Техноген indd
Prognozlash metodlari klassifikatsiyasi
Download 1.67 Mb.
|
ТЕХНОГЕН (2) (2) word
Prognozlash metodlari klassifikatsiyasiTadqiqotning eng muhim metodologik instrumenti ishchi gipo- tezalar hisoblanib, qilinayotgan tadqiqot ularni tasdiqlashi yoki in- kor etishi kerak. Bunda ikki turdagi gipotezalar kerak bо‘ladi: metodologik gipotezalar (instrumental): qо‘llanilayotgan us- lubiyot ma’lum bir sharoitlarda ishonchli natijalar berishga qodirli- gi tо‘g‘risidagi farazlar); konseptual gipotezalar (о‘rganilayotgan obyektning kelajak- dagi istalgan yoki kutilgan holati haqidagi farazlar). Dastur boshidanoq prognozga asoslanish davri (restrospetsiya) о‘tmishda va hozirgi kunda boshlang‘ich modelning rivojlanish parametrlarining dinamik qatorlarini shakllantiriluvchi vaqt bо‘lagi va prognozning oldini olish davri (prospetsiya) – prognoz mо‘ljal- langan vaqt bо‘lagi belgilab olingan bо‘lishi kerak. Prognoz ma’lumotlarining bir-birini tо‘ldiruvchi uchta manbai mavjud: tadqiq qilinayotgan jarayonlarning rivojlanish qonuniyat- larini bilishga asoslangan tо‘plangan tajriba; avvalgi va hozirgi ho- lati yaxshi ma’lum bо‘lgan mavjud tendensiyalarni rivojlanish qo- nuniyatlarining ekstropolyatsiyasi; kutilayotgan yoki mо‘ljallangan sharoitlarga nisbatan tadqiq qilinayotgan obyektlarning modellarini shakllantirish. Ushbu manbalarga muvofiq ravishda prognozlarni ishlab chiqishning uchta bir-birini tо‘ldiruvchi usullari (ya’ni bir turdagi usullarning jamlanmasi) mavjud: ekspertlarning bevosita va sirtdan, individual va jamoaviy sо‘rovlariga asoslangan eksper- tiza; ekstropolyatsiya – obyektning avvalgi rivojlanishini о‘rganish va ushbu rivojlanishning о‘tmishdagi va hozirgi kundagi qonuni- yatlarini kelajakka kо‘chirib о‘tish; modellashtirish – о‘zgarishlar- ning mavjud yoki miqyoslari va yо‘nalishlari tо‘g‘risidagi bilvosita ma’lumotlar bо‘yicha kutilayotgan yoki istalayotgan о‘zgarishlarni hisobga olgan holda obyektning modelini shakllantirish va tadqiq etish. Eng samarali prognoz modeli – tenglamalar tizimidir. Model- larning boshqa turlari ham mavjud. Ssenariylar, imitatsiyalar, gra- fiklar, matritsalar va boshqalar. Prognozlashning keltirilgan usullarining bо‘linishi yetarli dara- jada shartlidir, chunki amaliyotda ular о‘zaro kesishadi va bir-bir- larini tо‘ldiradi. Ularning hech biri о‘z-о‘zicha prognozning ishon- chliligi, aniqligi, uzoqligining ahamiyatli darajasini ta’minlab bera olmaydi. Biroq ma’lum bir birikma holida ular yuqori darajada sa- marali bо‘lishlari mumkin. Masalan, prognoz baholash о‘z ichiga muqarrar ravishda ekstropolyatsiya va modellashtirish unsurlarini qamrab oladi; ekstropolyatsiya jarayonlarini baholash va modellash- tirish unsurlarisiz amalga oshib bо‘lmaydi; modellashtirish oldin- dan baholashni va ekstropolyatsiya qilishni nazarda tutadi. Prog- nozlash amaliyotida prognozlashning 10-15 ta usullari qо‘llaniladi (nazariyada esa ularning bir yuz ellikdan ortiq turlari mavjud), ular- ning ichiga ekspertlarni sо‘rovdan о‘tkazishning bir nechta usulla- ri, shu jumladan, ekstropolyatsion va turli xil prognozlash metodi (shakllanish darajasiga ko‘ra klassifikatsiyasi) Intuitiv (ekspertli) Shakllangan Statistik Komissiya metodi Aqliy hujum metodi, Delfi metodi, Logik Analogiya bo‘yicha Maqsadlar daraxtini qurish Mo- dellar tarmog‘i Maqsadlar daraxti Prognozli graf·Qarorlar daraxti Prognozli ekstropolyatsiya Regression modellar asosida prognoz- lash Indikator va indekslash asosida prognozlash ·Mavsumiy tebra- nishlar prognozi Informatsion modellashtirish Stoxastik modellash- tirish Tarkibiy modellashtirish kabi boshqa modellarni (ssenariylar, matritsalar, tо‘rli, imitatsion va boshqalar) ishlab chiqishning bir qator usullari kiradi. Prognoz tadqiqoti puxta tashkillashtirishni talab etadi. Tajriba- ning kо‘rsatishicha, hattoki nisbatan murakkab bо‘lmagan ijtimoiy prognoz uchun ham 5-7 ta mutaxassislardan iborat tadqiqotchilar guruhi va bir necha oylik muddat (odatda, bir kvartaldan yarim yil- gacha) talab etiladi. Boshqa anchayin murakkab prognozlar esa 10- 15 ta mutaxassislardan iborat guruhni (ushbu kattalikdan kо‘proq bо‘lishi maqsadga muvofiq emas va odatda, jiddiy mulohazalarga binoan qilinadi) va 2-3 yillik muddatni (anchayin uzoq muddat umuman olganda prognozning qiymatini tushiradi va ayniqsa, reja oldi ishlanmalari sifatidagi qiymatini ham tushiradi) talab etadi. Tadqiqot guruhining tarkibi: Rahbar (g‘oyalar genatori bо‘lsa maqsadga muvofiq bо‘ladi); Uning 2-3 ta yordamchisi (bittasi tanqidiy fiklashga ega bо‘l- gan – g‘oyalar moderatori bо‘lishi; ikkinchisi konstruktiv fikrlash- ga ega bо‘lgan – g‘oyalar animatori bо‘lishi va uchinchisi tahliliy fikrlashga ega bо‘lgan – g‘oyalarni tizimlovchi bо‘lishi maqsadga muvofiqdir); 1-2 ta ishlab chiquvchi mutaxassis – tadqiqot apparatini yetarli darajada shakllantira oladigan matematiklar; Kotib - ish yurituvchi. Guruhning 10-15 kishigacha kengayishi yordamchilar sonini kо‘paytirish va ma’lumotlarni yig‘ish hamda qayta ishlash uchun, ya’ni adabiyotlar va manbalarni oldindan referatlashtirish, ekspert- lar va aholi о‘rtasida sо‘rovnomalarni о‘tkazish (amaliyotda aholini sо‘rovnomadan о‘tkazish hozircha nisbatan kam amalga oshiril- moqda), modellarda materiallarni rasmiylashtirish uchun tayyorlash va hokazolar (5-7 kishidan iborat bо‘lgan guruhda bu bilan bevosita rahbar yordamchilari shug‘ullanadilar) bilan shug‘ullanadigan bir nechta yordamchi ishchilarni jalb qilish oqibatida amalga oshadi. Guruhning bunday tashkillashtirilishi tadqiqotga ilmiy muassa- saning yoki hatto bir qator ilmiy muassasalarning (intervyu oluv- chilar, kodlashtiruvchilar va hokazolar) boshqa ixtisoslashtirilgan bо‘linmalari kuchlari yordamida tо‘liq “tashqi” xizmat kо‘rsatili- shini nazarda tutadi. Tajribalarning kо‘rsatishicha, ushbu barcha yordamchi xizmatlarni bir tadqiqot guruhi doirasida jamlashga bо‘l- gan intilish ishlab chiqarish intizomi ma’nosidagi juda ham salbiy oqibatlar bilan kechuvchi xizmatchilarning tо‘liq holda yuklanmas- ligiga (tadqiqotning turli sikllari о‘rtasidagi tanaffuslarda muqarrar amalga oshadigan) olib keladi va bu holat tadqiqotning natijalariga ta’sir etmasdan qolmaydi. Prognozlash asosida kelajak haqidagi ma’lumotlarning uchta bir-birini tо‘ldiruvchi manbasi yotadi: tajriba asosida prognoz qilinayotgan hodisaning kelajakdagi holati, rivojlanish istiqbolini baholash, kо‘pgina hollarda yaxshi ta- nish bо‘lgan о‘xshash hodisalar va jarayonlarning misollari yorda- mida aniqlash; avvalda va hozirgi kunda yetarli darajada yaxshi ma’lum bо‘l- gan hodisalarning rivojlanishining qonuniyatlari, tendensiyalarini kelajakka shartli ravishda davom ettirish; kutilayotgan tarzda shakllantirilgan yoki istalgan holdagi bir qator shartli о‘zgarishlarga bog‘liq holda rivojlanish istiqbollari ye- tarli darajada ma’lum bо‘lgan u yoki bu hodisalar, jarayonlarning kelajakdagi holati modeli. Yuqoridagilarga muvofiq ravishda prognozlarni ishlab chiqish- ning bir-birini tо‘ldiruvchi uchta usuli mavjud: anketalashtirish (intervyu olish, sо‘rovnomalar) – prognoz tavsifidagi subyektiv baholashlarni tartibga solish, obyektlashtirish maqsadida aholi, ekspertlar orasida sо‘rovnoma о‘tkazish. Ayniqsa, ekspert baholashlari katta ahamiyat kasb etadi. Prognozlash amali- yotida aholi о‘rtasidagi sо‘rovnomalar о‘tkazish hozirgi kunda nis- batan kam amalga oshiriladi; ekstropolyatsiya va interpolyatsiya qilish (jarayonning ikkita ma’lum bо‘lgan muddatlari о‘rtasidagi oraliq qiymatni aniqlash) – kelajakda prognozning oldini olish (prognoz ishlanmalarining retrospetsiya va prospeksiyasi) va prognozning avvalgi muddat- larini asoslash davomiyligida bashorat qilinayotgan hodisaning kо‘rsatkichlari rivojlanishining dinamik qatorlarini shakllantirish; modellashtirish – prognozning oldini olish davridagi о‘zga- rishlarning yо‘nalishlari va miqyoslari haqidagi mavjud bevosita yoki bilvosita ma’lumotlar bо‘yicha bashorat qilinayotgan hodisa- ning taxminiy yoki kutilayotgan о‘zgarishlarini hisobga olgan holda qidiruv va me’yoriy modellarni shakllantirish. Eng samarali prog- noz modeli – bu tenglamalar tizimidir. Biroq ushbu terminning keng ma’nodagi barcha turdagi modellari katta ahamiyat kasb etadi: sse- nariylar, imitatsiyalar, grafiklar, matritsalar, kо‘rsatkichlar tо‘plan- masi, grafik tasvirlar va boshqalar. Prognozlashning keltirilgan usullarining bо‘linishi shartlidir, chunki avval aytilganidek, amaliyotda ushbu usullar о‘zaro kesi- shadi va bir-birlarini tо‘ldiradi. Prognoz baholash muqarrar ravish- da о‘z ichiga ekstropolyatsiya va modellashtirish unsurlarini qam- rab oladi. Ekstropolyatsiya jarayoni baholash va modellashtirish unsurlarisiz amalga oshirilishi mumkin emas. Modellashtirish ol- dindan baholashni va ekstropolyatsiyani nazarda tutadi. Ushbu ho- lat uzoq muddat davomida prognozlashning usullarini mos ravishda tasniflashni qiyinlashtirar edi. Oxirgisini ishlab chiqishni prognoz- lashning yо‘llari, protseduralari, usullari, uslublari, tizimlari, meto- dologiyasidagi yetarli darajadagi noaniqligi ham tо‘xtatib turar edi, ular kо‘pincha birining о‘rniga boshqasi ishlatilar yoki ular о‘rta- sidagi ahamiyatli darajadagi farqlanishlar bо‘lishiga qaramasdan bir xil hodisalar sifatida ishtirok etardi. Oxirgi yillarda bu jihatdan prognozlash usullarini tasniflash uchun ishonchli nazariy bazani ya- ratishga imkon berilgan ahamiyatli darajadagi ishlar olib borildi. Prognozlash yо‘llari – prognozni ishlab chiqishga bо‘lgan naza- riy yoki amaliy yondashuv shakli, prognozni ishlab chiqish jarayo- nida konkret natijani olishga yо‘naltirilgan bir yoki bir qator mate- matik yoki mantiqiy operatsiyalardir. Protsedura – operatsiyalarning ma’lum bir jamlanmasining bajarilishini ta’minlovchi bir qator yо‘llardir. Usul – murakkab yо‘l bо‘lib, umumiy holda prognozni ishlab chiqishga yо‘naltirilgan oddiy yо‘llarning tartibga solingan majmuasidir. Uslubiyot – bir yoki kо‘pincha bir qator usullarning ma’lum bir birikmasi asosidagi yо‘llar, protseduralar, operatsiyalar, tadqiqot qoidalarining tartibga solingan jamlanmasidir. Prognoz- lash metodologiyasi – prognozlashning usullari, yо‘llari, tizimlari haqidagi bilimlar sohasidir. Prognozlash uslubi – prognozni ishlab chiqishning bir xil usullari asosida kelajak haqidagi ma’lumotlar- ni olish va qayta ishlashdir. Prognozlash tizimi (“prognozlovchi ti- zim”) – murakkab hodisalar yoki jarayonlarni prognozlash uchun mо‘ljallangan uslubiyotlar, texnik vositalarning tartibga solingan jamlanmasidir. Amaliyotdagi tajriba shuni kо‘rsatmoqdaki, yuqori- da keltirib о‘tilgan usullarning hech biri о‘z-о‘zicha prognozning ishonchliligi, aniqligi, uzoqligining ahamiyatli darajasini ta’minlab bera olmaydi. Biroq ma’lum bir birikma holida ular yuqori darajada samarali bо‘lishlari mumkin. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling