Техноген indd
Download 1.67 Mb.
|
ТЕХНОГЕН (2) (2) word
Kimyoviy moddalar ombori. Omborlarning xizmat ko‘rsatuv- chi xodimi yong‘in xavfi hamda kimyoviy moddalar va reaktivlarni saqlashdagi xavfsizlik qoidalarini bilishi lozim.
Omborlarda kimyoviy moddalarni joylashtirish rejasi, ular- ning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rsatilgan holda ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim («Yong‘inga xavfli», «Zaharli», «Kimyoviy aktiv» va h.k.). Kimyoviy moddalar omborida kimyoviy moddalarni saqlash bi- lan bog‘liq bo‘lmagan ishlarni bajarishga ruxsat berilmaydi . Kimyoviy moddalar bir xillik qonun-qoidalari bo‘yicha, ular- ning fizik-kimyoviy va yong‘inga xavfli xususiyatlariga ko‘ra saq- lanishi lozim. Shu maqsadda omborlar bir-biridan yonmaydigan de- vorlar (pardevor) bilan bo‘lingan, alohida xonalarga (bo‘lmalarga) ajratiladi. Kimyoviy (qattiq va suyuq) moddalarni tegishli ГОСТ yoki boshqa normativ hujjatlarning talablariga javob beradigan idishga joylashtirgan holda yopiq, quruq xonalarda yoki ayvon ostida saq- lash kerak. Ayvon ostida faqat, nam havo yoki suvning ta’sirida parchalan- maydigan, qizimaydigan va alanga olmaydigan kimyoviy modda- larni (masalan, xlorli natriy, achchiq oltingugurtli mis, achchiq ol- tingugurtli natriy, achchiq oltingugurtli kalsiy va boshqa moddalar) saqlashga yo‘l qo‘yiladi. Omborga keladigan kimyoviy moddalar joylashtirilgan idishlar shikastlanmagan bo‘lishi, germetikligi buzilmagan bo‘lishi, modda- ni o‘z-o‘zidan yonishdan yoki parchalanishdan saqlovchi suyuqlik (masalan, fosfor uchun - tuzli eritma yoki suv, ishqorli metallar uchun - mineral moy, organik peroksidlarning ba’zi bir turlari uchun - suv) sirqib chiqadigan joylari bo‘lmasligi va boshqa nosoz- lik alomatlariga ega bo‘lmasligi kerak. Idishda nosozliklar aniqlanganida, uni darhol ombordan chiqa- rib tashlash kerak. Idishlarni yuklash va tushirish ishlari amalga oshirilgan vaqt- da idishning shikastlanishiga, zarb tegishiga, balandlikdan tushib ketishiga, ichidagi suyuqliklarning to‘kilishiga, moddalarning sochilib ketishiga va shu kabi holatlarning sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Idishga joylashtirilgan kimyoviy moddalarni tashish uchun faqat ishga yaroqli, shu ish uchun jihozlangan, moddalarning xususiyat- lariga qarab, yong‘inga qarshi inventarlar va neytrallovchi vositalar bilan ta’minlangan transportdan foydalanish mumkin. Isitish asboblari yaqinida kimyoviy moddalarni joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Kimyoviy moddalar saqlanadigan stellajlar va shtabellar qizdiruvchi asboblardan kamida bir metrdan uzoq maso- fada joylashishi kerak. Suyuq moddalar bilan to‘ldirilgan butillarni faqat savatlarda, yog‘och qutilarda yoki boshqa moslashtirilgan maxsus idishlarda saqlashga yo‘l qo‘yiladi. Kimyoviy moddalar saqlanadigan ombor xonalarining poli kim- yoviy moddalarning ta’siriga chidamli bo‘lishi, moddalarni yuvish uchun yuzasi silliq, shuningdek, qiya bo‘lishi kerak. Suv oqib tu- shadigan joylarda oqindi suvlarni neytrallash uchun rezervuar bo‘lishi zarur. Kimyoviy moddalar saqlanadigan xonalar belgilangan me’yor- larga muvofiq, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari bilan ta’min- langan bo‘lishi lozim. Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni (KTZM) faqat amaldagi KTZM sotish, sotib olish, saqlash, hisobga olish va tashish Yo‘riq- nomasiga qat’iy muvofiqlikda saqlashga ruxsat etiladi. Kimyoviy moddalar bilan barcha ishlarni ehtiyotkorlik va tiqin- lashga zarar yetkazmasdan bajarish lozim. Har bir kimyoviy mod- dalar idishlarida yozuv yoki uning nomi ko‘rsatilgan yorliq bo‘lishi lozim. Suv, havo, yoqilg‘i moddalar ta’sir etganda o‘z-o‘zidan yonish- ga moyil yoki portlovchi aralashmalarni hosil qiluvchi kimyoviy reaktivlar bunday ta’sirlarga, shuningdek, o‘ta yuqori harorat va mexanik ta’sirlarga to‘liq imkon bermaydigan alohida sharoitlarda saqlanishi lozim. Boshqa kimyoviy moddalar va reaktivlardan to‘liq ajratilgan holda kuchli ta’sir etuvchi oksidlovchilar (magniy xlorit, vodorod peroksidi va boshqalar) saqlanishi lozim. Mayda taradagi ximikat- larni ochiq turdagi javon (stellaj) yoki shkaflarda, katta taradagi xi- mikatlarni taxlamlar holatida saqlash lozim. Ximikatlarni qadoqlashni maxsus xonada amalga oshirish lo- zim. To‘kilgan yoki sochilgan moddalarni darhol yo‘qotib, zararsiz- lantirish lozim. Qadoqlash materiallarini (qog‘oz, paxta, qirindi va h.z) alohida xonada saqlash lozim. Yong‘in chiqqanida eruvchan kimyoviy moddalar saqlana- digan xonalarda eritmaning erkin oqib chiqishini chegaralovchi moslamalarni ko‘zda tutish lozim (bortchalar, pandusli bo‘sag‘alar va h.z.). Ochiq maydonlarda saqlanadigan ximikatlar quyosh nurlarining ta’siridan himoyalangan bo‘lishi lozim. Reaktivlar solingan butil, bochka va barabanlar ochiq may- donlarda guruh bilan, har bir guruhda 100 donadan, guruhlar orasida 1 m dan kam bo‘lmagan masofa qoldirilib o‘rnatiladi. Har bir guruhda ma’lum bir mahsulot saqlanishi lozim, bu haq- da mumkin bo‘lgan yong‘in o‘chirish vositalari ko‘rsatilib, te- gishli yozuvlar qayd qilinadi. Maydonlar tekislab shibbalanishi va barerlar bilan to‘silishi lozim. Reaktiv solingan butillar ochiq maydonda quyosh nurlarining ta’siridan himoyalangan bo‘lishi lozim. Azot va sulfat kislotalarini saqlashda ularning yog‘och, somon va boshqa organik moddalarga tegishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilishi lozim. Kislotalar saqlanadigan omborlar va bostirma ostida bexosdan to‘kilgan kislotalarni yo‘qotish uchun tayyor bo‘r, ohak va soda eritmasi mavjud bo‘lishi lozim. Kislotalar saqlanadigan joy belgi- langan bo‘lishi lozim. Stellajlar mustahkam, saqlanayotgan kimyoviy materiallarning eng yuqori yuklamasiga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim. Uriladigan idishlardagi: banka, butil va boshqa sig‘imlardagi kimyoviy materiallar, shuningdek, kislota va boshqa oson alangala- nuvchi suyuqliklarni stellajlarga (ikkinchi yarusdan yuqorida) joy- lashtirish man etiladi. Metalldan yasalgan stellajlar korroziya paydo bo‘lishidan ham- da metall tara tegib ketganda uchqunlanish imkoniyatidan himoya- langan bo‘lishi lozim. Yuklash-tushirish ishlari uchun foydalanilayotgan avtotransport- ni ishlar tugaganidan so‘ng omborlar hududida qoldirish mumkin emas. Umumiy va mahalliy ventilyatsiya qurilmalari zararli gazlar, bug‘lar va changlarni shunday hisoblab yo‘qotishni ta’minlashi lo- zimki, bunda ombor xonalarining havosida ularning miqdori Ruxsat etilgan miqdordan (REM) oshmasligi lozim. Ishlar yakunida omborning barcha xonalarida elektr jihozini tokdan uzish lozim. Tokdan uzish uchun xizmat qiladigan rubilnikni ombor xonasidan tashqarida, shkafda yoki eshigi yopiladigan tok- chada joylashtirilish lozim. KTZM ni saqlash uchun xonada belgilangan me’yorga muvofiq va yong‘indan saqlash xizmati bilan kelishilgan yong‘in o‘chirish vositalari bo‘lishi lozim. Kuchli ta’sir etadigan zaharli moddalardan chiqqan yong‘inni o‘chirish uchun, ular bilan reaksiyaga kiradigan va parchalaydigan suvni ishlatish mumkin emas. Omborlarda zaharli moddalar to‘kilgan holatlarida ishlatiladi- gan neytrallashtiruvchi moddalar bo‘lishi lozim. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling