Техноген indd
Download 1.67 Mb.
|
ТЕХНОГЕН (2) (2) word
Biosfera barcha turdagi organizmlar, jumladan, inson ya- shashi mumkin bо‘lgan atrofmuhit bо‘lib, u murakkab tuzilish- dagi yer sharining muhim qobig‘idir. Biosfera bir necha milliard yillar davomida shakllangan. Zamonaviy olimlar biosferaga mod- dalarning planeta bо‘yicha harakatini ta’minlovchi yirik, global ekosistema sifatida qarashadi. Hozirgi erada hayot yer qatlami ning yuqori (litosfera) qismida, yerning pastki havo (atmosfera) qobig‘ida va yer sharining suvli qobig‘i (gidrosfera) da tarqal- gan. Bu shu bilan izohlanadiki, litosferada yer osti suvlari va tog‘ chо‘kmalarida chuqurlikning sekinasta ortib borishi bilan harorat ham ortib 2 km dan 16 km chuqurlikda 100 oC va yuqori (vulqon- ning faollik zonasida esa 200 dan 1500 oC cha) ni tashkil etadi.
Texnosfera о‘tmishda biosferaga taalluqli bо‘lgan, keyincha- lik insonlarning о‘zining moddiy va ijtimoiyiqtisodiy ehtiyojla- rini yanada yaxshilash maqsadida tо‘g‘ridantо‘g‘ri yoki sirtdan texnik vositalar bilan ta’sir etgan hududdir. Texnosfera insonlar tomonidan texnik vositalar yordamida yaratilgan shaharlar, qо‘rg‘onlar, qishloq aholi punktlari, sanoat va korxonalar zonasi band etgan hududlar hisoblanadi. Inson hayot faoliyati jarayonida nafaqat tabiiy muhit bilan balki, ijtimoiy muhit deb ataluvchi odamlar bilan ham uzluksiz aloqada bо‘ladi. Insonning ijtimoiy muhit bilan aloqasi tug‘ilishni davom ettirish, bilim, tajribalarni almashtirish, о‘zining ma’naviy ehtiyojlarini qanoatlantirish, intellektual qobiliyatlarini oshirishda foydalaniladi va shakllanadi. Zamonaviy industrial jamiyatda inson atrofmuhit komponent- lari (biosfera, texnosfera va ijtimoiy muhit) bilan о‘zaro ta’sirda bо‘ladi. Ya’ni inson tabiiy atrofmuhitga uzluksiz ta’sir etsa, о‘z navbatida, biosfera va insonning ehtiyojlaridan kelib chiqib, uning uzluksiz jismoniy va aqliy faoliyatining mahsuli bо‘lgan texnos- fera va ijtimoiy muhit ham insonga tо‘g‘ridantо‘g‘ri yoki sirtdan doimiy ta’sir etadi. Yuqorida qayd etilganlar asosida quyidagicha xulosa chiqarish mumkin: Zamonaviy inson uni о‘rab turgan atrofmuhitning tashkil etuvchilari, ya’ni tabiiy, texnogen (texnosfera) va ijtimoiy muhit bilan uzluksiz о‘zaro ta’sirda bо‘ladi; XIX asr oxiridan boshlab va XX asrda texnosfera hamda ij- timoiy muhit uzluksiz rivojlanmoqda, bunga ushbu sohada inson faoliyati orqali о‘zgartirilgan ulushlarning oshib borayotganligi isbotdir; Texnosferaning rivojlanishi tabiiy muhitni о‘zgartirish hiso- biga amalga oshmoqda. Zamonaviy hayotda insonlarning ijtimoiy mavqelarining yuk- salishi bilan birga ularning tinchligiga, sog‘lig‘iga va mehnati xavfsizligiga xavf soladigan omillar soni ham ortib bormoqda. Ma’lum sharoitda ular insonlarning ruhiy holatiga, sog‘lig‘iga sal- biy ta’sirini kо‘rsatishi hammaga ma’lum. Shu sababli insonlarni nafaqat ularning aqliy yoki jismoniy mehnat faoliyati davomida balki, yashash joyida, yо‘lda va barcha holatlarda xavfsizligini, yaxshi kayfiyatini, mehnat qobiliyati va ish unumdorligini ta’min- lash, sog‘lig‘i haqida qayg‘urish masalalarini ijobiy hal etish juda dolzarb muammolardan biridir. Qayd qilingan masalalarni ijobiy hal etishda hayot faoliyati xavfsizligi fanining о‘rni, uning nazariy ma’lumotlari bilan bо‘la- jak mutaxassislarni qurollantirish muammolarning ijtimoiy hayot- da mumkin qadar ijobiy hal etilishiga yordam beradi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling