Техноген indd


Download 1.67 Mb.
bet49/91
Sana16.11.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1777806
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   91
Bog'liq
ТЕХНОГЕН (2) (2) word

Gaz ballonlarini saqlashda va ishlatishda yong‘in xavfsiz- ligi. So‘nggi yillarda xalq xo‘jaligida, xususan turar joy bino- laridagi yonuvchan gazning portlashi bilan bog‘liq bo‘lgan ayanchli hodisalar, yuqori bosim ostidagi gaz ballonlarini qo‘l- lashda yong‘in xavfsizligi nuqtai nazaridan alohida e’tibor talab qilmoqda. Gaz saqlanadigan ballonlardan to‘g‘ri foydalanishni bilish xavf darajasini pasaytirish, talofat va qurbonlarning oldi- ni olishga ko‘mak beradi. Umuman olganda, gaz ballonlari ish- lab chiqarish korxonalarida, transportda va xo‘jalikda mavjud. Ishlab chiqarishda bu gazni saqlash uchun maxsus rezervuarlar va gazgolderlar (teleskopik, sfera shaklidagi) ishlatiladi. Texno- logik tarmoq va uskunalarda ko‘pincha texnologiya talabiga mos ravishda ma’lum bosimni ushlab turuvchi sig‘imlar – ressiverlar ishlatiladi.
Lekin kundalik turmushimizda bizga ko‘proq har xil ballonlar ko‘rinishidagi yuqori bosimli idishlar bilan ish tutishimizga to‘g‘ri keladi. Ular turli hajmda, rangda va bosim ostida siqilgan, eritilgan va suyultirilgan gazni saqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lishi mum- kin.
Masalan, kasalxonada bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun kislorod qo‘llaniladi. U havo rangdagi kichik hajmli va transport ballonlarida olib yuriladi. Qurilishda esa payvandlash va gazli qirqish ishlarini bajarish uchun ko‘chma atsetilen generatorla- ri, kislorod va propan ballonlari ishlatiladi. Mineral suvlar va gazli ichimliklarni karbonat angidrid gazisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. U qora rangdagi ballonlarda saqlanadi va transportirovka qilinadi. Qishloq va dala-hovlilarda ko‘pgina insonlar gaz plitalari uchun propanli gaz ballonlaridan (propan-butan va metan gazlari saqla- nadigan ballonlar qizil rangga bo‘yalgan bo‘ladi) foydalanadilar. Yuqori bosim ostidagi idishlarga, shuningdek, yong‘in o‘chirgichlar ham kiradi.
Yonuvchan gazlarning yong‘in xavfliligini baholash uchun ular- ning agregat holatini bilish lozim. Bosim va harorat ko‘rsatkichini o‘zgartirish bilan hamma turdagi gazlarni suyuqlik holatiga o‘tka- zish mumkin. Har qanday gaz uchun shunday harorat mavjudki, shu haroratdan yuqori bo‘lganda har qanday bosimni qo‘llashga qara- masdan gaz suyuqlik holiga o‘tmaydi. Bu harorat kritik harorat deb ataladi, bu haroratda gazlarni suyultirish uchun zarur bo‘lgan bosim esa kritik bosim deb ataladi.
Gazlar ballonlarda xususiyatlariga qarab siqilgan (vodorod, kis- lorod, azot), suyultirilgan (propan, butan, ammiak, uglerod ikki ok- sid) va eritilgan (atsetilen) holda saqlanadi. Hajmi 40 litrli ballonlar keng tarqalgandir. Gazli ballonlar xonalarda, bostirma ostida yoki ochiq maydonlarda saqlanadi.
Ballonlari saqlanadigan omborlarning yong‘in xavfi ularda saq- lanadigan gazlarning xossalari, yuqori bosimga ega ekanligi, gaz bilan to‘ldirilgan ballonlarning soni, gaz sirqib chiqib ketganida yo- nuvchan muhit hosil qilishi mumkinligi va ballonlarning portlash ehtimoli mavjudligi bilan tavsiflanadi.
Ballonlardan gazning sirqib chiqishi ballonlar me’yoridan ortiq to‘ldirib yuborilishi, dinamik ta’sirlar, konstruktiv defektlar nati- jasida shikastlanishi hamda jo‘mraklarning (ventillarning) ishdan chiqishi yoki ochiq qoldirilishi natijasida sodir bo‘ladi.
Odatda, ballonlar ichida yonuvchan muhit bo‘lmaganda port- laydi, shuni hisobga olish kerakki, yonmaydigan gaz to‘ldirilgan ballonlar ham bundan istisno emas. Bunday holatni metallning sifatsizligi, korroziya, zarba (ballonlarning tushib ketishi, bir-bi- riga urilishi), yuqori va past haroratning ta’siri hamda gazlarning alangalanib ketishi va elektrlanishi (elektrizatsiyasi) bilan tushun- tirish mumkin.
Ballonlarning yong‘in vaqtida yuqori haroratgacha qizib ketis- hi juda katta xavf tug‘diradi, chunki bunda gazning bosimi oshadi va ballon devorlarining mustahkamligi pasayadi. Ko‘p hollarda
ballonlar yong‘in vaqtida 10-15 soniyadan so‘ng portlashni bosh- laydi.
Ballonlar saqlanadigan xonalarda ochiq alanga (chekish, kav- sharlash lampalari va h.k.), metallarning o‘zaro urilishidan hosil bo‘ladigan uchqunlar, elektr moslamalarining nosozligidan hosil bo‘ladigan uchqunlar va yondirish manbalari hamda kislorod bal- lonlarining jo‘mraklariga (ventillariga) tushgan moy va yog‘lar- ning o‘z-o‘zidan alangalanishi yondirish manbai bo‘lib xizmat qi- ladi.
Yuqorida tilga olingan barcha sig‘im va idishlarning xav- fi, aynan ularning ichida turli gazlarning bosim ostida bo‘li- shidadir. Ballonning 1 litriga to‘g‘ri keladigan, kilogrammda keltirilgan gazning maksimal yo‘l qo‘yilgan miqdori to‘ldi- rish zichligi deb nomlanadi. U 50oС haroratdagi suyuq fazaning 95% zichligidan oshishi kerak emas. Ushbu zichlik qancha katta bo‘lsa, harorat oshishidagi xavf shuncha katta bo‘ladi. Suyultiril- gan gazlar o‘ta xavflidir: harorat sezilarli darajada oshganda idish ichidagi gaz bosimining idish devoriga ta’siri keskin oshib boradi. Sodir bo‘lgan yong‘in yoki boshqa issiqlik ta’sirida haroratning keskin oshishi natijasida barcha suyuq fazadagi gaz darhol gazsi- mon holatga keladi. Bu esa bosimning bir necha marta oshishiga va jihozlarning ishdan chiqishiga olib keladi.
Ishchi bosimiga ko‘ra ballonlar uch guruhga bo‘linadi:

  • Quyi bosimli 20 atm. gacha (P<20кгс/см2),

  • O‘rta bosimli 20-65 atm. gacha (20
    2),

  • Yuqori bosimli 65 atm. dan katta (P>65кгс/см2).

«Bosim ostida ishlovchi idishlarning xavfsiz ekspluatatsiyasi va joylashtirish qoidalari» asosida turli gazli ballonlar aniq belgilangan ranglarga bo‘yaladi. Bir turdagi gazlarni bir-biridan ajratish uchun ajratuvchi chiziqlar qo‘llaniladi.
Gazlar saqlanadigan ballonlarning tashqi tarafdan bo‘yoqlash tartibi quyidagi jadvalda keltirilgan:

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling