Техноген indd


Himoya tizimlaring maqsadi va tamoyillari


Download 1.67 Mb.
bet40/91
Sana16.11.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1777806
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   91
Bog'liq
ТЕХНОГЕН (2) (2) word

Himoya tizimlaring maqsadi va tamoyillari


Xavfsizlikni ta’minlovchi asosiy shartlar. Mashinasozlik va me- tallurgiya sanoati korxonalarida ishlatiladigan mashina va mexa- nizmlarga qo‘yiladigan asosiy talablar, ularning ishchilar uchun xavfsizligi, ishlatishda pishiq va mustahkamligi hamda ishlatish- ning osonligi bilan belgilanadi. Ularning xavfsizligi standartlar ti- zimlari bilan belgilanadi.


Mashina mexanizmlar xavfsizligini ta’minlash uchun uni loyi- halashda qanday ish bajarishini hisobga olgan holda ish bajaruvchi qismlarini joylashtirishning ixcham usullarini topish, unga shakl be- rish va mufofaza qilish qurilmalarini joylashtirish bilan birga olib boriladi. Mashinaga o‘rnatilgan muhofaza vositalari uning asosiy qismi bilan uyg‘unlashib ketishi kerak. Shuni hisobga olish kerak- ki, muhofaza vositalari iloji boricha ko‘proq masalalarni yechishga xizmat qilsin. Masalan, stanokka o‘rnatilgan xavfizlikni ta’minlash qopqoqlari faqatgina xavfli joylar to‘sig‘i bo‘lib qolmasdan, balki shovqinni kamaytiruvchi vosita bo‘lib xizmat qilsin. Bunga misol tariqasida asboblarni charxlash qurilmasini ko‘rsatish mumkin. Bunda charxning xavfsizligini ta’minlovchi qurilma bir vaqtning
o‘zida shamol yordamida charx qirindilarini chiqarib yuborishga mo‘ljallangan mahalliy shamollatish vazifasini ham bajaradi.
Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan jihozlar, masalan, bosim os- tida ishlatiladigan qozonlar, kompressorlar, nasoslar va boshqalar ishlatilayotganda Gosgortexnadzorning maxsus talablarini bajarishi shart.
Ma’lumki, sanoat korxonalarining mashina va mexanizmlari elektr tokining asosiy iste’molchilari hisoblanadi. Bu ularning elektr toki ta’sirini yo‘qotuvchi elektr xavfsizligi masalalarini nazarda tu- tish kerakligini taqozo qiladi. Shuningdek, sex uchastkalarida o‘r- natilgan stanoklar elektromagnit to‘lqinlari, radioaktiv moddalar ta’sirida bo‘lishi mumkin, albatta, bulardan saqlanish chora-tadbir- lari ko‘rilishi o‘z-o‘zidan ma’lum. Bu zararlar va xavfli holatlarga havo muhitini zararlantiruvchi hamda ifloslovchi, bug‘, changlar va gazlarni ham hisobga olish kerak bo‘ladi.
Mashina va mexanizmlarning xavfsizligi ularni ta’minlashga ishlatiladigan materialning mustahkamligiga bog‘liq bo‘ladi. Shu- ning uchun ham bunday stanoklarni tayyorlashda ularning ishchi or- ganlariga ishlatiladigan material mustahkamligiga alohida ahamiyat beriladi. Bundan tashqari, har xil detallarni qirqish, silliqlash bora- sida ularni ushlab turish qurilmalarining pishiqligiga va har qanday favqulotda holatlarda ham detalni qo‘yib yubormasligini ta’minlash imkoniyatini berishi kerak. Stanoklarning mustahkamligi ularni tashkil qilgan qismlar mustahkamligiga bogliq bo‘ladi. Masalan, har qanday mexanizmning mustahkamligini uning biriktiruvchi qismlarining mustahkamligisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi (masalan, gayka, bolt va boshqalar). Bundan tashqari, stanoklarning tashqi to- monidan zanglab, mustahkamligini yo‘qotib qo‘yishi mumkin bo‘l- gan omillarni hisobga olish kerak (masalan, o‘z vaqtida moylash, bo‘yoq ko‘chib ketishi natijasida zanglash va hokazo).
Mashinasozlik va metallurgiya sanoat korxonalarida ishchilar- ning charchashiga faqatgina jismoniy va asabiy charchashgina ta’sir qilib qolmasdan, balki ma’naviy charchash ham qo‘shilib ketishi mumkin. Shuning uchun sexlarda o‘rnatilgan mashina-mexanizm-
larini har xil ranglarga bo‘yash, korxona devorlarini mashina rang- lari bilan mutanosib bo‘yashga erishish katta ahamiyatga ega ekan- ligi aniqlangan.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling