Техноген indd
Xavfni kamaytirish bо‘yicha tavsiyalar
Download 1.67 Mb.
|
ТЕХНОГЕН (2) (2) word
Xavfni kamaytirish bо‘yicha tavsiyalarishlab chiqish Xavfni kamaytirish bо‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish xavf tah- lilining yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Tavsiyalarda xavfni ba- holash natijalari bо‘yicha asoslangan xavfni kamaytirish choralari kо‘rsatiladi. Xavfni kamaytirishga doir chora-tadbirlar texnik va (yoki) tash- kiliy xususiyatga ega bо‘lishi mumkin. Chora-tadbir turini tanlashda xavfga ta’sir kо‘rsatish choralarining amaliyligi va ishonchliligiga berilgan umumiy baho, shuningdek, ularni amalga oshirish uchun sarf-xarajatlar kо‘lami hal qiluvchi ahamiyatga ega bо‘ladi. Tashkiliy choralar xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydala- nish bosqichida xavfni kamaytirish bо‘yicha yirik texnik choralar qabul qilishda cheklagan imkoniyatlarning о‘rnini bosishi mumkin. Xavfni kamaytirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqishda, resurslarning cheklanishi mumkinligidan kelib chiqqan holda, bi- rinchi navbatda, sodda va eng kam sarf-xarajat talab etiladigan tav- siyalar, shuningdek, istiqboldagi chora-tadbirlar ishlab chiqilishi nazarda tutilishi lozim. Kо‘p hollarda xavfsizlikni ta’minlashga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar, odatda, avariyalarning oldini olish chora-tadbirlari hisoblanadi. Tatbiq etish rejalashtirilayotgan xavfsizlik chora-tad- birlarini tanlashda quyidagilar ustuvorlikka ega: Avariya vaziyatlarining yuzaga kelish ehtimolini kamaytirish- ga doir chora-tadbirlar. Ularga quyidagilar kiradi: noxush hodisalarning yuzaga kelish ehtimolini kamaytirishga doir chora-tadbirlar; noxush hodisalarning avariya vaziyatini yuzaga keltirish ehti- molini kamaytirishga doir chora-tadbirlar. Avariya oqibatlarini yumshatishga doir chora-tadbirlar. Ular, о‘z navbatida, quyidagi ustuvor chora-tadbirlarni о‘z ichiga oladi: xavfli obyektni loyihalashda kо‘zda tutiladigan chora-tadbirlar (masalan, tutib turuvchi konstruksiyalarni, qulf armaturani tanlash); avariyadan himoyalash va nazorat tizimlariga taalluqli cho- ra-tadbirlar (masalan, gaz analizatorlaridan foydalanish); foydalanuvchi tashkilotning avariya oqibatlarini lokallashtirish va bartaraf etishga tayyorligi bilan bog‘liq chora-tadbirlar. Xavfni kamaytirish bо‘yicha taklif etilayotgan chora-tadbirlar- ni asoslash va ularning samaradorligini baholash zarur bо‘lganda ularni optimallashtirishning ikkita muqobil maqsadi kо‘zda tutilishi tavsiya etiladi: berilgan vositalar yordamida xavfli ishlab chiqarish obyek- tidan foydalanish xavfining maksimal kamayishini ta’minlash; minimal sarf-xarajatlar bilan xavfni qabul qilsa bо‘ladigan darajagacha kamaytirishni ta’minlash. Ajratilgan vositalar yoki resurslarning cheklanganligi sharoitida xavfni kamaytirish bо‘yicha chora-tadbirlarning bajarishdagi ustu- vorligini aniqlash uchun quyidagilar bajarilishi lozim: belgilangan moliyalashtirish hajmlari doirasida amalga oshiri- lishi mumkin bо‘lgan chora-tadbirlar majmuini aniqlash; bu chora-tadbirlarni «samaradorlik-xarajatlar» kо‘rsatkichi bо‘yicha ajratish; taklif etilayotgan chora-tadbirlarni asoslash va ularning sama- radorligini baholash. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling