Tayyorladi: Baratova Mohinur


"Yangi demokratik jamiyat qurayotgan bizning mamlakatimizda ta’limning mazmunini quyidagi yo’llar bilan takomillashtirishni nazarda tutiladi


Download 100.36 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi100.36 Kb.
#1505307
1   2   3   4

"Yangi demokratik jamiyat qurayotgan bizning mamlakatimizda ta’limning mazmunini quyidagi yo’llar bilan takomillashtirishni nazarda tutiladi:

  • fan va tajribadagi eng yangi muvaffaqiyatlarni aks ettirish;
  • ikkinchi darajali va ortiqcha murakkablashtirilgan materiallardan qutilish;
  • o’rganilayotgan fanlar ro’yxatini va materiallar hajmini aniqlash hamda o’quvchi yoshlar, albatta, o’zlashtirib olishi kerak bo’lgan malaka va ko’nikmalarning optimal hajmini belgilash;
  • o’quvchilarni pedagogik texnologiyalar: kompyuter, kserks, elektron pochta va shu kabi boshqa bilimlar bilan qurollantirish hamda ularda shu texnologiyalardan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilish

  • o’quv fanlariga oid asosiy tushunchalarni va yetakchi g’oyalarni juda ham aniq bayon qilish;

Maktablarda berilgan ta’limning mazmuni tarixiy hamda sinfiy xususiyatga egadir.Jamiyat tarixiy taraqqiyotining hamma bosqichlarida maktablarda yoshlarga beriladigan ta’limning mazmuni,
hajmi o’sha ijtimoiy tizimning iqtisodiy talab va ehtiyojlari,fan va texnika taraqqiyoti darajasi bilan belgilab kelingan.

Maktablarning hammasi mavjud ijtimoiy tuzum,muhit talablaridan kelib chiqadi va shu davr iqtisodiy,ma’naviy maqsadlari uchun xizmat qiladi.Hozirgi zamon maktablarida ta’limning mazmuni umuminsoniy fazilatlarga ega bo’lgan iymonli,etiqodli yoshlarni tarbiyalab yetkazishdan iboratdir.

Ta’lim mazmuni o’zi nima? Uning ma’lumot mazmuni bilan munosabati qanday?

MA’LUMOT MAZMUNI

Yoshlarning ma’lumoti, taraqqiyoti, tarbiyasini mo’ljallab hozirgi zamon fani, texnikasi, ishlab chiqarishi, fikrlashining umumiy asoslarini didaktik ishlov berish yo’li bilan tanlangan bilimlar,ko’nikma-malakalar, ijodiy faoliyat tajribasi va munosabatlardir

TA’LIM MAZMUNI


Yoshlarni ma’lumotli qilish, taraqqiy ettirish, tarbiyalash maqsadida ma’lumot mazmunidan tanlanib, ta’lim jarayoniga olib kirilgan bilim, ko’nikma-malaka, faoliyat usullari hamda tabiat, jamiyat va tafakkur xodisalarini emotsional baholashga doir munosabatlardir. Ta’lim mazmuni ma’lumot mazmuni asosida tanlanadi. Ta’lim mazmunini o’rgatish va o’zlashtirish yo’li bilan ma’lumot mazmunini amalga oshirishga, binobarin, yoshlarni ma’lumotli qilish, taraqqiy ettirish, tarbiyalashga qarab boriladi.

Download 100.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling