Tayyor solodning sifati solod tayyorlashni tezlashtirish usullari


Download 117.48 Kb.
bet12/15
Sana21.06.2023
Hajmi117.48 Kb.
#1642255
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
MUNDARIJA

Jihozlar holati. Mavsum boshlanishidan oldin barcha jihozlar ishchi holatga keltirilishi, jihozlarning metall qismlari maxsus korroziyaga qarshi modda bilan qoplangan bo’lishi kerak.
Birlamchi Sharob zavodining mavsumga tayyorlanganlik sifatini maxsus komissiya tekshirib ko’radi va qabul qiladi. Qabul komissiyasi tarkibida laboratoriya xodimi bo’lishi shart. Jihozlarni ishlatish davomida ularni o’z vaqtida tozalash, yuvish va lozim bo’lganda, dezinfeksiya qilish ustidan doimiy nazorat olib boriladi. Press, o’zioqar (stekatel’) jihozlarni tanaffus vaqtida, albatta, yuvish kerak. CHunki bu uskunalarda qolgan Sharbat, turp, uzum donalari kabilar Sharobda kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizmlar uchun ozuqa manbai bo’lib xizmat qilishi mumkin. Ish kuni tugagach, barcha jihoz va yordamchi asbob-uskunalar, uzum tashiydigan avtomashina kuzovlari, traktorga o’rnatilgan bunker, yashik, savat va shu kabilar har kuni ishdan so’ng tozalab yuvilishi lozim. Bu ishlarning muhandis va ishchilar tomonidan bajarilishini talab qilib turish nazorat xodimlarining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Texnologik sig’imlar holati. Sharobchilikda qo’llaniladigan turli xil sig’imlar — bochka, chan, but, emal sisternalar, temir-beton idishlar va shu kabilarning holati yarim tayyor Sharob mahsuloti sifatiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. SHuning uchun yangi sig’imlarni ishlatishga tayyorlamasdan Sharobni qabul qilib olishga texnikkimyoviy nazorat xodimlari aslo yo’l qo’ymasliklari lozim. Bochkalarga mahsulotni quyishdan oldin ularning tozaligini tekshirish, but, chan, emal va temir-beton sig’imlar mikrobiolog tomonidan tekshirib chiqilishi lozim.
Texnologik sig’imlarni yuvish va ishlatishga tayyorlash bo’yicha yo’riqnomada ko’rsatilgan barcha talablarning bajarilishi hech qanday chekinishlarsiz qattiq nazorat qilinishi kerak.
Uzumni qayta ishlashni nazorat qilish.
Tasdiqlangan yo’riqnomalarga ko’ra, qayta ishlashga kasallanmagan, ezilmagan, tezkorlik bilan yig’ib olingan uzumlarni yuborish mumkin. Quruq uzum boshlari, kasallangan yoki hosil zararkunandalari tomonidan zararlanganlari, albatta, saralanishi lozim. Uzumni terilgan zahotiyoq, zavodga olib kelinadi: terilgandan so’ng qayta ishlashga yuborishgacha 4 soatdan ortiq vaqt ketmasligini texnologiya talab qiladi. Tashish sharoitlari mahsulotning ezilishiga yo’l qo’ymasligi lozim.
Yarim tayyor Shampan Sharobi mahsulotlari, navli va markali vinolar ishlab chiqarish uchun qayta ishlanadigan mahsulotga alohida talab qo’yilib, unga qat’iy rioya qilish kerak. Uzumni qabul qilish jarayonida texnologik yo’riqnomalar talabidan chetga chiqish hamda qayta ishlashda uzumning qanddorligini va titrlanadigan kislotalilik miqdori me’yorga mos kelmasligi shubhasiz past sifatli yarim tayyor Sharob mahsulotlari ishlab chiqarilishiga sabab bo’ladi.
Sharbat olish jarayoni, ayrim tur yarim tayyor Sharob mahsulotlari (masalan, Shampan yarim tayyor Sharob mahsuloti va markali xo’raki Sharoblar)ni tayyorlashda shnekli presslarni ishlatish mumkin emasligini, oddiy va ko’pincha spirtli yarim tayyor Sharob mahsulotlari ishlab chiqarishda ishlatilishini nazarda tutish lozim.

Download 117.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling