Tayyorladi: Odiljonov o qabul qildi: Abdulxayev Z


Download 0.54 Mb.
bet4/5
Sana21.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1639687
1   2   3   4   5
Bog'liq
Odiljonov Oybek (2)

Havo isitgichlari. Havo isitgichlar yoqilg’ini yoqish uchun o’txonaga yuboriladigan havoni isitishga mo’ljallangan. Havo tutun gazlari hisobiga isiydi. O’txonaga yuborilayotgan issiq havo yoqilg’i yonish sharoitini yaxshilaydi, kimyoviy va mexanik to’la yonmaslikdan kelib chiqadigan isroflarni kamaytiradi, yonish temperaturasini orttiradi, issiqlik almashuvini jadallashtiradi, natijada qurilmaning F.I.K. ortadi. Chiqib ketayotgan gazlarning temperaturasi 20-25 K ga pasaysa, qurilmaning F.I.K. 1% ga ortadi. Havoni isitish temperaturasi yoqilg’i turiga va yondirish usuliga qarab tanlanadi. Qattiq yoqilg’ini qatlamli yoqishda bu temperatura namlikka va uchuvchan moddalarni chiqishiga bog’liq bo’ladi. Namlik va uchuvchan moddalar chiqishi kamayishi bilan yonayotgan qatlam temperaturasi ortadi. Shuning uchun suyuq shlakni hosil bo’lishini oldini olish va o’txonani mo’’tadil ishlashini ta’minlash maqsadida qo’ng’ir va toshko’mirlar yoqilganda havo 520K gacha isitilishi kerak

Havo isitgichlari.

Bunday ko’mirlar mash’ala usulida yondirilganda havo 523-573 K gacha isitiladi, gaz va mazut yoqilganda ham havo 523–573K atrofida isitiladi

Havo isitgichlar rekuperativ va regenerativ bo’ladi . Diametri 25-50 mm li po’lat quvurlardan tayyorlangan quvurli rekuperativ havo isitgichlar keng tarqalgan havo isitgichlaridir

Tutun gazlari havo isitgichning vertikal o’rnatilgan quvurlari ichida yuqoridan pastga tomon harakat qiladi. Havo kirish qutisiga gorizontal yo’nalishda kiradi va quvurlarning tashqi devorini yuvib o’tib, isiydi; so’ngra chiqish qutisidan o’txonaga kiradi. Havo tezligini gaz tezligiga nisbati taxminan 0,5 ga teng qilib olinsa, eng yuqori issiqlik berish koeffitsientiga erishiladi (15 – 20 Vt/m2K ). Regenerativ havo isitgichlari asosan yirik energetik qozon agregatlarida qo’llaniladi Aylanuvchan rotor alohida qismlarga bo’linib, ular issiqlikni yig’a oladigan metall tunukalar bilan to’ldiriladi. Aylanish jarayonida nasadka dastlab, chiqib ketayotgan gazlar bilan, so’ngra isitiladigan havo bilan yuvilib turiladi. Bunda issiqlik tutun gazlaridan sovuq havoga uzatiladi.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling