Bug‘ dvigateli haqidagi g‘oya, qisman, qadimgi dunyo olimlari tarafidan, porshenli suv nasosining ishlash tamoyiliga qiyosan ilgari surilgan edi. Uning ishlash tamoyili juda oddiy bo‘lib, u quyidagicha bo'lgan: porshenning yuqoriga ko‘tarilishi jarayonida, uning tubida joylashgan klapan orqali suv silindrga kirib to‘ldirgan. Slindrni suvni yuqoriga ko‘taruvchi truba bilan bog‘lovchi yon tomon klapani bu vaqtda yopiq turgan. Ushbu trubadagi suv ham doimiy ravishda klapanga kirishga intilgani bois, uning intilishi sababidan yon klapan yopilgan. Porshen qayta pastlagan vaqtda, u silindrdagi suvga bosim o‘tkaza boshlagan va natijada slindr tubidagi klapan ham yopilgan. Aynan shu vaqtda, silindrdagi suv, ko‘taruvchi truba orqali yuqoriga ko‘tarilgan. Porshenli suv nasosida tashqaridan bajarilayotgan ish hajmi, suvni nasos silindri orqali harakatlantirishga sarflangan. - Bug‘ dvigateli haqidagi g‘oya, qisman, qadimgi dunyo olimlari tarafidan, porshenli suv nasosining ishlash tamoyiliga qiyosan ilgari surilgan edi. Uning ishlash tamoyili juda oddiy bo‘lib, u quyidagicha bo'lgan: porshenning yuqoriga ko‘tarilishi jarayonida, uning tubida joylashgan klapan orqali suv silindrga kirib to‘ldirgan. Slindrni suvni yuqoriga ko‘taruvchi truba bilan bog‘lovchi yon tomon klapani bu vaqtda yopiq turgan. Ushbu trubadagi suv ham doimiy ravishda klapanga kirishga intilgani bois, uning intilishi sababidan yon klapan yopilgan. Porshen qayta pastlagan vaqtda, u silindrdagi suvga bosim o‘tkaza boshlagan va natijada slindr tubidagi klapan ham yopilgan. Aynan shu vaqtda, silindrdagi suv, ko‘taruvchi truba orqali yuqoriga ko‘tarilgan. Porshenli suv nasosida tashqaridan bajarilayotgan ish hajmi, suvni nasos silindri orqali harakatlantirishga sarflangan.
Bunday mashinaning ilk modellari 1690-yilda Papen tomonidan loyihalangan va tayyorlangan. 1702-yilda o‘z bug‘ nasosini Severi ham yasab namoyish etgan. Biroq, XVIII-asrda nisbatan keng ko‘lamli qo‘llanishda bo'lgan bug‘ mashinasi bu - Nyukomen ismli muhandisga taalluqli bo'lgan va ilk marotaba 1711-yilda ishlatib ko‘rilgan bug‘ mashinasi modeli bo'lgan edi. - Bunday mashinaning ilk modellari 1690-yilda Papen tomonidan loyihalangan va tayyorlangan. 1702-yilda o‘z bug‘ nasosini Severi ham yasab namoyish etgan. Biroq, XVIII-asrda nisbatan keng ko‘lamli qo‘llanishda bo'lgan bug‘ mashinasi bu - Nyukomen ismli muhandisga taalluqli bo'lgan va ilk marotaba 1711-yilda ishlatib ko‘rilgan bug‘ mashinasi modeli bo'lgan edi.
- Nyukomen mashinasida bug‘ silindri bug‘ qozoni ustida joylashgan edi. Porshen shtok orqali balansir bilan tutashtirilgan. Balansirning ikkinchi tomonidan shtok nasos bilan bog‘langan. Balansirning qarama-qarshi tomoniga biriktirilgan posangi yordamida porshen yuqoriga ko‘tarilgan. Bu vaqtning o‘zida silindrga kirib keladigan bug‘ ham porshenning yuqoriga ko‘tarilishiga xizmat qilgan. Porshen eng yuqori vaziyatga chiqib bo‘lganida, bug‘ qozondan silindrga bug‘ ochadigan kranni yopib qo‘yishgan va silindrga suv sepishga kirishishgan. Bu suvning ta'siri natijasida, silindrdagi bug‘ sovib, kondensatsiyalangan va bosimning keskin kamayishi natijasida, tashqi atmosferaning katta bosimi bilan porshen qayt pastlay boshlagan. Bu vaqtda porshen foydali ish bajarib o‘tgan, ya'ni nasosning shtoki yordamida balansirni harakatga keltirgan. Keyin yana silindrga bug‘ kiritishgan. Porshen yana yuqoriga ko‘tarilgan va butun slindr bug‘ bilan to‘lgan. Yana suv sepishgan va kondensatsiyalanib hajm kichrayib porshen qayta pastlagan. Ish shu siklda davom etib, porshenning faqat pastlash jarayonidagi bajariladigan unumli ish miqdoridan foydalanib qolishga urinishgan. Nyukomen mashinasida ishni amalda atmosfera bosimi bajargan. Bug‘ esa, siyrak (manfiy) bosimli bo‘shliq hosil qilish uchun zarur bo'lgan.
Bug’ generatori
Do'stlaringiz bilan baham: |