Tdiu samarqand filiali Iqtisodiy ta’limotlar ta’rixi fanidan oraliq nazorat savollar javoblari
— 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
Download 53.5 Kb.
|
Iqtisodiy talimotlar tarixi.Oraliq javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish;
- Mehnat taqsimoti Smitning bozorning kengayishi hamda kapitalning jamg‘arilishi haqidagi fikriga ham bog‘liq.
- “...shahar aholisi marifatsiz
- “Mulk orttirishda unchalik xavf yo‘q... Mulkni ehtiyot qilib saqlab, o ‘z ehtiyoji uchun ishlatsa, buyomon hisoblanmaydi’’.
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi:
1.davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish; 2. qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish. 3. iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish. 4. ijtimoiy sohani rivojlantirish. 5. xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish; 51. Keynsning hayoti va ijodi. John Maynard Keynes (talaffuzi: Jon Meynard Keynes;1883.5.6, Kembrij — 1946.21.4, Suseks grafligi, Tilton qishlogʻi) — ingliz iqtisodchisi, davlat arbobi, keynechilik asoschisi. Cambridge universitetini tugatgan (1906). 1908-yildan to umrining oxirigacha shu universitetda dars berdi (1920-yildan professor), ayni paytda bir qator maʼmuriy lavozimlarda ishladi. Britaniya xazinasi xodimi (1915—19), Angliya banki direktorlaridan biri (1942-yildan), Bretton—Vuds konferensiyasida Angliyaning bosh vakili (1944). 1912-yildan nazariy „Economic journal“ („Iqtisodiyot jurnali“) muharriri boʻlgan. 52. ASmit ta’limotidagi asosiy g’oya? Mehnat taqsimoti Smitning bozorning kengayishi hamda kapitalning jamg‘arilishi haqidagi fikriga ham bog‘liq. Bozor qanchalik katta bo‘lsa, tovar shuncha ko‘p miqdorda sotiladi va mehnat taqsimotiga imkoniyat shunchalik oshadi. Cheklangan bozor o‘z navbatida cheklangan mehnatni talab qiladi. 53. Forobiyning mulkchilik to‘g‘risidagi qarashlari. Abu Nasr Forobiy mulkchilik haqida fikr yuritib, mulkka egalik qilish, undan maqsadga muvofiq foydalanish, o‘ziga to‘q yashash to‘g‘risidagi ilg‘or fikrlami ilgari suradi. U odamlarga, avlodlarga zarar keltirmaydigan mol-mulk orttirish foydali ish ekanligi, boshqalar uchun zarar keltiradigan boylik to‘plash, mol-mulk orttirish esa yomon odat ekanligini aytib o‘tadi. Forobiy kishilami mulkiy qonunlar asosida tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor beradi. Uningcha ma’rifatli, qonun asosida ish yuritadigan, huquqiy madaniyatli kishilar jamiyat taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydilar va aksincha, “...shahar aholisi ma'rifatsiz, tajribasiz odamlar va bolalardan iborat bo‘lsa, u holda ular qonun o'rnatgan tartib va boshqaruv usulini qabul qilmaydilar”. Ko‘rinib turibdiki, qonun-qoidalar asosida ish yuritishga alohida e’tibor qaratilgan. Huquqiy tarbiya, madaniyat mulkni to‘g‘ri tasarmf etish, undan unumli foydalanish va mulkni ko‘paytirishga undaydi. Forobiyning ta'kidlashicha “Mulk orttirishda unchalik xavf yo‘q... Mulkni ehtiyot qilib saqlab, o ‘z ehtiyoji uchun ishlatsa, buyomon hisoblanmaydi’’. Forobiyning mulkchilik to‘g‘risidagi iqtisodiy fikrlarining to‘g‘ri ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsatib berdi. Mamlakatimizda mulkdorlar sinfining shakllanib, ulaming soni ko‘payib, iqtisodiyotni rivojlantirishda roli ortib borayotgan hozirgi davrda Forobiyning mulk va unga egalik qilish haqidagi g‘oyalari yana ham faollashib bormoqda. 54. K.Marks iqtisodiy ta'limotining umumiy qarashlari. Karl Marks klassik siyosiy iqtisodni yakunlovchilardan biri sifatida iqtisodiy ta’limotlar tarixida yorqin iz qoldirdi. U 1818-yil 5- mayda Germaniyaning Trir shahrida tug‘ilgan. Uning otasi advokat, yahudiy bo‘lib, 1824 yilda protestantlikni qabul qilgan. Oilasi davlatmand, madaniy oila bo‘lgan. K.Marks Trir shahrida gimnaziyani tamomlagandan so‘ng dastlab, Bonndagi so‘ngra Berlindagi universitetga kirdi, yuridik fanlami, tarix va falsafani o‘rgandi. 1841- yilda Epikur falsafasi to‘g‘risida universitet dissertatsiyasini topshirib, kursni bitirdi. 1842-yili K.Marks Bonnga ko‘chib keldi va shu yilning oktabrida «Reyn gazetasi»ning bosh muharriri bo‘ldi va Bonndan Kyolnga ko‘chib o‘tdi. 1843-yili birdaniga bir qancha voqealar sodir bo‘ldi: u muharrirlik qilgan gazeta yopildi, nemis baronining qizi Jenni Fon Vestfalenga uylandi, Parijga ko‘chib o‘tdi. Keyingi ikki yil (1844-1845) K.Marks uchun iqtisodiy nazariyani, falsafani chuqur o'rganishning boshlanish davri boidi. U G.Geyne, P.Prudon, M.Bakuninlar bilan tanishdi, F.Engels bilan do‘stlashdi. K.Marks 1845—1848-yillari Bryusselda bo‘ldi. 0 ‘sha yillari F.Engels bilan hamkorlikni davom ettirgan holda «Nemis idealogiyasi» va «Kommunistik partiya Manifesti»ni yozdi. U 1848-yili Germaniyaga Kyoln shahriga keldi va «Yangi Reyn gazetasi»ga rahbarlik qildi. U o‘zining gazetasida 1849-yili «Yollanma mehnat va kapital» asarini chop etdi. Shundan so‘ng Germaniyadan surgun qilindi va boshqa bu yerga qaytib kelmadi. K.Marks aw al Parijga keldi, u yerda bir oz vaqt turgandan keyin Londonga borib, umrining oxirigacha (1850-1883) shu yerda yashadi. Aynan Londonda yashagan davrlarda K.Marks o‘zining ko‘p sonli asarlarini, jumladan, hayotining mazmunini tashkil etgan “Kapital’ni yozdi. K.Marksning iqtisodiy konsepsiyalari asosan uning ushbu mashhur asarida berilgan. Uning bu asari to‘rt jilddan iborat bo‘lib, birinchi jild 1867-yili nashr etildi, ikkinchi va uchinchi jildlar K.Marks o‘limidan keyin F.Engels tomonidan (ikkinchi jild 1885-yil, uchinchi jild 1894-yil) chop etildi 55. Marksning qiymat nazariyasi haqida tushuncha. K.Marksning qiymat nazariyasi D.Rikardoning qiymat nazariyasidan farqlanishiga e'tibor berish zarur. D.Rikardo tovarlaming nisbiy qiymati to‘g‘risida so‘z yuritadi: A va B tovarlar bir-biriga ayirboshlanadi, chunki ulami ishlab chiqarish taxminan bir xil mehnat sarflarini taqozo etadi. K.Marksda esa qiymat tovarga xos obyektiv xususiyatdir. Download 53.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling