Техноген indd


Download 1.67 Mb.
bet42/91
Sana16.11.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1777806
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   91
Bog'liq
ТЕХНОГЕН (2) (2) word

Mashinalarning xavfli zonalari. Mashina va mexanizmlarning inson hayotiga va sog‘lig‘iga xavf tug‘diradigan holatlarni vujud- ga keltiradigan joylari, xavfli zona deb ataladi. Xavfli zona asosan, mashina va mexanizmlarning ochiq holatda aylanadigan va harakat- lanadigan qismlarida mujassamlanadi. Bu aylanayotgan qirquvchi asbob yoki detall, qayishli, zanjirli va tishli uzatmalar, harakatla- nuvchi stanoklarning ishchi stollari, konveyrlar, yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirib yuradigan yuk ko‘tarish mashinalari va hokazo. Aylanuvchi qismlar bilan ishchilarning kiyimidan yoki so- chidan ilintirib olishi mumkin bo‘lgan mexanizmlar, ayniqsa, xavfli hisoblanadi.
Shuningdek, xavfli zonalar qatoriga mashina va mexanizmlarda ishlaganda elektr tokidan zararlanish, issiklik, elektromagnit, ion- lashgan nurlar, shovqin, titrash, ultratovush, zaharli gaz va bug‘lar ta’siriga tushib qolish ham kiradi. Stanoklarda ishlayotganda qirqimlarning uchib ketishi, ishlatilayotgan asbobning sinib otilib ketishi, detall yaxshi siqib ushlanmaganligi natijasida otilib ketib, ishchilarni jarohatlashi ham xavfli zonaga kiritiladi. Xavfli zona- lar doimiy, harakatlanuvchan va vaqti-vaqti bilan paydo bo‘ladigan turlarga bo‘linadi. Doimiy xavfli zonaga qayishli, zanjirli va tishli uzatmalar, stanoklarning qirqish zonalari va harakatlanuvchi valik-
lar kiradi. Harakatlanuvchan xavfli zonaga prokat qilish stanoklari, potok liniyalari, konveyrlar, qirqish joyi o‘zgarib turadigan agregat stanoklari va boshqalar kiradi.
Vaqti-vaqti bilan paydo bo‘ladigan xavfli zonalarga yuk ko‘ta- rish kranlari, kran balkalar, tal telferlar kiradi. Chunki bu qurilmalar sex bo‘ylab ish joylarini doimiy o‘zgartirib turadi va qayerda ish bajarayotgan bo‘lsa, shu yerda xavfli zona vujudga keladi.
Har qanday texnologik jarayonni boshqarish uchun o‘rnatiladi- gan stanok va qurilmalarning hammasining xavfli zonalari, albatta, unga kishilarning tushib qolmasliklarini ta’minlaydigan vositalar bilan ta’minlanishi kerak. Bunday vositalarning ba’zilari xavfli zona xavfini butunlay yo‘qotadi, ba’zilari esa xavf darajasini birmuncha kamaytiradi. Bunday vositalar umuman muhofaza qilish sharoitiga qarab, ikki gruppaga bo‘lib qaraladi. Bulardan biri sexda hamma ishlovchilarni muhofaza qilish imkoniyatini yaratadigan kollek- tiv muhofaza aslahalari va ikkinchisi, ayrim ishlayotgan ishchini muhofazalash imkoniyatini beradigan shaxsiy muhofaza aslahalari hisoblanadi.
Mashinasozlik va metallurgiya sanoatida qo‘llaniladigan ham- ma muhofaza vositalari asosida, to‘siq vositalari, muhofazalash qurilmalari, chegaralovchi va signal vositalari, blokirovka tizimlari shuningdek, mashina va mexanizmlarni masofadan turib boshqarish vositalariga bo‘lish mumkin. Bu vositalar o‘z navbatida, bir necha mayda sinflarga bo‘linadi. Shuning uchun bularning har birini alo- hida ko‘rib o‘tish maqsadga muvofiqdir.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling