Tayyor solodning sifati solod tayyorlashni tezlashtirish usullari


Uzumning titrlanadigan kislotaliligini aniqlash


Download 117.48 Kb.
bet11/15
Sana21.06.2023
Hajmi117.48 Kb.
#1642255
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
MUNDARIJA

Uzumning titrlanadigan kislotaliligini aniqlash. Uzumning etilganligini nazorat qilganda, uning titrlanadigan kislotaliligi ham aniqlanadi. Bu ko’rsatkich Sharob ishlab chiqarishda nihoyatda muhim rol o’ynaydi, shuning uchun uzumning etilish jarayonida titrlanadigan kislotalar miqdorining o’zgarish dinamikasini kuzatish lozim, Titrlanadigan kislotalilikni o’rtacha namunadan olingan uzum Sharbatini indikator ishtirokida ishqorning aniq titrli eritmasi bilan titrlash yo’li orqali, ba’zan elektrometrik titrlash usuli yordamida aniqlanadi.
Titrlanadigan kislotalilikni o’ndan bir kattalikda g/dm3 . da ifodalanadi. Uzumda uzum kislotasidan tashqari boshqa organik kislotalar mavjudligini nazarda tutib, titrlanadigan kislotalilikni mg-ekv/dm3 . da, butun sonda ifodalash maqsadga muvofiqdir.
BINO, JIHOZ VA TEXNOLOGIK SIG’IMLAR HOLATINI NAZORAT QILISH.
Sharob tayyorlash mavsumining boshlanishidan ancha ilgari binolar, jihozlar, yordamchi asbob-uskunalar va texnologik sig’im (but, bochka, sisterna, chan, bak, temir-beton sig’im)larni ishga tayyorlashga kirishiladi. Hosilni yig’ishdan oldin nomlari keltirilgan ob’ektlarning tayyorgarligini yana bir karra tekshirib chiqib, so’ng doimiy ravishda (eng asosiysi mikrobiologik) tekshiruv o’tkazib turiladi. Tekshiruv natijalari yozib boriladi.
Binolar holati. Birlamchi Sharobchilik zavodlaridagi binolar sanitar-gigienik holatining talabga javob berishi sifatli Sharob ishlab chiqarishda katta rol o’ynaydi. Zavodning uzumni qayta ishlash, Sharbatni tindirish va bijg’itish amalga oshiriladigan barcha binolari Sharob tayyorlash mavsumidan avval tozalanib, havo mikroflorasini aniqlash yo’li bilan mikrobiologik holati tekshirilgan bo’lishi lozim. Binolardan foydalanish davomida ularning holati doimiy ravishda nazorat qilinib turiladi, erining, oqava suv quvurlarining holatiga alohida e’tibor beriladi. Idishlar joylashgan tayanch, tirgak, zinapoya, maydoncha, burchak, devorlarda mog’or hosil bo’lishiga aslo yo’l qo’yilmaydi. Bundan tashqari, karbonat angidrid gazining to’planib qolishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida bijg’ish jarayoni boradigan binolarning etarlicha shamollatilishiga alohida e’tibor beriladi. Binolarning sanitar-gigienik holati buzilganida, nazorat bo’limi xodimi tezda Sharobchilik bo’yicha bosh mutaxassis va direktorni xabardor qilishi kerak.

Download 117.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling