Техноген indd


Saqlovchi muhofaza vositalari


Download 1.67 Mb.
bet41/91
Sana16.11.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1777806
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   91
Bog'liq
ТЕХНОГЕН (2) (2) word

Saqlovchi muhofaza vositalari. Saqlovchi muhofaza quril- malari asosan, mashina va mexanizmlarda zo‘riqish vujudga kel- ganda yoki ishlayotgan ishchi hayoti va sog‘lig‘iga putur yetkaza- digan vaziyat vujudga kelganda mashina va mexanizmlar harakatini to‘xtatib qo‘yishga xizmat qiladigan qurilmadir. Zo‘riqish hodisasi ishlayotgan stanokka lozim bo‘lganidan ko‘proq kuch bilan ta’sir qi- lishida vujudga keladi, masalan, qirqish stanogiga o‘rnatilgan jism- ning yo‘nish qirqimi mumkin bo‘lgan darajadan ancha katta bo‘lsa, bu qirqimni ko‘chirish uchun stanokning kuchi yetmasligi mumkin, buning natijasida stanokni harakatlantiruvchi elektr motori kuyib ketishi mumkin yoki qirquvchi vosita sinib ketishi ham ehtimoldan holi emas, bunday hollarda stanokka o‘rnatilgan saqlovchi qurilma stanok elektromotoriga kelayotgan elektr tokini uzib qo‘yadi. Bu- ning bilan stanokka yetkaziladigan zararning oldini oladi.
Gaz bilan payvandlash ishlarini amalga oshirishda foydalanila- digan asetilen hosil qilish generatorlarida portlash xavfining oldini olishda ishlatiladigan alangani shlanglar orqali generatorga qayti- shini bartaraf qiluvchi suvli zatvorlardan va qaytish klapanlaridan foydalaniladi.
Kompressor qurilmalari rezervurlarida qisilgan havo miqdori ruxsat etilgan chegaradan ortib ketsa va bu portlash xavfini tug‘dir- sa, unda havo qisilishi natijasida hosil bo‘ladigan issiqlik ta’sirida ishlaydigan issiqlik relelaridan foydalanib, ortiqcha havoni chiqarib yuborishga erishiladi. Kuchsizlantirilgan qismlarga kesilib ketishi mo‘ljallangan shkift va shponkalar, ko‘shish muftalari, ishqalanish- ga asoslangan sirg‘anuvchi muftalar, elektr qurilmalarida erib ketuv- chi saqlovchi qurilmalar, katta bosim ostida ishlaydigan idishlarda sitilib ketuvchi membranlar va boshqalar kiradi. Kuchsizlantirilgan qismlar asosan ikki turga bo‘linadi: birinchisi, uzatilayotgan kuch munofiqlashgandan keyin avtomatik ravishda (inson ishtirokisiz) ish bajarishni davom ettiradigan qurilmalar (masalan, sirg‘anuvchi
muftalar) va ikkinchisi, ishdan chiqqan kuchsizlantirilgan qismni al- mashtirish yo‘li bilan ishlatiladigan turlari mavjud, masalan, sitilib ketuvchi membrana, erib ketadigan saqlovchi qurilma va boshqalar. Signal tizimlari. Ba’zi bir xavfli vaziyatlarda ogohlantirish vo- sitasi sifatida signal tizimlaridan foydalaniladi. Bajaradigan vazifa- siga ko‘ra signal vositalari amaliy ogohlantiruvchi va belgilovchi turlarga bo‘linadi. Bundan tashqari, tovushli va ko‘rinadigan bo‘li- shi mumkin. Tovushli signal tizimiga sirena qo‘ng‘iroq, gudok va boshqalar kiradi. Ko‘rinadigan turlariga har xil yorug‘lik tarqatuv- chi vositalari qizil, sariq, ko‘k va boshqa ranglar yordamida xavf darajalarini belgilash va ularga kerakli bo‘lgan harakatlari bilan javob berish tartibi belgilangan. Tovush yordamida beriladigan sig- nal sanoat korxonasi muhitida bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday tovush va shovqinlardan farqli iloji boricha quyi chastotadagi (2000 Gs gacha) tovushdan tashkil topgan bo‘lishi va sexning har bir nuq- tasida keskin eshitilishni ta’minlashi kerak. Bunday signal vosita- larini u yerda ishlayotgan kishilarning holatlari qanday bo‘lishidan
qat’iy nazar eshitadilar.
Yoruglik signali keng tarqalgan vositalar qatoriga kirsa ham, uning asosiy kamchiligi signal berilayotgan tomondan qarama- qarshi tomonga qarab turgan odam bu vositalarni ko‘rmay qolishi mumkin. Shuning uchun ham yorug‘lik signallari doimiy kuzatib turuvchi operator bo‘lgan vaqtda yaxshi natija beradi. Yorug‘lik sig- nallari asosan, ikki yoki uch xil rang beruvchi lampalar yordamida bajariladi. Bunda masalan, qizil va yashil ranglardan foydalanish mumkin. Qizil rang xavfni, yashil rang xavfsizlikni anglatadi, agar mabodo ikkala rangli lampa ham yonmayotgan bo‘lsa, unda signal tizimi ishlayotganligini anglatadi.
Uch xil qizil, yashil va sariq ranglardan iborat lampalar o‘rnatil- gan vositalardan ham keng foydalaniladi. Masalan, ko‘cha harakatini tartibga keltiruvchi svetoforlarni misol tariqasida keltirish mumkin. Maxsus muhofaza vositalari. Har xil mashina va mexanizmlarni loyihalash vaqtida maxsus muhofaza vositalaridan keng foydalani- ladi. Bularga mashinalarni bir necha ishlatish tugmalari yordamida
boshqarish (masalan, press qurilmalarini ishlatganda oyoq bilan bo- siladigan pedal va qo‘l bilan ulaydigan tugmalar bor) tizimiga ega bo‘lgan shamollatish vositalari, yoritish manbalari va yoritish quril- malari, shovqinni so‘ndirish, izotoplardan saqlash va tashish vosita- lari dastgohlarni yerga ulab muhofazalash hamda boshqa elektr toki urish ta’sirini yo‘qotishga qaratilgan muhofazalash chora-tadbirlari va boshqalarni kiritish mumkin.
Maxsus muhofaza vositalaridan sanoat korxonalarining ishlab chiqarish sharoitlarida har qanday xavfli va zararli sanoat omillari bo‘lgan joylarning deyarli hammasida foydalaniladi.
Sanoat korxonalarida, shuningdek, bepul berilishi kerak bo‘lgan maxsus ish kiyimlari, oyoq kiyimlari va shaxsiy muhofaza aslahala- ri ham belgilab qo‘yiladi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling