 ml bo„lgan, qopqog„i zich berkitiladigan idish. 
4. Filtr qog„ozi. 
5. 50-60
o
S xaroratgacha isitilgan tozalangan suv. 
Ishni bajarish tartibi: 
1  g  talk  va  0,1  g  ukrop  moyi  xavonchaga  solinib,  yaxshilab  eziladi  va  massa  qopqog„i  zich 
berkitiladigan  shisha  idishga  o„tkazilib,  100  ml  50-60S  gacha  isitilgan  suv  bilan  15  daqiqa  davomida 
chayqatiladi. Aralashma filtr qog„ozi orqali filtrlanib, qadoqlanadi. 
Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarish 
 
 
 
Олинди 
Бажарилган иш 
Хосил бўлди 
Тальк 
Чайқатиш 
Сузиш 
Фильтр қоғози 
Укроп мойи 
Аралаштириш 
50-60
0
С гача 
иситилган сув 
Эзиш 
Қадоқлаш 
Қадоқловчи 
материал 
Тайѐр махсулот 
Сифатини баҳолаш 
Ховонча 
Оғзи зич 
беркиладиган идиш 
Ўтказиш 

 
65 
Tayyor maxsulotning sifatini tekshirish 
Tayyor maxsulotning tavsifi. Rangsiz, tiniq yoki xiraroq suyuqlik bo„lib, betaraf muhitli. Ukrop 
hidi va mazasini eslatadi. 
Tozaligi.  Preparat  og„ir  metallarga  reaksiya  bermasligi  kerak.  20  ml  preparat  bug„latiladi  va 
qoldiq kuydiriladi. Qoldiq 0,005% dan ortiq bo„lmasligi kerak. 
Qadoqlash. SHisha idishlarda 15-20 kg dan chiqariladi. 
Saqlanishi. Og„zi zich berkitiladigan idishlarda to„ldirilgan xolda saqlanadi. 
Ishlatilishi.  Ichak  faoliyatini  yaxshilashda  va  dam  bo„lishini  kamaytirishda  bir  kunda  choy 
qoshiqda 3-6 martadan beriladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
66 
18-mavzu. Valerinana va ermon nastoykalarini tayyorlash texnologiyasi 
Maqsad: Nastoykalar ta‟rifi, tavsifi, tasnifi, ishlatilishi va olish usullari xaqida umumiy 
tushunchaga ega bo„lish.  
Mavzuning  ahamiyati:  Dorivor  o„simlik  xom  ashyolaridan  olinadigan  TDVlari  orasida 
nastoykalar  alohida  o„rin  tutadi.  Ularni  tayyorlash  uchun  zarur  bo„lgan  shart-sharoitlarni  o„rganish  esa 
korxona sharoitida shu turdagi dori vositalarini ishlab chiqarishda katta amaliy ahamiyatga ega. 
Amaliy  mashg„ulot  mavzusini  yoritishda  “Aylana  stol”  pedagogik  texnologiya  usulidan 
foydalaniladi  
 
Vaziyatli masalalar: 
1. 
Tayyorlangan nastoyka loyqa va tiniqligi bo„yicha talabga javob bermaydi. 
2. 
Nastoyka tayyorlashda ajratuvchi mo„ljaldan ko„p  sarflangan. 
3. 
YAlpiz nastoykasi tarkibida 4% efir moyi borligi aniqlandi. 
Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar: 
1.  Nastoykalar ta‟rifi, tavsifi va tasnifi. 
2.  Nastoykalar qanday nisbatlarda tayyorlanadi? 
3.  Nastoyka tayyorlashda qanday ajratuvchilardan foydalaniladi? 
4.  Nastoykalarni tayyorlash usullari. 
5.  VNIIF usulida nastoyka tayyorlash mohiyati. 
6.  Perkolyasiya usulida nastoyka tayyorlash texnologiyasi. 
7.  Ultratovush usulida nastoykalar qanday tayyorlanadi? 
8.  Markazdan qochma kuchga asoslangan usul yordamida nastoyka olish mohiyati. 
9.  Nastoykalarni ishlatilishi. 
10. Nastoykalar nomenklaturasi. 
 
 
Ўқитувчи:  
 
Настойкаларни 
олиш усуллари 
1-талаба: 
 
мацерация 
1-талаба: 
касрли 
мацерация 
 
1-талаба: 
мацерацион 
циркуляция 
 
1-талаба: 
 
перколяция 
 
1-талаба: 
 
гирдоб 
 
1-талаба: 
 
ультратовуш 
 

 
67 
1-laboratoriya ishi 
Valeriana nastoykasi. 
Tinctura Valerianae. 
Vazifa 
1. 25 ml valeriana nastoykasini VNIIF usulida tayyorlang. 
2. Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarishni chizing. 
Tarkibi. 
Valeriananing maydalangan ildizi  
va ildizpoyasi  
 
 
 
- 200,0 g 
70% li etil spirti  
 
 
 
- 1 l nastoyka xosil bo„lguncha. 
Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling