Техноген indd
Texnik tizimlarning xatoliklarini baholash
Download 1.67 Mb.
|
ТЕХНОГЕН (2) (2) word
Texnik tizimlarning xatoliklarini baholashXavfni baholash bosqichining asosiy vazifalari: xavfni baholashda hisoblash-tahlil qilish usulini qо‘llash bilan О‘zbekiston Respublikasidagi me’yoriy hujjatlariga zid bо‘lmagan, barcha rasmiy hujjatlardagi bor hisoblash usullaridan foydalanishga ruxsat beriladi; barcha kо‘ngilsiz hodisalar va ularning omillarining yuzaga kelish chastotasini aniqlash; kо‘ngilsiz hodisalar oqibatlarini baholash; xavf baholarini umumlashtirish. Kо‘ngilsiz hodisalarning yuzaga kelish chastotasini aniqlash uchun quyidagilardan foydalanish tavsiya etiladi: texnologik tizimning avariyaga moyilligi va ishonchliligi bо‘yicha xavfli ishlab chiqarish obyekti spetsifikasiga yoki faoliyat turiga taalluqli statistik ma’lumotlar; «hodisalar daraxti», «buzilishlar daraxti»ni mantiqiy tahlil qi- lish usullari, inson-mashina tizimida avariyalarning yuzaga kelishi- ning imitatsiya modellari; ushbu soha mutaxassislarining fikrlarini hisobga olish yо‘li bi- lan olinadigan ekspert baholari. Oqibatlarni baholash insonlar, mulk va/yoki atrof-muhitga kо‘rsatilishi mumkin bо‘lgan ta’sirlar tahlilini о‘z ichiga oladi. Oqi- batlarni baholash uchun kо‘ngilsiz hodisalar (ishlamay qolishlar, texnik qurilmalar, bino va inshootlarning buzilishi, yong‘inlar, port- lashlar, zaharli moddalar chiqindilari va h.)ning fizik ta’sirlari ba- holanishi, xavf yuzaga kelishi ehtimoli bо‘lgan obyektlar aniqlani- shi lozim. Avariyalar oqibatlarini tahlil qilishda avariya jarayonlari modellari va о‘rganilayotgan obyektlarning buzilish, shikastlanish mezonlaridan foydalanish, qо‘llanilayotgan modellarning cheklan- ganligini inobatga olish lozim. Shuningdek, imkon qadar oqibatlar kо‘lami va ularning yuzaga kelish chastotasi о‘rtasidagi bog‘liqlik- ni aniqlash lozim. Avariyalar xavfiga berilgan umumlashtirilgan baho (yoki xavf darajasi) xavfli ishlab chiqarish obyektida sodir bо‘lishi mumkin bо‘lgan barcha kо‘ngilsiz hodisalarning xavf kо‘rsatkichlarini hi- sobga olgan holda sanoat xavfsizligi holatini aks ettirishi va qu- yidagilarning natijalariga asoslanishi kerak: barcha kо‘ngilsiz hodisalar (avariya ssenariylari)ning о‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda ularning xavf kо‘rsatkichlarini integ- rallashtirish; olingan natijalarning noaniqligi va aniqligini tahlil qilish; foydalanish sharoitlarining sanoat xavfsizligi talablari va qabul qilsa bо‘ladigan xavf mezonlariga muvofiqligini tahlil qilish. Xavf baholarini umumlashtirishda, imkon qadar, olingan natijalarning noaniqligi va aniqligi tahlil qilinishi lozim. Xavf- ni baholash bilan bog‘liq kо‘plab noaniqliklar mavjud. Odatda, uskunalarning ishonchliligi va insonlarning xatolari tо‘g‘risidagi ma’lumotlarning tо‘liq bо‘lmasligi, qabul qilinayotgan farazlar va foydalanilayotgan avariyaviy jarayon modellariga yо‘l qо‘yish no- aniqliklarning asosiy manbalari hisoblanadi. Xavfni baholash nati- jalarini tо‘g‘ri talqin qilish uchun noaniqliklarning xususiyatini va ularning sabablarini tо‘g‘ri tushunish lozim. Noaniqliklarning man- balari identifikatsiyalanishi (masalan, «inson omili»), baholanishi va natijalarda kо‘rsatilishi lozim. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling