Tdiu samarqand filiali Iqtisodiy ta’limotlar ta’rixi fanidan oraliq nazorat savollar javoblari
Download 53.5 Kb.
|
Iqtisodiy talimotlar tarixi.Oraliq javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- «zarur ish vaqtida»)
- Tomas Robert Maltus
Qo‘shimcha qiymat nazariyasL Qiymatni aniqlab va qiymat qonunini ta’riflab bergach K.Marks qo‘shimcha qiymatni tahlil qilishga o‘tdi. Bu uning nazariyasida markaziy tushuncha hisoblanadi. Bu yerda asosiy savol tugTladi: agar «ekvivalentli ayirboshlash» tamoyili bo‘yicha barcha mahsulotlar o‘z qiymatiga olinsa va sotilsa, unda qo‘shimcha qiymat qanday hosil boTadi? Marks taTimoti bo‘yicha u quyidagicha ishlab chiqariladi.Tovar ishlab chiqarish taraqqiyotining maTum bosqichida pul kapitalga aylanadi. Tovar muomalasining formulasi T-P-T (tovar-pul- tovar), ya’ni boshqa bir tovarni sotib olish uchun tovar sotishdir. Kapitalning umumiy formulasi P-T-P, ya’ni sotish uchun tovami sotib olishdir. T-P-T mazmuni: odamlar o‘rtasida har xil foydalilik ayirbosh qilinadi. P-T-P doiraviy aylanishda maqsad foyda olish hisoblanadi. Demak, P’>P boMishi kerak. Bu o‘sish qayerdan keladi (Marks uni «qo'shimcha qiymat» deb ataydi)? Qo‘shimcha qiymat tovarlar muomalasida paydo boMmaydi, chunki tovar ekvivalentli ayirboshlanadi, qo‘shimcha qiymat bahoning ustiga qo‘shib sotishdan ham kelib chiqmaydi, chunki bunday bo‘lganda xaridor va sotuvchilaming o‘zaro yutuq va yutqiziqlari bir-birini qoplagan bo‘lar edi, holbuki gap ayrim hodisa ustida emas, balki ommaviy, o'rtacha, ijtimoiy hodisa ustida boradi. Qo‘shimcha qiymat olish uchun «pul egasi bozordan shunday bir tovar topish baxtiga erishmogT kerakki, bu tovar iste'mol qiymatining o‘zi qiymat manbayi boTishdek orginal bir xususiyatga ega boTsin», u shunday tovar boTishi kerakki, bu tovami iste'mol qilish jarayoni ayni paytda qiymat yaratish jarayoni ham boTsin. Bunday tovar - ishchi kuchidir. Ishchi kuchining iste'mol qilinishi mehnatdir, mehnat esa qiymat yaratadi. Pul egasi ishchi kuchini uning o‘z qiymati bo‘yicha sotib oladi. Ishchi kuchi tovarining qiymati ishchining va uning oilasining yashashi uchun zamr boTgan tirikchilik vositalari qiymati bilan belgilanadi. Ishchi o‘z ishchi kuchi qiymatidan ortiqcha qiymat yaratish xususiyatiga ega. Faraz qilaylik, ishchi kun bo‘yi 10 soat ishlaydi. Holbuki, ishchi 5 soat mobaynida (Marks atamasi bo‘yicha «zarur ish vaqtida») o‘z qiymatiga teng qiymat yaratadi, keyingi 5 soat mobaynida («qo'shimcha ish vaqtida») esa qo‘shimcha mahsulot yoki qo‘shimcha qiymat yaratiladi. Kapitalist bu qo'shimcha qiymatni haq toTamasdan o‘zlashtirib oladi. K.Marks bo‘yicha, kapitalist tomonidan qo‘shimcha qiymatning o‘zlashtirib olinishi mehnatning ekspluatatsiya qilinishidir. K.Marks o‘zi ishlab chiqqan «formula» yordamida ushbu ekspluatatsiya darajasini, ya'ni ekspluatatsiya me’yorini ko‘rsatib berdi.
56. ASmitning “ko’rinmas qo’li” – asari haqida tushuncha. Bozorda "ko'rinmas qo'l" faoliyat yuritadi, uning yordamida erkin raqobat odamlarning harakatlarini ularning manfaatlari orqali boshqaradi va ijtimoiy muammolarni hal qilishga olib keladi. eng yaxshi tarzda, bu ham alohida shaxslar, ham butun jamiyat uchun eng foydali; 57. Tomas Robert Maltusning hayoti va ijodi. I Ingliz Iqtisodchi Tomas Robert Maltus (1766-1834) dvoryan oilasida tug’ulgan. Kembrij universitetini tamomlagach, qishloq ruhoniysi, 1807-yildan esa siyosiy iqtisod professori bo’ldi. Uning asosiy asarlari «Nufus qonuni to‘g‘risida tajriba» (1798), «Yer rentasining tabiati va o‘sishi to‘g‘risida tadqiqot» (1815), «Siyosiy iqtisodning prinsiplari» (1820) hisoblanadi. 58. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi fanining ahamiyati va maqsadi ta’limotlar tarixi fanini o‘rganishning asosiy sabablaridan biri yaxshi iqtisodchi bo‘lishdir. O‘tmishning va hozirning eng muhim iqtisodchilari o‘z fanlari nazariyasi tarixi bilan yaqindan tanish bo‘lganlar. Iqtisodiy ta’limotlar tarixini o‘qish nazariy va mantiqiy qobilyatlami oshiradi, farazlarni xulosaga bog'lashga imkon beradi, o‘z fikridan farqli bo‘lgan tizimli mantiq asosida ishlashni o‘rgatadi. 59. Ibn Sinoning iqtisodiy qarashlari. Download 53.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling