Техноген indd
Download 1.67 Mb.
|
ТЕХНОГЕН (2) (2) word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xoleriklar
Sangviniklar: kuchli, barqaror, harakatchan. Bunday kishi- larda miya yarim sharlaridagi qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayoni kuchli bo‘ladi. Ular hayotda ishchan, quvnoq va ancha shoshqaloq bo‘ladilar.
Flagmatiklar: kuchli, barqaror, kamharakat tip. Bu toifa odamlarda qo‘zg‘alishlar kuchli, barqaror, lekin harakatlar sekin- lashgan bo‘ladi. Bunday odamlar tabiatiga ko‘ra, tinch, osoyishta, xotirjam, sabr-toqatli va mehnatkash bo‘ladilar. Xoleriklar: kuchli, o‘ta qo‘zg‘aluvchan, beqaror. Bunday to- ifadagi kishilar g‘ayratli, tez ta’sirlanuvchan va jizzaki bo‘ladilar. Melanxoliklar: bo‘shang tip. Bu tipga g‘ayratsiz, hayotdan doim nolib yuradigan, hafsalasiz kishilar kiradi. Odamlar asab sistemasining turlari har xil bo‘lganligi tufayli ulardan bir xil xulqni, atrofdagilarga, buyumlarga nisbatan bir xil munosabatda bo‘lishni talab qilib bo‘lmaydi. Bu bolalarning char- chash darajasiga, normal ish qobiliyatining tiklanish vaqtiga ham bog‘liq. Inson faoliyati (ish qobiliyati)ning samaradorligi psixik kuchla- nishning darajasiga asoslanadi. Psixik kuchlanish ma’lum chegaragacha mehnat natijalariga ijobiy ta’sir qiladi. Aktivlashishning kritik darajagacha ko‘tarili- shi, mehnat natijalarining pasayishiga, ba’zan ishchanlikning to‘liq yo‘qolishiga olib keladi. Psixik kuchlanishning me’yoridan oshgan shakli chegaradan chiqish deyiladi. Insonning normal yuklanishi maksimal yuklanishga nisbatan 40-60 % dan oshmasligi kerak, ya’ni yuklanish chegaradan oshgan- da ish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi. Psixik kuchlanishning chegaradan chiqqan shakllari psixik fao- liyatning har xil qiyofada dezintegralsiyalanishiga olib keladi, birin- chi navbatda, insonga xos yakka psixik ish qobiliyati darajasining pasayishiga olib keladi. Psixik kuchlanishning juda aniq ifodalan- gan shakllarida harakat koordinatsiyasi va chaqqonligi yo‘qoladi, balki harakatning samarasiz shakllari va boshqa salbiy holatlar pay- do boladi. Ishchilarning xatti-harakatini to‘g‘ri tashkil qilishda, ish xavfsizligi tajribasini ishlab chiqarishda, yaxshi psixologik sharo- itlarni yaratishda katta rol (ahamiyat) mehnat psixofiziologiyasi va alohida mehnat xavfsizligi psixologiyasiga tegishlidir. Mehnat jadvalining (kundalik va haftalik) to‘g‘ri tuzilishi char- choqning oldini olishda ta’sirchan vositadir. Inson tanasidagi bio- logik faollik sutka davomida taxminan M harfi shaklida kuchayib va susayib turadi. Kechasi sustlashgan biologik faollik tonggi soat 04:00 lardan boshlab ko‘tarila boshlaydi va ertalabki 07:00-08:00 larda eng yuqori darajaga ko‘tariladi. Bu holat soat 10:00-11:00 largacha saqlanadi, soat 12:00-14:00 gacha faollik susayib, soat 16:00-17:00 lardan u yana ko‘tarila boshlaydi va soat 20:00-21:00 largacha davom etadi. Soat 21:00 larda biologik faollik ancha susa- yib, soat 23:00 larda eng past darajada bo‘ladi va tonggi soat 04:00 gacha davom etadi. Shuning uchun kuchli aqliy mehnatni talab eta- digan fanlarni dastlabki soatlarga qo‘yish kerak. Ish qobiliyati kun mobaynidagina emas, hafta davomida ham o‘zgarib turadi. Hafta mobaynida ish qobiliyatini kuzatish, uning har xil bo‘lishini ko‘rsatadi. Shanba va yakshanba kunlaridagi dam olishlar hisobiga dushanba kuni organizmning ish sharoitiga mosla- shishi qiyinroq bo‘ladi. Haftaning chorshanba va payshanba kunlari ishchanlik eng yuqori nuqtasiga chiqadi. Juma kunidan ishchanlik yana asta-sekin pasaya boshlaydi. Bu muammolar haligacha bizning milliy adabiyotlarimizda yo- ritilmagan. Shuning uchun bu masalalarga to‘liq to‘xtalib o‘tamiz. Ishlovchilarning baxtsiz hodisalar xavfi ostida qolishini kuchay- tiruvchi omillarni ikkita katta guruhga bo‘lish mumkin: ishchilar- ning xavf ostida qolishini barqaror ko‘taruvchi omillar va ishlovchi- larning xavf ostida qolishini vaqtincha ko‘taruvchi omillar. Birinchi guruh omillariga quyidagilar kiradi: insonning asab ti- zimida yoki boshqa a’zolarida doimiy funksional o‘zgarishlar, ka- sallik fe’li yoki shunga yaqin holatga ega bo‘lganda. Bularning ichi- da bir qator qattiq patologik o‘zgarishlar ajratiladi, vaholanki bular ish qobiliyatining to‘la yo‘qolishiga olib kelmasa-da, xulq-atvorga ta’sir qiladi va xavf ostida qolishni kuchaytiradi. Ishchining baxtsiz hodisa xavfi ostida qolishi. Nerv tizimi oliy bo‘limlari harakatlanuvchi markazlari bilan sensori o‘rtasidagi aloqalarning buzilishi. Bunday o‘zgarishlar oqibatida inson sezish organlari bilan qabul qiladigan tashqi ta’sirni aniq va tez fahmlash- ga loyiq emas, ya’ni ko‘pchilik baxtsiz hodisalar sodir bo‘lishida funksional buzilishlar bosh rolni o‘ynaydi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling